K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

Nazorat savollari: 
1) Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifalari? 
2) Ijtimoiy pedagog faoliyatining o‘ziga xosligi nimada? 
3) Ijtimoiy pedagog ijtimoiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qaysilar? 
4) Ijtimoiy pedagog faoliyatida foydalanadigan qanday metodlarni bilasiz? 
Mavzu: Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi.
Reja: 
1. Ijtimoiy pedagog faoliyatida oila muxitini o‘rganish zaruriyati. 
2. Ijtimoiy pedagogning oilaga yordami.. 
3. Oilada nogiron bola va ijtimoiy pedagogning ular bilan ishlashi. 
Tayanch tushunchalar: Notinch oila, oilaviy inqiroz, oligofrenopedagogika, reabilitatsiya. 
Oilada tarbiya an’analari asrlar davomida shakillangan . 
Aflotun yashagan davrdan hozirgi kunimizgacha olimlar va pedagoglar insonnig rivojlanishi 
va shakillanishi uning aqliy, jismoniy ma’naviy qobilyatlari, uning sog‘ligi va salomotligi. va uning 
axloqiy sifatlariga faqat ota - onalari ta’sir o‘tkazishi mumkin. 
Agar ota - onalar o‘z farzandlari salomatliklari haqida g‘amxo‘rlik qilsalar, ularning mexir 
va qalb qo‘ri bilan tarbiya qilsalar unda u farzandlar har xil zararli illatlardan xoli bo‘ladi. 
Ota - ona tarbiyasining natijasi, ularni qattiq qo‘lligi va yumshoqligiga bog‘lik, emas, balki 
bolaga bo‘lgan xis tuyg‘ulariga bog‘liq. 
Ota - onalar bilan bo‘ladigan suxbatlarda ijtimoiy pedagog birinchi navbatda oilada bola 
tarbiyasi masalasiga jiddiy e’tibor beradi. 
Oilada bolani intizomga o‘rgatish kerak. Binobarin u bolaning aqliy qobilyatini to‘g‘ri 
rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi . 
Tartib - intizomga bolalikdan o‘rgangan kishi butun umr shunga rioya qiladi. Bunda kun 
tartibiga va uydagi bolaning vazifalari va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Oilada ijtimoiy pedagog o‘z ishini bolani o‘rganishdan boshlaydi. 


43 
Quyida turli xildagi oilalar bilan ish olib boruvchi ijtimoiy pedagog faoliyati bilan qiziqib 
ko‘rsak. 
1. Notinch oila; bunday oilada bola turli qarama qarshiliklar, janjallar qurshovida bo‘ladi,
ota - onasi ichuvchi va norkaman, kasalvand, hozirgi zamon sharoitida bunga yana ishsizlik 
qo‘shiladi. 
2. Ota – onasi yo‘q, bola buvisinikida yoki qarindosh urug‘inikida tarbiyalanadi. 
Yoki ota —onasi undan voz kechgan. Xuddi shunday oilalardagi bolalar tarbiyasida, xulqida 
ko‘plab nuqsonlarni kuzatish mumkin. Ijtimoiy pedagog oilaga zarur, chunki zamonaviy maktab, 
o‘quvchilarni o‘qishi, bilim olishi bilan band. 2/3 qism ota - onalar esa bola tarbiyasidagi 
qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ijtimoiy pedagog oiladagi xolatni o‘rganishda uni qanaqa oila 
bilan ish olib borayotganligini e’tiborga olishi lozim. 
1. U shahar yoki qishloq oilasimi. 
2. Ommaviy yoki zamonaviy oilami. 
3. Ko‘p bolali va to‘liqsiz oilami. 
4. Harbiy xizmatchilar oilasimi. 
5. Balog‘atga yetmagan yosh ona oilasimi. 
6. Milliy va xokozo. 
Hozirgi zamon sharoitida oilada bolani har tomonlama tarbiyalash uchun, uni iqtisodiy 
ta’minlash, ushbu faoliyatga keksalar e’tiborini jalb etish, oilaviy muhitni yaratish kerakki bunda 
bola tarbiyasi uchun hamma shart - sharoit yaratilgan bo‘lsin. Ijtimoiy pedagog turli oilaviy 
muammolarga duch kelishi mumkin. Bular: 
Bemor va nogiron bolalar; 
Keksa nafaqaxo‘r va nogiron ota - onalar; 
Ichuvchi va giyoxvandlar;- Daydi bolalar; 
Ajralishgan ota - onalarning bolalari; 
Albatta ijtimoiy pedagogning birinchi navbatdagi vazifasi oilani inqiroz vaziyatidan olib 
chiqish. Inqirozni oldini olish va barham topishiga ko‘maklashish. 
Oilaviy inqirozni oldini olishga davlat tomonidan beriladigan moddiy yordam, imtiyozlar va 
ijtimoiy yordam kiradi. Ijtimoiy pedagog pedagogik muammolarni hal qilish bilan birga iqtisodiy 
tibbiy va psixologik vazifalarni ham ijobiy hal qilishga to‘g‘ri keladi. 
Asosiy maqsad oilaning ichki kuchi va salohiyatini, inqirozni bartaraf qilishga safarbar etish. 
Buning uchun birinchidan muammolarni taxlil qilish kerak. Ikkinchidan mutaxasislar bilan 
maslaxat olib borish kerak. Uchinchidan inqirozdan chiqish yo‘llarini aniqlash kerak. 
Ijtimoiy pedagogning oilaga beradigan yordami nimalardan iborat? 
1. Oilaga turli nafaqa va ijtimoiy imtiyozlar berish tartib qoidalari haqida maslahat berish. 
Oila daromadini ko‘payishiga yordam berish. 
Yolg‘iz onaga yordam berish. 
Ijtimoiy pedagog yordamida muhtoj oilalarga yakkama - yakka yoki guruh bo‘lib 
mashg‘ulotlar o‘tkazish. 
Ijtimoiy pedagogning ish uslublari: birinchi navbatda ijtimoiy pedagog o‘z ishini oilani 
o‘rganishdan boshlaydi. Oilaviy muloqat, sharoit, oila a’zolarining o‘zaro bir - biriga bo‘lgan 
munosabati, ijtimoiy pedagogga bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishiga 
yordam beradi. Oilani o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, u oilada yangi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga 
kirishadi. Buning uchun u oilani turli klublarga, salomatlik guruhlariga, mahallada o‘tkaziladigan 
turli tadbirlarga jalb etish orqali erishish mumkin. 
Muvofaqqiyatga erishishning birinchi metodi ishontirish metodi. 
Ushbu metod yaxshi samara berishi uchun tarbiyalanuvchi o‘zi qiyin vaziyatdan chiqib 
ketish yo‘llarini topishga yordam berish. 
Amaliyotda shunday narsa qo‘llanadiki ijtimoiy pedagog, oila haritasini tuzadi. Bunda oila 
a’zolarining har biriga harakteristika beriladi. Tug‘ilgan kunlari, oilaning esda qolar kunlari 
yoziladi. Oila maqomi, yashash sharoiti, qo‘shnichilik, diniy va miliy mansubligi. Haritaga 
qo‘shimcha qilib oilada bola tarbiyasini o‘rganishni ham kiritish mumkin. 


44 
Qanday va qancha vaqt ota - onalar bolalar bilan vaqtini o‘tkazadi, ularning umumiy 
manfatlari bormi, ularni muloqat shakllari, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazadilarmi, ularning 
qiziqishlari mexmonga, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarga birga boradilarmi? 
Ota - onalarning bolalar haqida nimalarni bilishi muhim rol o‘ynaydi? 
Bola nimaga qiziqadi, nima o‘qiydi, orzusi nima, kim bilan do‘st, sinfdagi boshqa bolalar 
bilan munosabati, maktab miqyosidagi munosabati, yaxshi ko‘rgan o‘qituvchisi, fani, bolaning 
salomatligi va uning muammolari. 
Ijtimoiy pedagogning asosiy ishlaridan biri nogiron bolaga ega bo‘lgan oila bilan olib 
boradigan ishi hisoblanadi. 
Amerikalik olimlarning takidlashicha u yoki bu nuqsonga ega bo‘lgan bolalar hozirda, har 7 
oilaning birida uchraydi. Bunday oilalarda ota - onalarning bolaga bo‘lgan munosabatini o‘rganish 
kerak. 
O‘z bolasining nuqsonini ota - ona qanday qabul qilyapti?. Bu yerda ijtimoiy pedagogning 
ziyrakligi muhim rol o‘ynaydi. Oila katta qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Agarda shu ijtimoiy,
iqtisodiy qiyinchiliklarga bemor bola muammosi qo‘shilsa, qanday vaziyat vujudga kelishini 
tassavur qilib ko‘ring. Ko‘proq bunday oilalarda ona ishlay olmaydi. Bu fojeaga olib keladi. Ota 
yoki ona o‘z joniga qasd qilishi mumkin yoki ichkilikbozlikka berilib ketishi mumkin. 
Bulardan tashqari ijtimoiy pedagog ota - onalarni ham diqqatini jalb etishi ham darkor. 
Ularning shu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llari, bola xatti harakatidagi ijobiy tomonlarini 
topib o‘shalarga ko‘proq ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagog ota - onalarga, bemor bolalarga qarash parvarishlash, tarbiyalash, o‘qitish 
uchun sharoit yaratish yo‘llarini ko‘rsatish kerak. 
Ota - onalar o‘z navbatida xuddi shunday o‘zlariga o‘xshagan oilalar bilan hamkorlikda va 
aloqada ish olib borishi maqsadga mofiq bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagog ish foliyatida aqliy rivojlanishdan orqada qolgan farzandi bor oilaga ham 
duch kelishi mumkin. 
Oligrofen pedagogika pedagogika fanining kichik bir soxasini tashkil etadi. Ijtimoiy 
pedagog ijtimoiy pedagogikaning ish soxasi bilan ham shug‘ullanadi. Mutaxassis sifatida uning 
assosini va mazmunini yaxshi bilishi , ongli tushinishi va kerakli bo‘lgan paytda shu soxa bo‘yicha 
amaliy yordam berishga tayyor turishi talab etiladi. 
Nogiron bolalari bor oilalar. 
Ijtimoiy pedagog shunday oilalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘ng, ularga 
yordam berish rejalarini tuzadi va shu bolalar faoliyati nazoratini o‘rnatadi. 
Har bir bola uchun reabilitatsiya (tiklash) yani qayta tiklash rejasini tuzadi va amalga 
oshirishga kirishadi. 
Nogiron bolalarni davolash markazlarida psixolog - nevropatolog, logoped, massajist, 
defektolog, davolash fizkulturasi bilan shug‘illantiruvchi mutaxassis faoliyat ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy pedagog shu mutaxassislar bilan yaqin aloqada, hamkorlikda ish olib borishi 
maqsadga muofiqdir. 
Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati aqliy zaif bolalarga bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishda, 
yordam berishdan iboratdir. 
Bemor bolalarni sog‘lom bolalar bilan munosabatini o‘rnatish va muloqotga tayyorlash 
dasturlarini tuzish kerak. Bunda tanlov, kinofilimlar va kitoblar muxokamasi, tugilgan kunlarda 
ishtirok etishni ta’minlash kerak. Nogiron bolalarni mehnat faoliyatiga jalb etish masalasi ham 
ijtimoiy pedagogning faoliyat doirasiga kiradi (foto, tikuvchilik ishlari, poyabzal tamirlash, yog‘och 
o‘ymakorlik va boshqalar). 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin