vujudga keladigan umumiy harakat reaksiyalari (quloq suprasini dikkaytirish,
tovush kelayotgan tomonga boshni yoki quloq suprasini burish va boshqalar) ana
shu yo’llar ishtirokida yuzaga chiqadi. Turli balandlikdagi, ya'ni tebranish
chastotasi har xil bo’lgan tovushning eshitilishi to’g’risida bir qancha nazariyalar
bor.
1863 yilda G. Gelmgols rezonans nazariyasiga asos soldi. Gelmgolsning bu
nazariyasiga ko’ra, muayyan balandlikdagi tovushlar chiganoqdagi asosiy
membrananing tegishli tolalarini tebrantiradi, ya'ni baland tovushlar kalta tolalarni,
pastroq tovushlar uzunroq tolalarni tebrantiradi. Oqibatda tovushning baland-
pastligiga qarab asosiy membranadagi tegishli tolalarning tebranishlarini Kortiy
organining xuddi shu tolalarga mos keladigan tukli hujayralari sezadi. Binobarin,
bu nazariyaga ko’ra, Kortiy organida turli tonlarni sezadigan tukli hujayralar bor.
1880 yili Rezerford telefon nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra, eshituv
nervidagi potenciallarning tebranish chastotasi quloqqa kirayotgan tovush
chastotasiga mos kelishi tufayli tovush balandligi seziladi (xuddi tovushning
telefondan uzatilishiga uxshash). Har ikkala nazariya ham tovush balandligining
mohiyatini qisman ochib beradi, xolos. Rezerfordning nazariyasi faqat past
balandlikdagi tovushlarning eshitilishi xususiga to’g’ri keladi. Haqiqatan ham, past
tonli tovushlar quloqqa kirganida eshituv nervidagi impulslar chastotasi
eshitilayotgan tovush ta'sirida chiganoqda vujudga keladigan tebranishlarga mos
bo’ladi. Baland tonli tovushlar eshitilayotganida esa chiganoqdagi asosiy
membranada emas, balki suyuqliklar ustida ma'lum uzunlikda tebranish rezonansi
paydo bo’ladi. Tebranish amplitudasining kattaligi tovush balandligiga bog’liq
bo’ladi. Boshqacha aytganda, tovush qancha baland bo’lsa, suyuqlikning
tebranuvchi ustuni shuncha kalta va aksincha, tovush qancha past bo’lsa, shuncha
uzun bo’ladi. Suyuqlikning tebranishi asosiy membranani ham tegishlicha
tebrantiradi. Oqibatda Kortiy organining tegishli qismidagi hujayralar qo’zg’alib,
ta'sirot markaziy asab tizimiga uzatiladi, natijada tovush eshitiladi. Shunday qilib,
baland tonli tovush ta'sir qilganda chiganoqdagi suyuqlik tovush chastotasiga mos
ravishda tebranib, tovush masofada kodga solinadi. Eshituv analizatorida ham
adaptatsiya hodisasi kuzatiladi. Quloqqa jarangdor tovush uzoq vaqt betuxtov ta'sir
qilib turaversa, quloqdagi retseptorlarda adaptatsiya yuzaga kelishi tufayli
sezuvchanligi bir oz pasayadi. Ammo adaptatsiyaning muayyan chegarasi bor.
Quloq adaptatsiyasining tabiati munozarali muammo bo’lib, qolmoqda.
Bola tug’ilishi bilan eshitish analizatorlari ishlay boshlaydi. Eshitish
analizatorlarining funksional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi. 14-15
yoshda eshitish sezgirligi juda susayadi keyin ortib boradi.
Dostları ilə paylaş: