Rang ko’rish.Tabiatdagi deyarli hamma narsalarning o’ziga xos rangi bor.
Ko’zning o’sha narsalar rangini o’z holicha ko’rishiga, ajrata olishiga rang ko’rish
deyiladi. Rang ko’rish tufayli hayvonlar narsa va buyumlarni yaxshiroq ko’radi.
Bu esa hayvon hayotiga katta ahamiyatga ega. Chunki rang ko’rish natijasida
hayvonlar ozuqalarni taniydi, g’animlarini ajratadi. Rang ko’rish layoqati
hayvonlarning evolyutsion taraqqiyotida paydo bo’lib, rivojlangan va
takomillashgan. Zoologik silsilasining qo’yi bosqichlarida turadigan ko’pchilik
hayvonlar (hasharotlar,
baliqlar, baqalar va boshqalar) ham rang ko’rishga qodir
ekanligi tekshirishlar tufayli isbotlangan. Jumladan, asalarilarning to’rt,
toshbaqalarning uch xil rangni ajrata olishi isbotlangan. Ammo past taraqqiy etgan
hayvonlarda rang ko’rish uncha takomiliga yetmagan. Shu sababli ular rangni
ajratishda tez adashadi. Sut emizuvchilardan rang ko’rish qoramolda, ayniqsa,
otlarda yaxshi rivojlangan, boshqa qishloq xo’jalik hayvonlari ham rangni yaxshi
ajratadi, deb taxmin qilinadi. Otlar mavjud ranglarning hammasini, qoramollar esa
to’rtasini - qizil, yashil, kuk va sariq ranglarni payqay oladi. Rang ko’rish ma'lum
uzunlikdagi elektromagnit to’lqinlar, ya'ni har xil nurlar ko’zga, to’r pardaga
tushganda yuzaga chiqadi. Masalan, ko’zga to’shayotgan elektromagnit to’lqinlari
620-760 mlmk (milli mikron uzunlikda bo’lsa
narsa qizil, 510-550 mlmk
uzunlikda bo’lsa yashil, 480-510 mlmk uzunlikda bo’lganda esa kuk bo’lib
ko’rinadi. Rang ko’rishda to’r pardadagi kolbachalar ishtirok etadi. Rang ko’rishni
tushuntiradigan bir qancha nazariyalar bor. 1791 yili M. V. Lomonosov tomonidan
maydonga qo’yilgan, keyinchalik T. Jung va G.Gelmgoltslar asoslagan uch
komponentli rang ko’rish nazariyasi hozir ham qisman tan olinadi. Bu nazariyaga
ko’ra, to’r pardaga uch xil kolbachalar bor. Shu kolbachalarning har bir xilida
ma'lum uzunlikdagi yorug’lik nurlari ta'sirida parchalanadigan moddalar bor,
jumladan, birinchi xil kolbachalarda qizil rangli, ikkinchi xil kolbachalarda yashil
rangli, uchinchi xilida esa binafsha rangli nurlar ta'sirida parchalanadigan moddalar
bo’ladi. Istalgan rangdagi narsalardan kelayotgan
nurlar birdaniga barcha
kolbachalardagi moddalarga ta'sir ko’rsatadi. Biroq bu vaqtda hamma
kolbachalardagi moddalar bir xilda parchalanmaydi. Shu reaksiyalar tufayli hosil
bo’lgan qo’zg’alish kolbachalardan ko’rish nervi orqali po’stloqqa uzatiladi,
po’stloqda analiz va sintez qilinganidan so’ng belgili rangni ko’rish hissi paydo
bo’ladi. Hozirgi vaqtda zamonaviy asboblar yordamida o’tkazilayotgan
tekshirishlar uch komponentli nazariyaning ozmi-ko’pmi to’g’riligidan
darak
bermoqda. Bu nazariyadan tashqari rang ko’rishni tushuntirishga harakat qilib,
boshqa nazariyalar ham yaratilganki, Bularni R. Granit, E. Gering, G. Xartrij va
boshqalar ishlab chiqqan. Uch komponentli nazariya va hozirgacha ma'lum bo’lgan
boshqa hamma nazariyalar rang ko’rish jarayonining u yoki bu tomonlarini ozmi-
ko’pmi ochib bersa-da, ammo uning mohiyatini to’la tushuntirib bera olmaydi.
Ikki ko’z bilan (binokulyar) ko’rish. Odatda buyum bir vaqtda ikki ko’z bilan
ko’rilganda uning tasviri har ikkala ko’z to’r
pardalarining simmetrik, bir-biriga
mos nuqtalariga tushadi. Shu sababli u bitta bo’lib ko’rinadi. Agarda buyum tasviri
har ikkala ko’z to’r pardasining bir-biriga nosimmetrik nuqtalarida tushganida edi,
bu vaqtda u ikki ko’zga alohida-alohida, ya'ni ikkita bo’lib ko’ringan bulardi.
Binokulyar ko’rish katta ahamiyatga ega. Ikki ko’z bilan ko’rilganda ko’z o’tkirligi
kuchayib, ko’rish maydoni kengayadi. Buyumlar to’la, atroflicha ko’riladi,
ularning shakli, qancha masofada turganligi to’g’risida aniqroq tasavvur hosil
bo’ladi.
Ko’z adaptatsiyasi. Ko’zning turli ravshanlikdagi yorug’likka
moslashish
xususiyatiga adaptatsiya deyiladi. Chunonchi, odam ravshan yorug’ joydan
qorongi joyga kirganida bir oz vaqt davomida dastlab hech narsani ko’ra olmay
turadi, ko’zning ko’rish qobiliyati bir oz vaqtdan so’ng asta-sekin tiklanadi
(qorongulik adaptatsiyasi).
Shuningdek, qorongu joyda uzoq turilgandan keyin
birdan yorug’likka chiqilganda ham dastlabki daqiqalar davomida ko’z qamashadi,
natijada narsalar aniq ko’rilmaydi, ammo bunda ham ko’zning aniq ko’rish
qobiliyati bir oz vaqtdan so’ng tiklanadi (yorug’lik adaptatsiyasi). Adaptatsiyaning
kelib chiqishini tushuntirish fiziologiyadagi munozarali masalalardan biridir.
Yorug’lik adaptatsiyasining zaminida ko’zning to’r pardasidagi fotoretseptorlarida
yorug’likni sezuvchi moddalarning kamayishi va aksincha, qorongulik
adaptatsiyasining zaminida yorug’likni sezuvchi moddalarning o’sha retseptorlarda
ko’payishi yotadi, deb hisoblanadi. Ammo keyingi paytlarda bu fikr ma'lum
e'tirozlarni tugdirmoqda. Hozir ko’zning adaptatsiyasi retseptorlarda kechadigan
jarayonlar bilan bir vaqtda markaziy asab tizimiga ham bog’liq deb hisoblanadi.
Adaptatsiya paydo bo’lishiga shartli reflekslar hosil
qilinganligi bu jarayonda
po’stloq ham ishtirok etishidan darak beradi. Rang-tuslarga nisbatan ham
adaptatsiya paydo bo’ladi. Rangli nurlarga javoban kelib chiqadigan adaptatsiyaga
rang adaptatsiyasi deyiladi. Ko’zning rang adaptatsiyasi uning rangli nurlarga
o’rganib qolib, keyin bu nurlarni yaxshi sezmaydigan holda tushishi bilan
ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: