9
2. Ijtimoiy pedagogika faniga ta’rif bering?
3. Uning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4. Ijtimoiy pedagogika fanidagi dolzarb muammolar xususidagi fikrlaringiz?
Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida
Reja:
1. Ijtimoiy pedagogika falsafaning tarkibiy qismi.
2. Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy fan sifatidagi tuzilmasi.
3. Ijtimoiy pedagogikaning amaliy ahamiyati
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy falsafa, shaxs va uning shakllanishi, jarayon, inson va
jamiyat, ijtimoiy muhit, ilmiy fan, metodologiya, tuzilma, amaliy faoliyat
Ijtimoiy falsafa — jamiyat va inson muammolari, insonning jamiyatdagi o‘rni, munosabatlari
haqidagi fandir. Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari ijtimoiy adolatlilik
va insonni ximoya
qilish, insonning ijtimoiy muhitdagi o‘rni, insonning jamiyatdagi o‘rni kabilardir. Uning vazifasi,
nazariy tomondan jamiyat rivojlanish jarayoni va undagi insonning o‘rnini talqin qilishdir.
Jamiyat va shaxs — ijtimoiy falsafaning asosiy muammosi, hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda shaxsning rivojlanishi, uning jamiyatdagi bog‘liqligi va jamiyatning insonlarga bog‘liqlik
masalasidir.
Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya ob’ektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning
yoshiga xos hususiyatlari ta’lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi
ta’siri va boshqalar.
Falsafa ham, pedagogika ham inson va davlat, inson va avlod, inson va oilaning bir —biriga
ta’siri, bu jarayondagi
shaxsning rivojlanishi, uni shakllanishini o‘rganadi.
Ijtimoiy pedagogikaning masalalaridan biri —bu shaxs va muhitning munosabatlaridir.
Hozirgi zamon sharoitida bizning mamlakatda ijtimoiy falsafa jamiyatdagi bo‘layotgan
o‘zgarishlarni aks ettiradi, yangi siyosiy, iqtisodiy, oilaviy, milliy va diniy munosabatlar shular
jumlasidandir. Hozirgi zamon oilasi, undagi tinchlik, maktab va ta’lim, yoshlar va jamiyat, shahar
va tabiat, bozor va byudjet, milliy munosabatlar yangicha fikrlash va tushuncha xosil qilishni taqazo
etadi. Chunki bu muammolar markazida shaxs, inson taqdiri
turadi ijtimoiy iqtisodiy, madaniy va
ta’limiy muammolarning o‘zaro mutanosibligi hisoblanadi
Ijtimoiy falsafa va ijtimoiy pedagogikaning o‘zaro aloqasini, ulardagi umumiylikni biz
nimada ko‘rishimiz mumkin?
Ijtimoiy falsafa — inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarining asosiy muammolarini
aniqlaydi, ijtimoiy pedagogika esa bo‘ muammolarning bir qismini bartaraf etishda muhim rol
o‘ynaydi. Bu muammolar: shaxs va muhit, shaxs va ta’lim, shaxs va oila, shaxs va ma’naviy
madaniyat, shaxs va uning ijtimoiy mehnatga tayyorgarligi va ishtirokidir.
Shunday qilib hozirgi zamon sharoitida inson va tabiat deb atalmish ijtimoiy —
falsafiy
muammo juda muhim bo‘lib turibdi.
Ijtimoiy pedagogika o‘zgarayotgan muhitning shaxsni shakllanishiga ta’sirini, yangi
jamiyatda o‘sib kelayotgan avlodga ta’lim berish ijtimoiy muammosi qanday hal qilinayotganini
taxlil qiladi.
Ijtimoiy falsafa ijtimoiy pedagogikaga nisbatan metodologiya hisoblanadi. Zotan jamiyatning
ijtimoiy muammolari mavjud ekan, ular ijtimoiy pedagog, ijtimoiy xodimga yordam berishga da’vat
etilgan.
Ijtimoiy falsafa o‘zida jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini aks ettiradi. U inson oldida
turgan ijtimoiy, maishiy, iqtisodiy, tabiiy, huquqiy muammolarni hal etish bilan birga psixologik va
pedagogik muammolarni ham bartaraf etishga sharoit yaratadi.
Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojat qilgan holda insonning
jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrim oilalarga o‘smirni jamiyatda
o‘z o‘rnini topishiga hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi
iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta’sirini taxlil qiladi.
10
Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojat qiladi. Hamda u shaxs
tarbiyasi uning ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab —
quvvatlanishi masalalariga murojat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam
beradi.
Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni
haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish
haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir.
Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni
saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagi
fikrlardan bilib olsa bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafa singari boshqa
fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq,
tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada
bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining ob’ekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri
(turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy
ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish soxasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy
pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu xolat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va
pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda
farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik harakterini kasb etadi.
Ushbu fan maqsadi — inson va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish,
amaliyot ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy.—
pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish. Ushbu maqsadga
erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot)
variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, o‘zaro bog‘lovchi vazifalaridir.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanining vazifalari 3 guruhga bo‘lingan:
Birinchi (Nazariy – amaliy) guruh — ijtimoiy pedagogika faoliyatini
tadqiq etish bilan
bog‘liq sotsium rivojlanishi qonuniyatlari, undagi munosabatlar, sub’ektlar va institutlarning
ijtimoiy ishlari; ijtimoiy pedagogik faoliyatining turli ko‘rinishlar va tiplarda, ular taxlilining
turlicha darajalarda ziddiyatlarni izlab topish, ularni hal etish tendensiyalarini aniqlash;
ijtimoiy
sohadagi mutahassis faoliyatining prinsiplari, mazmuni, usullari metodlari va shakllarini ishlab
chiqish; ijtimoiy institutlarning yuzaga keltirishning tashkiliy asoslari; faoliyat ko‘rsatish, chet
mamlakatlar hodimlari, tashkilotlari va institutlarini ijtimoiy pedagogik faoliyatini tahlil etish va
tajribalarini baholash bilan bog‘liqdir.
2. Ikkinchi guruh - vazifalari hususiy (shaxsiy) metodologik, nazariy va ilmiy metodik asosini
shakllantirish maqsadiga ega; ijtimoiy — pedagogik ilmiy yo‘nalish mazmunini tanlab olish, ilmiy
bilimlar sohasi sifatida ijtimoiy pedagogikani mantiqiy, ilmiy fanni jamlash.
3. Uchunchi guruh - vazifalari ijtimoiy sohada kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim kopleksini
nazariy asosi bilan ya’ni
ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yuristlar tayyorlash bilan
bog‘liq. Bu ijtimoiy pedagogikaning uchunchi sifat ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Ijtimoiy
pedagogika boshqa gumanitar fanlar va ilmiy — yo‘nalishlar bilan mustahkam bog‘liq. Jumladan, u
ijtimoiy falsafa, ijitimoiy siyosatshunoslik, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy huquq, ijtimoiy informatika
va statistika; shuningdek boshqarish nazariyasi, ijtimoiy meditsina va boshqalar bilan bog‘liqligi
ham mavjud. Ijtimoiy pedagogika ma’lum darajada (o‘z tabiatiga ko‘ra) fanlararo ilmiy fan
hisoblanadi, fanda ham va jamiyatda ham o‘zining ochiqcha harakteri bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy pedagogikaning umumiy fanlar tizimida inson va jamiyat to‘g‘risidagi fan sifatidagi
o‘rnini aniqlab uning boshqa fanlar bilan aloqasini hisobga olish uning metodologik asosiini
aniqlash imkonini beradi.