Reja: Jismoniy tarbiya nazariyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari


MTMlarning katta va tayyorlov guruhlarida, mashg‘ulotlar ӱrtasida olib



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#77322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasining vazifalari ,vositalari.

MTMlarning katta va tayyorlov guruhlarida, mashg‘ulotlar ӱrtasida olib 
boriladigan jismoniy mashqlardan namunalar. 
1-mashq. 
-O‘rindan turib, qo‘llar chap yelkada bolta ushlagandek holatda turiladi, she’r: 
Biz o‘rmonga boramiz, 
Qo‘limizda boltamiz. 
Daraxtlarni kesamiz 
1-2-3-4, 1-2-3-4. 
-She’rni aytib, sanoqqa kelganda bolta chopgandek harakat qilinadi. 
-1 – pastga, 2 – o‘ng yelkada, 3 – pastga, 4 – chap yelkada. Sanoqni 2-3 marta 
qaytarilgandan keyin «Uf, charchadik» so‘zi aytilganda qo‘llar pastga tushirib 
silkitiladi. 
2-mashq. 
Stoldan chetga chiqib qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi. Bajarilishi: 
-«Bahor valsi» musiqasi sadosi yordamida qo‘llar gavda bilan birga o‘ng va chap 
tomonlarga chayqaladi. Shu chayqalishda oldinga va orqaga egilinadi. 
Bu kabi mashqlarni ko‘plab keltirish mumkin. Lekin jismoniy mashqlar uzoq 
davom etmasligi kerak. Jismoniy mashqlar o‘tilayotgan mashg‘ulot mazmuniga mos 
bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda bolalarning yoshi ham hisobga olinadi. 
Bolalar bog‘chasi kun tartibida xilma-xil o‘yinlarga alohida o‘rin beriladi. 
Vaqtdan to‘laqonli foydalanish uchun tarbiyachi o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni 
oldindan tanlab qo‘yishi, bolalarni bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng imkoniyatlar beradi. Sayr 
chog‘ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar kuzatiladi, bolalarning mehnat va o‘yin faoliyati, 
sport mashqlari uyushtiriladi. 


3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ovqatlanishi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida butun ovqatlanishni tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy 
munosabatni yaratishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5-4 soat 
oralig‘ida bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan 
taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa oldindan tayyorlab 
qo‘yiladi, chunki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qo‘zg‘atadi. Stolni 
enaganning o‘zi bezaydi, o‘rta guruhdan boshlab esa bu ishda navbatchi bolalar faol 
ishtirok etadilar. Navbatchilikning tartibi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi 
tomonidan puxta o‘ylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Normal 
ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat katta ahamiyatga ega.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-gigienik ko‘nikmalarni 
tarbiyalash. Butun maktabgacha yosh davomida madaniy-gigienik ko‘nikmalarni 
shakllantirish yuzasidan katta ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini 
rivojlantirishdagi, fikrlashdagi ro‘y bergan katta siljishlar bolalarning o‘ziga-o‘zi 
xizmat qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot davrida zarur bo‘lgan xilma-xil 
harakatlarni uddalashi uchun imkon beradi. 
4 yoshga qadam qo‘ygan bolalar qo‘llarini to‘g‘ri yuvishni (qo‘llarni bir-biriga 
ishqab sovun surish, sovunni yuvib tashlash va har bir barmoqni artish) ni, tish yuvishni 
(dastlab oddiy xo‘l cho‘tka bilan, 4 yoshdan boshlab poroshok bilan), ovqatdan keyin 
og‘izni chayqashni, dastro‘molchadan foydalanishni, stol atrofida o‘zini madaniy 
tutish qoidalariga rioya etishni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni, ovqatni 
to‘kmaslikni) bilishi kerak. Bolalar o‘yinchoqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo‘lishni, ozodalik va tartib saqlashni o‘rganadilar.
5 yoshga qadam qo‘ygan bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar, ular endi sovun 
bilan yuzlarini, bo‘yinlarini, quloqlarini yuva oladilar, ancha puxtalik bilan kiyina 
oladilar, har bir harakatni bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi 
ko‘rinishlaridagi yoki atrofdagi nuqsonlarni seza boshlaydilar. 
6-7 yoshli bolalar o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga doir barcha harakatlarni ancha 
tezroq va aniqroq bajara oladilar. Ular tez, toza, kiyimlarini, polni ho‘l qilmasdan 
yuvina olishlari, puxta va tez kiyina olishlari, o‘z tashqi ko‘rinishlarini kuzatib 
borishlari kerak. Ovqatlanish ko‘nikmalariga katta talablar qo‘yiladi: bolalar sanchqi, 
pichoqdan to‘g‘ri foydalanadilar, tartibli ovqat yeydilar. O‘yin burchaklarini 
yig‘ishtirish, navbatchilik turlari majburiyatlari va ko‘nikmalari doirasi kengayadi, 
navbatchilarning vazifalari murakkablashadi. 
Madaniy gigienik ko‘nikmalarni muntazam mustahkamlab borish kerak. 
Tarbiyaviy ishlar tizimining o‘zgarishi, malakalarni shakllantirish va ulardan 
foydalanishga e’tiborning yo‘qligi ularning tezda yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. 


3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun jismoniy mashqlar. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy mashqlar katta o‘rin tutadi. 3 yoshdan 
7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy 
harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xilma-xil harakatli o‘yinlarni o‘ynashni 
o‘rgangan bo‘lishlari kerak. Bu keng dastur ishning xilma-xil vositalari va shakllaridan 
foydalangandagina bajarilishi mumkin. 
Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni bajaradilar: ertalab gigienik 
gimnastika shaklida; haftasiga ikki marta jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tarzida 
bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy 
harakatlar, harakatli o‘yinlar kiradi. O‘rta va katta yoshdagi bolalar bilan o‘tirib 
bajariladigan mashqlardan jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg‘ulotlar orasida jismoniy 
tarbiya tanaffuslari o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida sport mashqlari, harakatli o‘yinlar 
uyushtiriladi, bolalarning kichik guruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan 
keyin saf tortishlar, qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar bajarilib, 
ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo‘shib o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida va xonada 
bolalarning turli qo‘llanmalar va motorli o‘inchoqlar bilan mustaqil o‘yinlari 
uyushtiriladi. 
Maktabgacha ta’lim bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi o‘ziga 
xos vositalaridan foydalaniladi: 1) harakatli o‘yinlar o‘tkazilib, ularga eng ko‘p o‘rin 
beriladi; 2) asosiy gimnastika (asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish 
mashqlari); 3) sport mashqlari (konkida uchish, chang‘ida yurish, suzish, velosipeda 
uchish); 4) bolalar turizmi. 
Ko‘rsatilgan vositalardan uyg‘un birlikda foydalanish har tomonlama jismoniy 
rivojlanishni ta’minlaydi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin