Tartibning bir maromdaligi tabiat hodisalarining maromi, organizm faoliyatining
maromiga asoslanadi.
Bu bedor yurish va uxlashning, tana haroratining o‘zgarishi,
nafas olish, yurak urishining qisqarish maromida, ovqat
xazm qilish traktining ish
maromida namoyon bo‘ladi va hokazo.
Oqilona tartib: 1) bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati asosida quriladi,
bu vaqtda boshmiya qobig‘i uchastkalari o‘rtasidagi vazifalar qayta taqsimlanadi,
olingan axborot qayta ishlanadi; 2) aqliy va jismoniy ishlarning nisbati, ovqat hazm
qilish maromini hisobga olish asosida quriladi.
Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan birga uning xulq-
atvorida namoyon bo‘ladi.
Tartibni tuzishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
2. Ovqat xazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif bo‘lgan bolalar ko‘proq
uxlashlari kerak.
4. Harakatga bo‘lgan yosh ehtiyojlari: bir kecha kunduzdagi harakat miqdori 3
yoshli bolalarda 10-19 ming qadamni, 7 yoshli bolalarda 14-25 ming qadamni tashkil
qiladi.
5.
Yil fasli, iqlim sharoitlarini bolalarni uyqusini tashkil etishni hisobga olish
lozim.
Dostları ilə paylaş: