K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

 Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi, uning 
ijtimoiylashuvi, jamiyatg integratsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy 
ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy me’yor, xulq-atvor namunasi 
orqali amalga oshadi. 
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U 
ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki, aynan bolalikda asosiy 
ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik 
bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi 
yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya 
muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulg‘aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” 
kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini 
egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga 
hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan 
boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolani shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida 
ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit-inson kirishishi, o‘zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim 
bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va 
qoidalari bilan harakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik 
kiritadi, muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit ham inson oldiga 
o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham 
mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik 
javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan 
belgilanadi.
Bolaning 
xulq-atvor 
mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga 
muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit 
sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. 
Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada 
faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala 
sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul 
qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini 


26 
shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu 
jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
So‘nggi yillarda pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv hamda tarbiya 
tushunchalarining o‘zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Ba’zi mualliflar tarbiyani 
ijtimoiylashuv 
bilan 
almashtirishga 
harakat 
qilishmoqda. 
Boshqalari 
tarbiyani 
bola 
ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishadi. Ayrim olimlar esa ijtimoiylashuv deganda 
fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini 
tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. To‘g‘ri tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy 
omillaridan biri ekanligi hammaga malum.
Ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lgan tarbiya o‘z 
xususiyatlariga ega.
Jumladan tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Boshqacha qilib 
aytganda, bola qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. 
Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi.
Biroq boshqa bir jarayon-o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o‘z 
shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. 
Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi.
Tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy 
an’analar, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning 
jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni yuz beradi 
Shaxsning shakllanish va ijtimoiylashuv jarayoni quyidagi sxemada ifodalash mumkin: 
II chizma


27 
Bola ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiy rivojlanishining salbiy xususiyatlari bilan 
qiyinlashtirilishi mumkin. Bolaning ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishi muhitning salbiy 
ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda ketib qolishi mumkin. Buning natijasida bola me’yoriy 
ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib ketib, maxsus yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Bunday 
bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni avvalo tarbiya orqali amalga oshadi.
Umuman olganda tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning 
ijtimoiy moslashuvigaga qaratilgan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol 
ko‘nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini yengishdir.
Tarbiya ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega. Tarbiyaning 
umumiy vazifalari quyidagilar: 
-jamiyat a’zolarining bir maqsad sari qaratilgan rivojlanishi va ular tomonidan tarbiya 
jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan bir qator ehtiyojlarning qondirilishi uchun sharoitlar 
yaratish; 
-jamiyatda faoliyat yuritish va uni rivojlantirishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash
-ijtimoiy hayot barqarorligini madaniyatning avlodlarga meros qoldirish orqali ta’minlash; 
-jamiyat a’zolarining ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi; 
-o‘zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat a’zolarini ko‘niktirish; 
-jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimoiy, kasbiy, 
etnokonfessial guruhlar manfaatlarining uyg‘unlashuvini ta’minlash.
Tarbiya tamoyillari-tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo‘lib, ular asosida nazariyalar ishlab 
chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga oshiriladi. 
Tarbiyaning insonparvarlashuvi yo‘naltirilganligi tamoyili. 
Ijtimoiy pedagogikada insonparvarlashuv tamoyili pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z 
rivojlanishining mas’ul va mustaqil sub’ektiga nisbatan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. 
Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o‘smirlar, yoshlarning 
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Bu tamoyilning amalga oshirilishi oqibatida: 
-aynan tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo‘lishi inson qay darajada g‘ayri ijtimoiy me’yoriy 
qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishni aniqlaydi; 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin