Axborotlarni kodlash
Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda
qisqa ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi.
Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar
orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar orqali
ifodalanishini misol qilish mumkin.
Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning
ta'sirini sezib turadi. Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik,
elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida qabul qilamiz.
Insonga
uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi
Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini
ajratib oladi va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta
ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli
belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum bo'lgan alifbo harflari
insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni,
nota belgilari esa musiqiy
tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan,
nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson
axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan.
Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog
axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan
ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko'p tarqalgani
raqamli
axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali
ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar
analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar
raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon,
radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli
qurilmalarga shaxsiy
kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli
videokamerani misol qilish mumkin.
Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir
qoidalar asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish
jarayoni axborotni
kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat
amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni maxfiy
saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash
deb ataladi.
Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni
uzatish va saqlash qulay
bo’lgan ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash”
atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish,
qayta ishlash oson bo’lgan boshqa ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda
kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi.
Kompyuter
faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi
mumkin. Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir,
priborlarning ko’rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta
ishlanishi uchun raqamli formada tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy
tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, ma’lum chastotadagi
tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, har bir
o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter
dasturlari yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish
mumkin, masalan turli xil tovushlarni bir-biriga bog’lash.
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi
mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan
kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok
etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi. Harflar
to’plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash deyiladi. Qoidaga
ko’ra kompyuterda barcha sonlar nol va bir yordamida
ifodalanadi(insonlar qanchalik o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik
sanoq sistemasidan emas).
Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu
qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun
odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish
va ularni o’qish uchun chiqarishda inson o’nlik formada amalga
oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa ham, barcha zarur o’zgartirishlarni
kompyuterdagi dasturlar bajaradi.