K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

Qiyofasida ko‘rinadigan. chetga chiquvchi xulq-atvor ijtimoiy dezadaptatsiya 
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlar dezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu 
jarayonga mansub bo‘lgan bolalar toifalarini quyidagicha izoxlash mumkin. 
Bular: 
-maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar, 
-etim bolalar, 
- ijtimoiy yetimlar, bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ota-onalik huquqidan mahrum 
etilganlar bilan birga vaqtincha yashayotgan bolalar; 
-giyohvand va toksin moddalar iste’mol qiluvchi bolalar, 
-jinsiy intizomsiz bolalar, 
-g‘ayri huquqiy hatti-harakatlar sodir etgan bolalar. 
Deviatsiya - deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvor shakllarida bo‘ladi. 
Deviant xulq-atvor-mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik 
ijtimoiy guruhlarga xos bo‘lgan ijtimoiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog‘liq 
me’yordan og‘uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Deviant xulq-atvorga o‘qishdan qochish va 
daydilik, bolalar va o‘smirlarning aroqxo‘rlik, giyohvandlik va u bilan bog‘liq g‘ayri ijtimoiy 
harakatlar, jinsiy harakterdagi hatti-harakatlar, o‘ziga suiqasd qilishga urinish kabilarni misol qilib 
ko‘rsatish mumkin.
Delikvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning takrorlanib turuvchi 
g‘ayri ijtimoiy hatti-harakatlar sifatida harakterlanadi. Bu huquqiy me’yorlarni buzuvchi, biroq 
ijtimoiy xavf darajasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan harakatlardir. 
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: 
-agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o‘t qo‘yish kabilar kiradi; 
- g‘arazli xulq-atvor: (kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va mulkiy 
tajovuzlar); 
-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish.
Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish 
qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g‘ayri 
huquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. 
Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo‘rlik, 
toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va 
jinoyatchilikni kiritish mumkin. 
Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir: 
Biologik omillar. Bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik 
yoki anotomik xususiyatlarning mavjudligi natijasida o‘z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar 
kiradi: 
-irsiy xususiyatlar; 
-aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi 
va boshqalar; 
-organizmga psixofiziologik zo‘r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, 
turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog‘liq 
bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlar. 
Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki harakterining aksetkatsiyasining 
borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada 
g‘ayri adekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo‘ladi. 
Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik 
ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. 


34 
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va harakterning ba’zi ruhiy hislatlari 
shakllanadi. O‘smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy 
muhitdan bezib qoladi, yoki ko‘nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his 
qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv 
asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilan munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik 
rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patalogiyalarda namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy-pedagogik omillar Maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘lib, 
uning asosida yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi 
og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual hususiyatlar yotadi. Bunday bolalar maktabda 
yomon o‘qishadi, darslarni ko‘plab qoldirishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, 
maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv dezadaptatsiyasidan dalolat 
beradi. 
Maktab o‘qo‘vchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o‘tadi: 
-o‘quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida qayinchiliklar 
paydo bo‘lishi bilan harakterlanadigan holat
-maktab dezadaptatsiyasi –o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘qituvchilar, 
sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan harakterlanadigan; 
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so‘nadi, 
giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi; 
-bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi. 
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir salbiy omili noxush oila 
hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan 
oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular: 
-o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli 
vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun 
umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tarbiyaviy munosabatlar turi; 
-to‘liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat alohida yashashlari sharoitida 
tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi
-spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayri axloqiy hayot tarzi, ota-onalarning 
jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar turi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning tabaqalashuvi, ishsizlik, 
inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat.
Axloqiy omillar. Bir tomondan jamiyatning axloqiy darajasida qadriyatlarning yo‘qolib 
ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon 
bo‘lishiga befarq qarashida o‘z aksini topadi. 
Ilmiy nazariy va amaliyotda deviant xulq-atvorli bolalar bilan ishlashning ikki asosiy: 
profilaktika va reabilitatsiya shakllari mavjud. 
Profilaktika-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlardan og‘ishning turli shakllarini keltirib 
chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy
tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir.
“Profilaktika” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish 
ma’nosini bildiradi.
Ijmimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olingan holda, 
profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ko‘rsatish mumkin: 
-neytrallashtiruvchi, 
-o‘rnini to‘ldiruvchi, 
- ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi,
-bu holatlarni bartaraf etuvchi, 
-o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi. 
Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko‘nikmalardan tortib insonning jamiyatda 
to‘liq integratsiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi 
sifatida qaralishi mumkin. 


35 
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar: 
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. 
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og‘ish bo‘lgan 
o‘smirlar. 
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional og‘ishlarga ega bolalar. 
- surunkali somatik kasalliklar, 
- funksional buzilishlar, 
- asab-ruhiy hastaliklar, 
- aqliy qoloqlik, 
- nogironlik. 
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, 
kasbiy, maishiy. 
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini o‘rnini to‘ldirish 
yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi. 
Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli 
va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat. 
Maishiy reabilitatsiya o‘smir uchun me’yorli yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o‘smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, 
unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar 
tushuniladi. 
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy 
hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, 
ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga 
qaratilgan tarbiyaviy harakterdagi chora-tadbirlardir. 
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz 
deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari: 
-nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi, 
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan 
bolalarga tibbiy-psixologik yordam, 
-ijobiy, ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomila qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, 
-ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish, 
-shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik 
qo‘llab-quvvatlanish, 
-oilaga qaytib kelishga ruxsat, 
-me’yori rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash, 
-ishga joylashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin