K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

Nazorat savollar: 
1. “Me’yor”ga amal qilish deganda nimani tushunasiz?
2. “Me’yor”dan chetga chiqish degandachi?
3. “Me’yor”dan chetga chiqishning qanday alomatlari mavjud?
4. “Me’yor”dan chetga chiqishni oldini olish mumkinmi? 
 
______________ 
1. Qarang: Sotsialnaya pedagogika /M.A. Galaguzova taxriri ostida. Moskva 2003 
 
 
 
Mavzu: Ijtimoiy pedagogikada Deviatsiya hodisasi 
Reja: 
1. Deviatsiya haqida tushuncha. 
2. Deviatsiya turlari. 
3. Deviant xulq - atvorni keltirib chiqaruvchi omillar. 
4. Deviant xulq – atvorli bolalar bilan ishlash. 
Tayanch tushunchalar: deviatsiya, deviant, dilekvent, biologik, psixologik, ijtimoiy
ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy, profilaktika, reablitatsiya 
Deviatsiya - jamiyatda o‘rnatilgan xuquqiy, ijtimoiy, axloqiy qoida va me’yorlarga mos 
kelmaydigan xatti-harakat, xulq-atvorga aytiladi. 
Odatda deviatsiya xodisasi va uning ko‘rinishlari ko‘p xollarda ularning o‘smirlik davrida 
yuzaga keladi. Zotan, bu davr yosh davrlari ichida eng murakkabi bo‘lib, uni o‘tish davri deb ham 
yuritiladi. Darhaqiat bu davrda o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar, xususan anatomo-
fiziologik, aqliy, ruxiy jihatlardan rivojlanish yuz beradi. Natijada ularda hamma narsaga qiziqish 
xissi kuchayadi, atrof-muhitga, hayotga bo‘lgan munosabatlarida sezilarli darajada o‘zgarishlar 
ko‘zga tashlanadi. Garchi ularda o‘zligini anglash, shaxsiy dunyoqarash, turli xodisalarga, 
o‘zgarishlarga nisbatan baho berish kabi xususiyatlar shakllana boshlansa-da, ammo hali yetarli 
bilim, tajribaga ega bo‘lmaganliklari sababli ko‘p hollarda yagona hulosaga kelishda qiyinchilik 
sezishadi. Bu jihatdan ular kattalarning yordamlariga muhtoj bo‘lishadi. 
Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bu davrda bolalarda kattalar, ayniqsa, otag‘onalari 
o‘rtasida muammolar tug‘ilib turadi. Zero, kattalar va ota-onalari tomonidan o‘zlariga kichkina 
bolaga qaraganday muomalada bo‘lishlari yoqmaydi. Bu esa o‘rtada ziddiyatlarning kelib 
chiqishiga sababchi bo‘ladi. Shunday ekan, bu davrdagi bolalarga kattalar xushyorlik bilan 
munosabatda bo‘lishlari zarur. 
O‘smirlik davri bolalarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan yana biri ular o‘zlaricha katta 
yoshdagi kishilar orasidan, yoxud badiiy asarlar, filmlardan ideal topishga harakat qilishadi. 
Ko‘p hollarda ular idealning tashqi ko‘rinishi ya’ni qiziqtiradigan, o‘zini tortadigan 
tomonlariga o‘z e’tiborlarini qaratadilar. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, ularda tasavvurga nisbatan 
emotsiya (xissiyot) kuchliroq bo‘ladi. Demak, o‘smirlarning ideal tanlash jarayoniga ham kattalar, 
ayniqsa ota-onalar beparvo bo‘lmasliklari zarur. Chunki, o‘smirlardagi deviatsiya xodisasining yuz 
berishida ayni hissiyot bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyat sababchi bo‘ladi. 
Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor me’yorlaridan chetga chiqqan o‘smirlarni qiyin 
o‘smir yoki qiyin tarbiyalanadigan o‘smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda pedagogik 
ta’sirga qarshilik ko‘rsatish tushuniladi. O‘smirning qiyin tarbiyalanishi, jamiyat tomonidan qabul 
qilingan me’yor va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o‘rganiladi. 
Deviatsiya ham insonga, ham uni o‘rab turgan olamga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik 
hodisasining jihatlaridan biri bo‘lib, ijtimoiy sohada o‘zgaruvchanlik, insonning atrofdagilar bilan 
o‘zaro munosabatini aks xulq-atvorida o‘z ifodasini topadi.


33 
Bundan kelib chiqadiki, me’yordan chetga chiqqan xulq-atvorni jamiyat rivoji va 
svilizatsiyasini bola shaxsiyatining xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida buzilishiga olib 
keluvchi bolaning jamiyat bilan munosabati sifatida tushunish mumkin.
Deviatsiyaning eng ommabop shakli uning shaxs qiyofasida ifodalanishi hisoblanadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin