Reja: Jismoniy tarbiya nazariyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#77322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasining vazifalari ,vositalari.

Bolalarni kiyimi. Yozgi kiyim rangi ochiq, asosan oq gazlamadan, qishki kiyim 
— to‘q rangli materialdan tikilishi lozim. Bolalarning kiyimn ularning yoshiga yarasha, 
yengil, qulay, kismaydigan, estetik didiga javob beradigan paxta matosidan tikilishi 
kerak. 
Bolalarning oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1,— 1,5 sm bo‘lishi kerak. Vaqti-
vaqti bilan bolalarga qishda binoning ichida, yozda maydonchada yalang oyok, 
yurishga ruxsat berish kerak. Notekis joyda yalangoyoq yurish tovon yassiligini 
yo‘qotadi, bola- organizmini chiniqtiradi. 
Sayr. Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lishlari ularning sog‘ligiga va 
jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning ochiq havoda 
bo‘lishi natijasida qon kislorodga to‘yadi, temperaturaning o‘zgarib turishi, havoning 
namligi, shamol ta’siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi, organizmni 
chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, harakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi. 
O‘tkaziladigan sayrning tashkiliy jihatlari, mazmuni va metodikasini tarbiyachilar 
puxta o‘ylashlari lozim. Sayrga yig‘ilish ko‘p vaqtni olmasligi, buning uchun bolalarni 
bir tartibda kiyinish va yechinishga o‘rgatish kerak. Sayr rejasiga atrof hayotni 
kuzatish, sport mashg‘ulotlari, mehnat faoliyati, o‘yinlar kiradi. Bolalarning turli 
faoliyatlarini tashkil etish uchun bolalar maydonchasi pedagogik talabga javob 
beradigan qilib jihozlangan bo‘lishi kerak. Har bir guruh maydonchasida turli o‘yinlar 
o‘tkazish uchun qurilish materiallari, qum, suv, turli o‘yinchoqlar, sirpanish uchun 
tepaliklar, muz maydonchasi, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, sakrash uchun
moslamalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 
Velosiped uchish uchun yo‘l bo‘lishi kerak. Bolalar 3—4 soat ochiq havoda vaqt 
o‘tkazishlari lozim. Faqat qattik yomg‘irda, kuchli shamolda, sovuq — 25° dan 
oshganda sayrga chiqish kerak emas. 
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish muddati mashg‘ulotning mazmuniga bog‘liq. Hatto 
15—20 daqiqalik sayrlar ham yaxshi hissiy, jismoniy madad beradi. Tarbiyachi 
bolalarning bir vaziyatda turib qolmasliklariga e’tibor berib turishi lozim. Harakatli 
o‘yinlarni tinchrok o‘yinlar bilan almashtirib turish kerak. Kichik guruh bolalari bilan 
haftasiga bir marta, katta guruh bolalari bilan haftasiga 2 marta ekskursiya 
uyushtiriladi. Bunda bolalar kattalarning mehnatini, kishilarning hayotini kuzatadilar. 
Chiniqtirish. Chiniqtirish deganda organizmning atrof-muhitdagi turli tabiiy 
ta’sirlar (harorat, namlik, quyosh nuri darajasining o‘zgarishi)ga eng ko‘p chidamliligi, 
moslashishini tarbiyalash tushuniladi.


Bolada faqat harorat, iqlim o‘zgarishlariga tez ta’sir bildirishgina tarkib 
topmasdan shu bilan birga gemoglabin miqdori oshadi, ularning immun tizimi 
yaxshilanadi. Bolalar turli kasalliklarga kamroq chalinadilar va ularni organizmlari 
kasalliklarni tezda yengadi.
Kundalik hayotda chiniqtirish tadbirlarini jismoniy mashqlar, bolaning xilma-xil 
faoliyati bilan bog‘liq holda olib borish chiniqtirish uchun ham organizmni 
mustahkamlash uchun ham yaxshi natija beradi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin