Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy fan sifatidagi tuzilishi Ijtimoiy ishlar falsafasi, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy — iqtisodiy, ijtimoii — psixologik, ijtimoiy
ma’naviy-ma’rifiy va boshqa ijtimoiy ishlar bilan birga ijtimoiy pedagogika ham rivojlanib
bormoqda.
Amaliy faoliyatning sohasi sifatida ijtimoiy pedagogikani predmeti — mavzu baxsi inson
ijtimoiy aqlini turlicha ko‘rinishi va hillaridagi o‘zaro ta’siri yoki o‘zaro munosabati hisoblanadi.
Uning maqsadi bo‘lib, insonning ijtimoiy faoliyatini saqlash, tiklash, quvvatlash, rivojlantirish
uchun ijtimoiy aql va ta’lim o‘zaro munosabatlarini har tomonlama uygunligini ta’minlaydi.
Bunday har tomonlama uyg‘unlashtirish asosan uch yo‘nalishda mazkur shaxsning ijtimoiy
rivojlantirish, muhitni pedagogikalashtirish, inson bilan mazkur muhitni o‘zaro ta’sirini
optimallashtirish orqali amalga oshiriladi.
Amaliy faoliyat sohasi sifatida ijtimoiy pedagogika u yoki bu sotsium bilan o‘zaro ta’sir
xolatidagi insonga yo‘naltirilgan. Bunday o‘zaro ta’sir ishtirokchilarini shartli tarzda 3 ta katta:
ijtimoiy — istiqbolli; ijtimoiy — stabil; ijtimoiy — muammoli guruhlarga bo‘lish mumkin.
Insonlarni u yoki bu guruhga ajratish mezonlari sifatida ularning qimmatli mo‘ljallar va hayotiy
maqsadlariga qaratilgan yo‘nalishlar hamda ularning jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy
boyliklariga mos kelishi kerak.
Bunday guruhlash usuli ijtimoiy pedagogik faoliyat bilan murakkab xolatga tushib qolgan
shaxslarning (nogiron, narkoman va hokazo) muammolariga tezkor e’tibor berish imkoniyatini
beradi. Mavjud shaxsni muammoli xolatini hal etish (axolini mazkur ijtimoiy muammoli qismga
aloqador qismiga tegishli) bilan mazkur sohada maxsus kasb tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar
shug‘ullanmog‘i zarur.
Bu o‘rinda o‘sha shaxs ijtimoiy pedagogning mijozi sifatida emas, balki ijtimoiy —
pedagogik faoliyatning bevosita hamkori bo‘lib qolsagina faoliyat samarali bo‘ladi. Bunday
yondashuv ijtimoiy — pedagogik faoliyatning, profilaktik, ogohlantiruvchi harakterda bo‘lishini
ta’minlaydi va u axolini shakllanayotgan muammoli guruhini shakllanishini oldini olish va kelib
chiqish sabablarini bartaraf etish yoki ogohlantirish, aholini ijtimoiy muammoli guruhini ijtimoiy