O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix28.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#78059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Analizatorlar umumiy fiziologiyasi. Ko\'ruv analizatorlari. Eshituv analizatori. Vestibulyar apparat.

Ko’rish fiziologiyasi 
Ko’zga tushgan yorug’lik nurlari shox parda, qorachiq, ko’z gavhari va 
shishasimon tanadan o’tib, to’r pardaga keladi. Yorug’lik nurlari shox pardadan to 
to’r pardaga yetguncha bir necha marta sinadi. Chunki, shox parda, ko’z gavhari, 
shishasimon tana turlicha tuzilgan bo’lib, turlicha nur singdirish qobiliyatiga ega. 
Nurlarning sinib o’tishi tufayli tashqi buyumdan ko’zga keladigan nurlar, to’r 
pardada shu buyumlarning haqiqiy, ammo kichraygan teskari tasvirini beradi. 
Boshqacha aytganda, har bir narsaning tasviri ko’zga tushganda to’r pardaga 
teskari va kichik bo’lib tushadi. Buyumlarning tasviri ko’zga teskari bo’lib tushsa 
ham, biz ularni to’g’ri ko’ramiz. Chunki, ob'ektiv reallikni biz odatda faqatgina 
ko’zimiz yordamida aniqlaymiz.
Istalgan har bir narsa bir vaqtning o’zida bir nechta analizatorlar yordamida 
aniqlanadi. Shuning natijasida u qanday holda mavjud bo’lsa, shunday holda idrok 
qilinadi. Ko’rish uchun ko’zga tushgan nurning to’r pardaga yetib borishining 
o’zigina kifoya emas. Buning uchun nur ta'siroti to’r pardadan markaziy asab 
tizimi va uning oliy qismi - bosh miya yarim sharlarining po’stlog’iga uzatilishi 
kerak. 
Darhaqiqat, ko’zga, ya'ni to’r pardaga tushgan yorug’lik nurlari u yerdagi 
yorug’lik sezuvchi hujayralar - (fotoretseptorlar) - tayoqcha va kolbachalarga ta'sir 
etib, tayoqcha va kolbachalarning tashqi bug’imlaridagi pigmentlarda murakkab 


kimyoviy o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, oqibatda bu hujayralar qo’zg’aladi. 
Odam va ko’pchilik hayvonlar ko’zining tayoqchasimon hujayralarida ko’ruv 
purpuri - rodopsin bor. Qushlarning kolbacha hujayralarida yodopsin pigmenti 
topilgan. Kolbachalarda yorug’likni sezadigan yana boshqa pigmentlar (xlorlab va 
eritrolab) ham bo’ladi, degan ma'lumotlar bor. Yorug’likni sezadigan 
pigmentlarning ichida rodopsin asosiy o’rinni egallaydi. Rodopsin vitamin A 
aldegidi - retinendan va opsin oqsilidan tashkil topgan birikmadir. Bu modda 
yorug’lik ta'sirida bir qator murakkab o’zgarishlarga uchraydi. Jumladan, retinen 
yorug’likni yo’tib, o’zining geometrik izomeriga aylanadi, oqibatda uning yon 
zanjiri to’g’rilanib, retinen bilan opson aloqasi o’ziladi. Pirovardida retinendan 
vitamin A hosil bo’ladi. Bu vitamin tayoqchalardan to’r pardaning tashqi pigmentli 
qavatiga o’tadi. Qorongulikda esa, rodopsin qayta sintezlanib, tiklanadi. 
Avitaminoz A da rodopsinning sintezlanishi bo’ziladi. Oqibatda bunday hayvonlar 
kunduz odatdagidek ko’rib, gira-shira (xira) yorug’likda ko’ra olmay qoladi, ya'ni 
shapko’rlik kelib chiqadi (qo’yiga qarang). Rodopsin va fotoretseptorlardagi 
boshqa pigmentlarning yorug’lik yo’tishi hamda parchalanishi ularga ta'sir 
etadigan yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liq. Jumladan, rodopsin to’lqin 
uzunligi 500 mmk ga boradigan nurlarni ancha yo’tsa, yodopsin 560 mmk ga yaqin 
bo’lgan yorug’lik nurlarini yaxshi yo’tadi. Xullas, to’r pardaga tushgan yorug’lik 
nurlari u yerdagi tayoqcha va kolbacha hujayralarini bir qator fotokimyoviy 
reaksiyalar oqibatida qo’zg’atadi. To’r pardaning tayoqcha va kolbachalar 
joylashgan qavatidan ichkari tomonida va bevosita shu qavatning yonida bipolyar 
neyronlar qavati, uning ichkarisida esa ganglioz hujayralar qavati joylashgan. 
Bundan ko’rinadiki, shishasimon tanadan o’tayotgan yorug’lik nurlari to’r 
pardaning tayoqcha va kolbachalari joylashgan qavatiga tushmasdan oldin uning 
ganglioz va bipolyar nerv hujayralari joylashgan qavatidan o’tadi. Ganglioz 
hujayralarning aksonlari ko’ruv nervi tolalarini hosil qiladi. Shunday qilib
yorug’lik ta'sirida kolbacha va tayoqchalarda vujudga kelgan qo’zg’alish bipolyar 
va ganglioz nerv hujayralari orqali ko’ruv nervining tolalariga o’tkaziladi va 
markaziy asab tizimiga uzatiladi. Qo’zg’alishning tayoqcha va kolbachalardan 
bipolyar hujayralarga qanday qilib o’tkazilishi hozircha aniqlangan emas. 
Qo’zg’alish ko’ruv nervining markazga intiluvchi tolalari orqali miya tirsaksimon 
tanasining tashqi qismiga boradi. U yerdan ikkinchi neyron orqali bosh miya yarim 
sharlarining po’stlog’iga uzatiladi. Ta'sirot po’stloqda tegishlicha analiz va sintez 
qilinadi, javob reaksiyasi hosil bo’lib, ko’zga boradi. Oqibatda ko’ruv sezgisi kelib 
chiqadi, ya'ni ko’zga nur yo’naltirgan narsa ongda aks etadi. Ko’ruv nervining 
markazga yo’naluvchi tolasi tirsaksimon tanaga yetmasdan to’rt tepalikning 
oldingi ikki do’mboqchasiga, tarmoq beradi. To’rt tepalik oldingi ikki 
do’mboqchasining yadrolaridan ko’z soqqasiga, qorachiq muskullariga
kipriksimon muskullarga efferent nerv tolalar keladi.Shu sababli yorug’likka 
javoban yuzaga keladigan umumiy reaksiya (yorug’likka tomon boshni burish va 
boshqalar) to’rt tepalikning oldingi ikki do’mboqchasiga bog’liq. To’r pardadagi 
tayoqcha va kolbachalar yorug’likni bir xilda sezmasligini aytib o’tish kerak. 
Jumladan, tayoqchalar yorug’likni kolbachalarga nisbatan bir necha marta yaxshi 
sezadi. Shu sababli ular, qosh qorayganda, g’ira-shira yorug’likda qo’zg’aladi, 


kechqurun va tunda ko’rishda ishtirok etadi. Kolbachalar ravshan yorug’likda 
qo’zg’alib, kundo’zi va rang ko’rishda ishtirok etadi. Shu sababli tayoqchalar 
faoliyati bo’zilganda (avitaminoz A va boshqalarda) shapko’rlik kelib chiqadi. 
Bunday odam va hayvonlar xira yorug’likda ko’rolmay qolib, kundo’zi bemalol 
ko’raveradi. Kolbachalar zararlanganda ravshan yorug’likka qarab bo’lmaydi, 
ammo bunday odam va hayvon kechalari odatdagidek ko’raveradi. Kolbachalar 
faoliyati bo’zilganda rangni ko’rish ham bo’zilib, hayvon ranglarni ajratolmay 
qoladi, rangni ko’rmaslik deb shuni aytiladi. Tayoqchalarning gira-shira 
yorug’likda, kolbachalarning ravshan yorug’likda qo’zg’alishini bir qancha dalillar 
tasdiqlaydi. Demak, asosan tunda aktiv bo’ladigan hayvonlar (boyqush, 
ko’rshapalaklar) to’r pardasida tayoqchalar ko’proq, kundo’zi aktiv hayvonlar 
(kaptar, tovuq va boshqalar) to’r pardasida esa, kolbachalar ko’proq bo’ladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin