K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

Nazorat savollari: 
1. Deviatsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Deviatsiyaning qanday turlari mavjud?
3. Deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar?
4. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ishlashning shaklarini tavsiflang? 


36 
Mavzu: Iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni . 
Reja: 
1. Iqtidorli bolalar va ularga xos bo’lgan shaxsiy sifatlari. 
2. Oilada talantli bolalar va ularning o‘ziga xosligi. 
3. Iqtidorli bolalar va inklyuziv ta’lim. 
4. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda oila va ijtimoiy pedagog faoliyatini uzviyligi.
Tayanch tushunchalar: iqtidor, talant, daholik, ijtimoiy iqtidor, badiiy iqtidor, akademik 
iqtidor, intelektual iqtidor, psixomotor iqtidor, ijodiy iqtidor, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy pedagog.
Hozirgi davrda aqlan zukko, kreativ qobiliyatli, mustaqil mulohaza yurituvchi yuksak 
iqtidorli, talantli yoshlarga eng qulay shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatini aniq maqsad sari 
yetaklash, boshqarish bugungi kunning talabidir. 
Bunday yoshlar turli soxalarda xalqning milliy imkoniyatlarini jaxon talablari darajasiga 
olib chiqaoladigan qudratli kuchga ega. Mazkur nuqtai nazardan muammoga yondashish, iqtidorli 
yoshlarni izlab topish, ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish muximdir. 
Iqtidor, talant, daholik inson qobiliyati rivojlanish darajasining eng yuqori bosqichidir. 
Iqtidor tushuncha bo‘ladi. Ulardan biri ijtimoiy iqtidor bo‘lib, peshqadamdik (boshlovchilik, 
tashkilotchilik, tashabbuskorlik) deb atash mumkin. 
Iqtidorning bu turi oilada ham, maktabda ham hech qanday ziddiyatga sabab bo‘la olmaydi. 
Mutaxassislar tomonidan ko‘proq o‘rganilgan iqtidor bu badiiy iqtidor bo‘lib, bunda bolada 
musiqaga, tasviriy san’atga, sahna madaniyatiga qiziqish o‘ta kuchli bo‘ladi. Bolaning sportga 
bo‘lgan qiziqishi, ishtiyoqi va jismoniy qobiliyati psixomotor iqtidor deb ataladi. 
O‘quvchi yoki talabaning bilim olishdagi o‘ziga xos kuchli qobiliyati, bilim olish uchun 
intilishi va tirishqoqligi akademik iqtidor deb ataladi. 
Tahlil qilishda, fikrlashda, faktlarni taqqoslashda namoyon bo‘ladigan qobiliyat intilektual 
iqtidor deb ataladi. 
Bunda bola oilada - aqlli, maktabda - a’lochi. Ba’zida - bunday bola faqat bir yoki ikki 
predmet bo‘yicha a’lo bilimga ega bo‘lishi mumkin, biroq boshqa predmetlar bo‘yicha ulgurmay,
ijobiy bilimlarga ega bo‘la olmaydi. Ijodiy iqtidor dunyoni boshqacha anglashda va boshqacha 
fikrlash jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar ba’zida o‘z maqsadlari sari intiladilar va 
maqsadiga yeta olmay «Omadsiz» bo‘lib qoladilar. Ular bolaligida oilada va maktabda ko‘pchilikni 
g‘ashiga tegadilar. Bunday bolani ertaroq aniqlab, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish kerak. Umuman 
olganda iqtidorli bolalarda bilim olishga ehtiyoj kuchli. 
Ularni o‘qishga majbur qilishning keragi yo‘q. Ular o‘zlariga ish topib oladilar, ko‘p 
hollarda bu ish juda murakkab va intelektual bilimni talab etadi. Ular aqliy mehnatni xush 
ko‘radilar. Bu esa ota - onalarda qo‘rquv va xijolat chekish holatlariga sabab bo‘ladi. Iqtidorli bola 
kattalar bilan muloqatda bo‘lishni yaxshi ko‘radilar, chunki ular (katta yoshdagilar) bolani 
tushunadilar va bu muloqotdan zavq oladilar. Tengdoshlari uni tushunmaydilar, ustidan kuladilar va 
har xil laqablar bilan atay boshlaydilar. Bunday bolalarning sezgirligi juda kuchli bo‘lib ko‘rinadi. 
Ular juda tez, arzimagan narsadan ham janjal chiqarishi mumkin, bu injiqlik emas balki o‘ta 
sezgirlik, oqibatidir. Ijod qilishga moyil bolalar vazmin bo‘ladilar, ular bolaligidan o‘zini iqtidori 
tufayli aziyat chekishi mumkin. 
Bunday bolalarda yumorga kuchli tug‘ma xissiyot mavjudligi sezilib turgandek bo‘ladi. 
O‘zlari xazil qilmasa ham kichkinagina vaziyatdan yoki holatdan kulgili narsa axtarib topa oladilar. 
Ularning nutqlari ham o‘zgacha. Ularning yurish - turishi, atrofdagilarga bo‘lgan munosabati 
boshqa bolalarnikidan ancha farq qiladi. Yuqorida aytilgan fikrlarga hulosa yasab shuni ta’kidlab 
o‘tish kerakki, iqtidorli bolalarni boshqa hususiyatlarini hisobga olgan holda umumjaxon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti qaroriga muvofiq ular aqli zaif, voyaga yetmagan huquqbuzarlar, ichkilikbozlikka 
mukkasidan ketgan kishilarning bolalari qatori «qaltis guruhga» kiradilar. 
Ularga maxsus tarbiya, maxsus individual o‘quv dasturlari, maxsus tayyorgarlikka ega 
o‘qituvchilar,maxsus maktablar darkor.Oiladagi iqtidorli bola oilaning faxri. Ko‘p 
xollarda oilada bolaning iqtidori sezilmay qolishi mumkin. Agar bola oilada to‘ng‘ich 
farzand bo‘lsa yoki hamma bolalari talantli bo‘lsa bu oilada odatiy hol hisoblanishi mumkin. 


37 
Biroq hamma ota - onalar ham, bunday bolalar bilan faxrlanmaydilar. Farzandini 
boshqalardan ajrab turishini hoxlamaydilar. Agar ota - onalar o‘z farzandlaridagi iqtidorni o‘z 
vaqtida sezib, unga har tomonlama yordam berishganda edi, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ayrim 
hollarda talantli bolalarni oilada qiynab yuboradilar. Bunga bola bardosh bera olmasligi mumkin va 
aksincha talantsiz, qobiliyatsiz bolani ota - onalari undan ko‘p narsa talab qiladilar, bunday jarayon 
bolaning sog‘ligini izdan chiqarishi mumkun. Sog‘liqni o‘nglash mumkundir, lekin yetkazilgan 
ma’naviy zararni bartaraf etish ancha qiyin. Talant bo‘lsa unga o‘z vaqtida yordam berish bu 
yaxshi, lekin talant «yaratish» bolani haqoratlashdir. 
Ota - onalar farzandini iqtidorini ko‘p hollarda bolaning erta tili chiqishi 
nutqini 
rivojlanishi, ertaroq sanashni o‘rganishi, hotirasining o‘tkirligi va qiziquvchanligi bilan 
ifodalaydilar. Bunday bolalarda tasavvur va tafakkur tezligi ham harakterlidir, ayrim hollarda 
bunday xususiyatlar aniq namoyon bo‘lmaydi. Ota - onalarning muhim vazifalari shundan iboratki, 
bunday farzandning har tomonlama rivojlanishini kuzatib, sezib turishlari lozim. Aniqroq qilib 
aytganda, bunday bolalarni o‘z vaqtida sezib iqtidorini aniqlash va uning rivojlanishiga yordam 
berishi kerak. 
N.N.Rimski - Korsakovni qobiliyatini 2 yoshligida, I.Ye.Repinning 4 yoshligida 
P.I.Chaykovskini 5 yoshida sezishgan. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy juda ham kichik yoshligida «Qush tili» asarini o‘rgangan, 
yoshligidan she’riyatga iqtidori borligini namoyon etgan. 
Pushkin 9 yoshidan Lermontov 10 yoshidan she’r yoza boshlaganlar. Bunday misollarni 
ko‘plab keltirish mumkin. 
Oila uchun nafaqat iqtidorli bolani aniqlash, balki bunday bolaga alohida munosabat 
ko‘rsatish mumkin emas, chunki bu xol boshqa negativ (ziddiyatli) holatlarni keltirib chiqarishi, 
ya’ni oiladagi boshqa bolalar o’rtasida noto’gri qarash, munosabatlarni yuzaga kelishiga sababchi 
bo’lishi mumkin. Bu o’rinda maktabda faoliyat yurituvchi ijtimoiy pedagog faoliyatini yo’lga 
qo’yish yaxshi samara beradi. Buning uchun birinchi navbatda ijtimoiy pedagog bolaning iqtidori 
qay darajada ekanligidan qat’iy nazar, uni o‘qitish muhimligini yoddan chiqarmasligi kerak. Uni 
(iqtidorli bolani) sabir - qanoatga, mehnat qilishga va mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatib borish 
kerak. 
Ijtimoiy pedagog iqtidorli bolaga nisbatan munosabatini to‘g‘ri tashkil qilib borishi kerak, 
faqat shundagina u bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri yo‘lini topishi mumkin. 
Iqtidorli bolaning nimasi o‘ziga xos? 
Ota - onalari uning nimasi bilan fahrlanadi? 
Talantli bola ota - onalarini hovliqtirib yubormayaptimi? 
Oilada bo‘ladigan ziddiyatlar shu bolaga bo‘layotgan bosim zamirida paydo bo‘lishi 
mumkin. U har xil bosim va kamsitishlarni yoqtirmaydi, baqir - chaqirlarga chidab tura olmaydi, 
ota -onalar esa buni yodidan chiqaradilar va bu katta muammoga sabab bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagog ota - onalarga bolaning individual ko‘nikma va malakalarini
rivojlantirishda yordam berishni, mutaxassislarga yo‘llanma berish, maslahatlar tashkil qilishni, ota 
- onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida muntazam aloqa o‘rnatishi zarur. 
Iqtidorli bola tez - tez kayfiyatini o‘zgartiradi, muloqotda shoshqaloq, suhbatdoshini fikrini 
bo‘ladi. O‘z bilimini namoyish qiladi. Natijada unda kutilmagan favqulotda xatti - harakatlar 
namoyon bo‘ladi Ular orqada qolish yaxshi emas deb hisoblaydilar, doimo birinchi bo‘lishga 
harakat qiladilar. Suhbat mobaynida noaniqlik sezilib qolsa o‘rnida to‘g‘rilaydilar. Mana shu 
hususiyatlarning hammasi chidam, sabr - toqatni tarbiyalashni taqozo etadi. 
Talantli bolalar yaxshilik, sahovat, adolat va mehr - muruvvat nima ekanligini yaxshi 
biladilar, biroq amadda bu go‘zal g‘oyalarni hayotga tadbiq eta olmaydilar. Bu yerda ijtimoiy 
pedagogning yordami muhim o‘rin tutadi. 
Qiziquvchanlik hamma narsani bilishga intilish katta ijodiy imkoniyat hayot tarzimizga 
aylanib qolgan axloqiy me’yorlarining atrofdagilar bilan munosabatning buzilishiga olib kelishi 
mumkin. 


38 
Bu yerda ijtimoiy pedagog ota - onalar bilan mustahkam aloqada bo‘lishi darkor. Iqtidorli 
bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog faoliyatining asosi ular bilan oila hamkorligida inklyuziv 
ta’limni keng yo’lga qo’yishdan iborat. Bunday hamkorlik zamirida bolani bo‘sh qo‘ymaslik, 
vaqtini mazmunli o‘tkazish, maktabgacha yoshdagi davrdan boshlab, ijodiy mehnatga jalb qilish, 
ijod uchun sharoit yaratib berish yotadi. Ota – ona va o’qituvchi hamkorligida inklyuziv ta’limni 
yo’lga qo’yishning mohiyati, bular o’rtasidagi o’zaro tenflik asosida iqtidorli bola bilan ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil qilishdan iborat. Ushbu interfaol ta’lim jarayonida iqtidorli bolalarni 
tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnalogiyalardan foydalanib 
bilish faoliyatini maxsus tashkil qilish va bu orqali ulardagi intelektual imkoniyatlarni to’laroq 
ochib berishga imkon yaratiladi. Bu o’rinda ta’limni jamoaviy, guruhli, kompyuterli shakilaridan 
ham keng foydalanish va bu orqali iqtidorli bolalar bilish jarayonini to’liq nazorat qilish mumkin. 
Nazorat qilish esa o’zaro kelishilgan holda ota-ona va ijtimoiy pedagog tomonidan bir vaqitda, yoki 
ma’lum ketma-ketlikda yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiq. Ijtimoiy pedagog bunday nazorat 
shakli, usulini oldindan belgilab (mahsus mutahassislar bilan maslahatlashib) ota-onalarni tayyorlab 
boradi. 
Ijtimoiy pedagog faoliyati yuqoridagilardan tashqari iqtidorli bolalar faoliyatini maktabdan 
tashqarida maqsadli yo’lga qo’yishga e’tiborini qaratishi jihatdan ham axamiyatlidir. Buning uchun 
esa iqtidorli bolalar bilan ijtimoiy pedagogni ish olib borishining zamonaviy shakllaridan biri, 
bolalar ijodiyoti uylari, markazlari, turli to‘garaklar bo‘lib bular bilan ishlashda mazkur ta’lim 
maskanlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Nazorat savollari: 
1. Iqtidorli bolalar uchun umumiy bo‘lgan shaxsiy sifatlar qaysilar? 
2. Oilada talantli bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari qanday? 
3. Ijtimoiy pedagogning iqtidorli bolalar bilan ishlashda o‘zaro hamkorlik nimadan iborat? 
4. Inklyuziv ta’lim haqida nimani bilasiz? 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin