K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

- bostirish mexanizmi: uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan 
chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham 


22 
o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bo‘linadi. G‘ayri ixtiyoriy mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy 
bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi 
tarbiyaning keng tarqalgan usulidir; 
- ajratish mexanizmi: bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o‘zi uchun 
yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda 
kuzatiladi.
- o‘z-o‘zini cheklash mexanizmi: bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. 
Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z-
o‘ziga ishonchi pasayadi. Bu o‘z menini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi 
hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki, bu holatda moslashuv 
sodir bo‘lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash, o‘z-o‘ziga baho berishning 
pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o‘z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk 
muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yadi, oqimda suza boshlaydi; 
- o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash loyihalash mexanizmining mohiyatini 
tashkil qiladi. O‘ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o‘ziga bo‘lgan 
hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin 
hisoblaydi; 
- ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri bu-identifikatsiyadir. 
Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya 
ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. 
Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud.
- identifikatsiya mexanizimi introeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda boshqalarning 
xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa 
ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas;
- empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo‘lish. Shaxsning 
muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida 
muhim ahamiyatga ega; 
- qiyin holatlarda intellektuallashuv mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi tarbiyalanuvchi 
abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa 
odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga 
(kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi.
- ratsianallashuv mexanizmida tarbiyalanuvchi o‘z xatti-harakatlarining mantiqiy xulosasini 
chiqaradi. Yosh ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini qo‘llashadi.
- fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi 
qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan 
harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko‘p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi.
1
Tadqiqotchi I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga 
quyidagilarni kiritsa bo‘ladi: 
- imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab 
qolishi. Bu mexanizm odatda go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi.
- eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o‘zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak 
bo‘ladigan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlariga anglamagan holda ega bo‘lish.
- taqlid-biror bir namunaga o‘xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba 
to‘plashining yo‘llaridan biridir.
- refleksiya mexanizmi-ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar 
jamoasi, obro‘ e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor 
etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va hayoliy shaxslarning ichki 
suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi.
Bundan tashqari ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham 
kiritsa bo‘ladi: ijtimoiylashuvning an’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit
qo‘shnilar, 


23 
________________ 
1
Qarang: Podalsiy I.P. Pedagogika: 100 voprosov – 100 otvetov. Moskva, «Vlados», 2001, 254-256 
betlar


24 
o‘rtoqlariga xos xulq, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish 
ongsiz holatda amalga oshib taasurotlar yordamida sodir bo‘ladi; 
- institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan o‘zaro 
munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni to‘plashi mumkin.
1
Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-
sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil 
deyiladi. Ijtimoiylashuvning bir necha omillari bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin