O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix28.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#78059
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Analizatorlar umumiy fiziologiyasi. Ko\'ruv analizatorlari. Eshituv analizatori. Vestibulyar apparat.

Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv yo’lidan iborat. Quloq suprasi 
togayli organ bo’lib, turli hayvonlarda o’ziga xos shaklga kirgan va tovush 
to’lqinlarini qabul qilishga moslashgan. Uni bir qancha muskullari bor, shu 
sababdan quloq suprasi juda harakatchan organdir. Qushlarning quloq suprasi yo’q, 
shunga qaramasdan qushlar tovushni juda yaxshi eshitadi. Quloq suprasidan tashqi 
eshituv yo’li boshlanadi. Tashqi eshituv yo’li nay shaklda bo’lib, devori nozik 
tukchalar bilan qoplangan. 


5-rasm. O’rta va ichki quloqning tuzilishi. Eshituv suyaklarning tasviri.
1-quloq suprasi; 2-tashqi eshituv yo’li; 3-o’rta quloq; 4-eshituv suyakchalari; 5-
ichki quloq; 6-ichki quloqning alohida tasviri; 7-bolg’acha; 8-sandon; 9-uzangi. 
O’rta quloq- nog’ora bo’shlig’i, eshituv suyakchalari va Evstaxiy 
naychasidan tashkil topgan. O’rta quloqning nog’ora bo’shlig’i tashqi quloqdan 
nog’ora parda bilan ajralgan bo’ladi. Bolg’acha, sandon, yasniqsimon va uzangi 
degan eshituv suyakchalari o’rta quloqning eng muhim qismi hisoblanadi. 
Bolg’acha dastasi bilan nog’ora pardaga suqo’lib kirgan, bolg’achaning ikkinchi 
tomoni yasniqsimon suyakchaga, u esa sandonga tutashgandir. Sandon uzangi 
bilan birlashgan. Uzangi oval darchaga taqalib turadi.O’rta quloq Evstaxiy nayi 
orqali halqum bilan tutashgan. Shuning uchun u yerdagi bosim tashqi muhit bosimi 
bilan doimo baravarlashib turadi.
Ichki quloq (labirint) – chakka suyagining ichida (piramidasida) 
joylashgan.Ichki quloq oval darcha orqali o’rta quloq bilan tutashadi. Oval 
darchani nozik parda qoplab turadi. O’rta quloqning uzangi suyakchasi shu 
pardaga kelib tutashadi. Ichki quloq labirint deb ataladigan suyak tuzilmadan 
tashkil topgan. Suyak labirintning ichida shaklan unga uxshaydigan parda labirint 
bor. Labirint dahliz, yarim doira kanallar va chiganoqdan iborat. Chiganoq turli 
hayvonlarda buralib, 2,5 dan to 4 tagacha uram hosil qiladi. Chiganoq kanali 
maxsus pardalar yordamida ikki qismga ; dahliz narvonchasi (yuqori kanal) qismi 
va nog’ora narvonchasi (pastki kanal) qismi. Nog’ora narvonchasi qismi yumaloq 
darcha bilan tugaydi. Chiganoqning yuqori kanali bilan pastki kanali perilimfa 
bilan to’la turadi. Yuqori kanal bilan pastki kanal o’rtasida (parda labirintda) o’rta 
kanal - parda kanal bor. O’rta kanal bo’shlig’i boshqa kanal bilan tutashmaydi va 
endo limfa bilan to’la bo’ladi. Endolimfa perilimfaga qaraganda kaliy ionlarini 
taxminan 30 baravar ko’p, natriy ionlarini esa, 20 baravar kam saqlaydi. Shu 
sababli u perilimfaga nisbatan musbat elektr zaryadli bo’ladi. Chiganoqning o’rta 
kanali ichida Kortiy organi joylashgan. U organdan eshitish nervi boshlanadi
tovush ana shu organ orqali seziladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin