Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

36-§.
Verden jangi
~
~
~
~
~
9 — Jahon tarixi, 9- sinf


130
Verden va Somma janglari misli ko‘rilmagan darajada qirg‘in-
barot janglar ham bo‘ldi. Ularda har ikki tomondan 2 million
260 mingdan ortiq jangchi halok bo‘lgan. Verden jangining tarixga
„Verden qirg‘ini“ nomi bilan kirganligi bejiz emas.
Germaniya qo‘shini 1916-yil fevral oyida
G‘arbiy frontda hujumga o‘tgach, Fransiya
yordam so‘rab yana Rossiyaga murojaat
qilishga majbur bo‘ldi. Bunga javoban general A.A. Brusilov qo‘-
mondonligidagi rus qo‘shini may oyida hujumga o‘tdi. 4-iyul kuni
Avstriya-Vengriya qo‘shinining Galitsiyadagi fronti yorib o‘tildi va
Avstriya-Vengriya qo‘shiniga qattiq zarba berildi. Rus qo‘shinining
hujumi oqibatida Avstriya-Vengriya qo‘shinining 1 milliondan or-
tiq jangchisi halok bo‘ldi. 400 mingdan ortig‘i esa asir olindi. Rus
qo‘shini 60—100 km oldinga siljishga muvaffaq bo‘ldi.
1914-yilning 1-oktabrida Rossiya-Ruminiya
shartnomasi imzolangan edi. Shartnomaga
ko‘ra, Rossiya Ruminiyaning hududiy yax-
litligini kafolatlaydigan bo‘ldi. Shuningdek, Ruminiyaning Avs-
triya-Vengriya imperiyasidagi ruminlar yashaydigan hududlarga
bo‘lgan huquqini tan oldi.
1916-yilning 17-avgust kuni Ruminiya bilan Antanta davlatlari
o‘rtasida shartnoma imzolandi va Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi
urushga kirish majburiyatini oldi. Buning evaziga unga Transil-
vaniya, Bukovina va Banatning katta qismi va’da qilindi. 28-avgust
kuni Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi.
Biroq, harbiy jihatdan mustahkam tayyorgarlik ko‘rmagan
Ruminiya armiyasi tezda tor-mor etildi.
1917-yilda Antanta qurolli kuchlarining son
jihatdan ustunligi 40% ni tashkil etardi.
Hatto, harbiy-iqtisodiy jihatdan qoloq Ros-
siya ham 1917-yilning boshlarida oylik o‘q-dori va harbiy texnika
ishlab chiqarish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Antanta
yilning boshlaridayoq hujumni boshlashni rejalashtirdi. Hal qiluv-
chi zarbani esa yozda berishga qaror qildi.
Ayni paytda, „To‘rtlar ittifoqi“ ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani
yo‘q edi. 1916-yilning 29-avgustida general-feldmarshal fon Gin-
denburg Germaniya qo‘shinining qo‘mondoni etib tayinlandi va
ko‘p o‘tmay Germaniya qo‘shinining 1917-yilgi harakat rejasini
tuzib chiqdi. Reja front chizig‘i hajmini kamaytirish maqsadida
armiyani oldindan mustahkam darajada tayyorlab qo‘yilgan marra-
larga qaytarishni nazarda tutardi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin