1) hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish, organizmning
tashqi muhit ta’siriga qarshiligini oshirish;
2) organizmning barcha sistemalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantirish,
ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘ri qaddi - qomatni uyg‘un
jismoniy rivojlantirish.
Bolalar organizmining nomukammalligi, nozikligi bilan birga unga kudratli
rivojlanishni ta’minlovchi hususiyatlar ham hosdir. Bu barcha to‘qimalarning juda
egiluvchanligi, tezkorligi, moda almashinuvi jarayonlarining jadalligidir. Uning juda
katta moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir. Bola sharoitlarning o‘zgarishiga,
jismoniy zo‘riqishga kattalarga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U
o‘ziga tushunarli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga idroki baland bo‘ladi, bu esa
bir qancha ta’limiy vazifalarni hal etish imkonini beradi:
Jismoniy mashqlar bolalarning to‘laqonli aqliy, ahloqiy, estetik va mehnat
tarbiyasiga yordam berib, ularning ma’naviy-irodaviy sifatlarini (jasurlik, halollik,
qat’iyat va boshqalarni) rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: