134
G‘arbiy frontda butun diviziyalarning 80
foizini, artilleriyaning 90 foizini to‘plagan
Germaniya 1918-yilning
mart oyida hu-
jumga o‘tdi. Bu uning oxirgi hujumi bo‘ldi. Biroq, bu hujum
muvaffaqiyatga olib kelmadi. Shunday bo‘lsa-da, har ikki tomon
300 ming kishini qurbon berdi.
Shunday sharoitda Buyuk Bri-
taniya va Fransiya yagona qo‘mondonlik tuzishga qaror qildilar.
Fransiya generali Fosh birlashgan kuchlarning qo‘mondoni etib
tayinlandi. 18-iyul kuni Fransiya qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tdi.
Shu hujumdan so‘ng Antanta hujumini to‘xtatishning iloji bo‘l-
madi.
15-sentabr kuni Bolgariyaga qaqshatqich zarba berildi. 28-
sentabr kuni esa Bolgariya urush harakatlarini to‘xtatdi va urush-
dan chiqdi. 29-oktabr kuni Avstriya-Vengriya yarash bitimini
imzolash haqida Antantaga murojaat qildi. 3-noyabr
kuni shunday
shartnoma imzolandi va Avstriya-Vengriya ham urushdan chiqdi.
30-oktabr kuni Turkiya Antanta bilan yarash bitimini imzolashga
majbur bo‘lgan edi.
Urush Germaniyada inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi. 9-
noyabrda Germaniya imperiyasi quladi. Imperator Vilgelm II taxt-
dan voz kechdi va mamlakatdan qochib ketdi. 10-noyabr kuni
sotsial-demokrat Ebert boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 11-
noyabr kuni Kompen o‘rmonida marshal
Foshning shtab vagonida
Germaniyaning taslim bo‘lganligi haqida Antanta bilan bitim imzo-
landi. Shu tariqa, birinchi jahon urushi Antantaning g‘alabasi
bilan tugadi.
1919-yil 28-iyunda Versalda sulh shartnomasi imzolandi.
German
bloki davlatlari talandi, ko‘pgina hududlaridan ajraldi, 132 mlrd.
marka reparatsiya to‘laydigan bo‘ldi.
Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi.
Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar edi. Urushga 74 mln. ga
yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. kishi esa yarador bo‘ldi.
Bundan
tashqari, juda ko‘p kishilar kasallik va ochlikdan o‘lib
ketdi. Urushda halok bo‘lganlar soni 20 mln. dan oshib ketdi.
Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan
davlatlar o‘z milliy boyliklarining uchdan bir qismini yo‘qot-
dilar.
Insoniyat birinchi jahon urushigacha bo‘lgan 1000 yil davomi-
da yuz bergan barcha urushlarda ham bunchalik qurbon bermagan
edi.
Dostları ilə paylaş: