O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix28.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#78059
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Analizatorlar umumiy fiziologiyasi. Ko\'ruv analizatorlari. Eshituv analizatori. Vestibulyar apparat.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI 
 
 
 
YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANIDAN 
 
 
 
MAVZU: Analizatorlar fiziologiyasi va uning yoshga bog’liq 
xususiyatlari: Ko’rish va eshitish analizatorlari. 
 
 
Guruh: 223 
Bajardi: Sadriyeva G. 
Tekshirdi: Kamolova M. 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2016
 
 


MAVZU:
Analizatorlar fiziologiyasi va uning yoshga 
bog’liqxususiyatlari: Ko’rish va eshitish analizatorlari

Kirish 
I. Asosiy qism:
1. Analizatorlarhaqidaumumiyma’lumot. 
2. Ko’rishanalizatorivauningfiziologiyasi. 
3. Eshitishanalizatorivauningfiziologiyasi.
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
KIRISH 
Organizmning tashqi va ichki muhitidan tinmay kelib turadigan ta'sirotlarni 
idrok etib, analiz (tahlil) qiladigan murakkab nerv mexanizmlaridan iborat 
anatomik-fiziologik tizimlariga analizatorlar deyiladi. Analizatorlar markazga 
intiluvchi nerv tolalari orqali markaziy asab tizimi va uning oliy qismi bo’lmish 
bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’i bilan aloqador maxsus sezuvchi 
hujayralar to’plangan sezgi organlarini o’z ichiga oladi. Sezgi organlarga - ko’rish, 
eshitish, muvozanatni saqlash, hid bilish, ta'm bilish, muskul-bug’im yoki harakat, 
teri sezgisi va vitseral sezgi organlari kiradi. Muskul-bug’im, ya'ni harakat va 
vitseral sezgilardan tashqari boshqa barcha sezgi organlarning retseptorlari-
ta'sirotni qabul qiluvchi hujayralarining sezuvchi uchlari organizmning sirtqi-
tashqi tomonida (ko’z, quloq, til, burun, teri yuzasida) joylashgan. Shu sababli bu 
sezgi organlarining retseptorlari eksteroretseptorlar deyiladi va tashqi muhitdan 
kelayotgan ta'sirlarnigina idrok etadi.
Muskul-bug’im (harakat) va vitseral sezgi apparatlarining retseptorlari 
organizmning ichkarisida – muskullar va paylarda, barcha ichki organlarda 
joylashgan bo’ladi va interoretseptorlar deyiladi. Sezgi organlari organizm uchun 
benihoya katta ahamiyatga ega. Ular yordamida organizm uzluksiz o’zgarib 
turadigan tashqi muhit bilan muntazam ravishda aloqa bog’laydi, natijada ob'ektiv 
dunyodagi turli-tuman hodisa va predmetlarni sezadi, ulardan xabardor bo’ladi. 
Shunga ko’ra organizm tashqi muhitga nisbatan doimo muayyan, o’zi uchun 
foydali, eng qo’lay vaziyatni egallab muhit o’zgarishlariga yaxshiroq 
moslashadigan va o’z ichki muhitini ancha barqaror saqlay oladigan, gomeostazni 
ta'minlay oladigan bo’lib qoladi. Tegishli sezgi hissiyotining ro’yobga chiqishi 
uchun tashqi muhitdan yoxud organizmning ichki muhitidan kelayotgan 
ta'sirotlarning u yoki bu sezgi organ retseptorlariga ta'sir qilishining o’zi kifoya 
qilmaydi. Sezgi hissiyotining paydo bo’lishi uchun retseptorlarga ta'sir qilayotgan 
ta'sirot, shu retseptorlar tomonidan qabul qilinishi, hosil bo’lgan qo’zg’alishning 
tegishli markazga intiluvchi nerv tolalari orqali markaziy asab tizimiga va uning 
oliy qismi bo’lmish bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’iga uzatilmogi va 
uning belgili qismlarida analiz va sintez qilmogi lozim. Ta'sirot dastavval 
retseptorlarda, so’ngra esa qo’zg’alish o’tayotgan neyronlarda, qolaversa, markaziy 
asab tizimining tegishli qismlarida, u yoki bu darajada analiz va sintez qilinadi. 
Biroq, oliy darajadagi nozik analiz va sintez faqatgina miya po’stlog’ida yuzaga 
chiqishi mumkin, jumladan, ko’rish sezgisi miya po’stlog’ining ensa sohasida
eshitish sezgisi chakka sohasida, muskul-bug’im sezgisi esa tepa sohasida analiz va 
sintez qilinadi. Demak, har qanday sezgining ro’yobga chiqishi uchun uchta qism, 
uchta element, ya'ni ta'sirotni qabul qiluvchi - retseptor apparat (ko’z, quloq, teri, 
burun va boshqalar), qabul qilingan ta'sirotni markaziy asab tizimiga o’tkazuvchi, 
uzatuvchi apparat - markazga intiluvchi neyronlar tizimi va nihoyat, o’sha 
markaziy qism, ya'ni miya po’stlog’i ishtirok etishi shart. Analizatorning po’stloq 
qismi deyilganda miya po’stlog’i va markaziy asab tizimining boshqa qismlarida 


joylashgan, muayyan ta'sirotlarni analiz va sintez qilishda ishtirok etadigan nerv 
hujayralarining guruhi tushuniladi. Shunday qilib, tegishli sezgi hissiyotining 
(ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, og’riq sezish va boshqalarning) paydo 
bo’lishi uchun belgili sezgi organlaridagi (ko’z, quloq, teri, burun, muskul, paylar 
va boshqalardagi) retseptorlar qabul qilayotgan ta'sirotlarning markaziy asab 
tizimiga, uning oliy qismi - po’stloqqa uzatilishi va u yerda analiz va sintez 
qilinishi shartligini hisobga olib, avval I.M.Sechenov keyinchalik esa I.P.Pavlov 
fandagi "sezgi organlari" degan tushunchalarni "analizatorlar" deb yuritish 
maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidladilar va shu iborani fanga kiritdilar 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin