O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix28.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#78059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Analizatorlar umumiy fiziologiyasi. Ko\'ruv analizatorlari. Eshituv analizatori. Vestibulyar apparat.

Iz qoldirish.Analizatorda paydo bo’lgan qo’zg’alish uni keltirib chiqargan 
ta'sirot to’xtashi bilanoq, so’nib qolmaydi. Qo’zg’alish bir oz vaqt davomida asta-
sekin sunib boradi, o’zidan keyin bir muncha vaqt uchmay turadigan iz qoldiradi. 
Shu sababli bo’linib-bo’linib ta'sir etadigan (yorug’lik kvantlari, tovush to’lqinlari 
va boshqalar) ma'lum ritmdagi ta'sirotlar uzluksiz sezgini keltirib chiqaradi (buyum 
va hodisalarni uzluksiz ko’ramiz, tovushni u tugaguncha uzluksiz eshitamiz va 
boshqalar). Analizatorning bu xususiyati retseptor apparatining o’ziga xos tabiati 
tufayli kelib chiqadi. Gap shundaki, nerv tolasiga bir marta ta'sirot bersak, u bu 
ta'sirotning qancha davom etishidan qat'iy nazar bir qo’zg’alish to’lqinini hosil 
qiladi, xolos. Retseptorlarga bir marta ta'sirot berilganda esa, ular xuddi nerv 
markazlari singari bu ta'sirotga bir qator impulslarni, qo’zg’alish to’lqinlarini 
ketma-ket hosil qilish bilan javob beradi. Ta'sirot qancha uzoq davom etib tursa, 


yangi-yangi qo’zg’alish to’lqinlari shuncha ko’p hosil bo’laveradi. Bu esa, hosil 
bo’ladigan sezgilarning uzviyligini ta'minlaydi. 
 
Ko’rish analizatori
 
Ko’rish uchun tashqi muhitdan kelayotgan yorug’lik to’lqinlari ko’z orqali 
o’tib, markaziy asab tizimiga uzatilishi lozim. Binobarin, ko’z ko’rish 
analizatorining eng muhim qismi, retseptor apparatidir.Odam va hayvonlarning 
yorug’lik ta'sirotlarini sezish qobiliyati evolyutsiya jarayonida paydo bo’lib, 
rivojlanib borgan. Umuman, hayvonot olamining qariyib hamma vakillari u yoki 
bu darajada yorug’likni sezish xususiyatiga egadir. Past taraqqiy etgan tuban 
hayvonlarning ko’pchilik vakillari yorug’likni butun tanasining yuzasi bilan sezadi. 
Bular tanasining yuzasida yorug’likni sezadigan pigmentli maxsus hujayralar 
tarqalgan bo’ladi. Eng sodda ko’zsimon tuzilma dastlab, xivchinlilarda, birmuncha 
murakkab ko’z esa, bug’im oyoqlilarda paydo bo’lgan. Sut emizuvchi 
hayvonlarning ko’rish analizatori, jumladan ko’zi misli ko’rilmagan darajada 
yaxshi taraqqiy etgan va yorug’likni qabul qiladigan, sezadigan eng mukammal 
organga aylangan. Ko’rish organizm uchun benihoya katta ahamiyatga ega. 
Ko’rish tufayliodam va hayvonlar hayvonlar moddiy dunyodagi narsalar, ularning 
shakllari, ranglari, holatlari, o’zaro olgan o’rinlari, munosabatlari to’g’risida 
tasavvur hosil qiladi, natijada organizm ularga nisbatan eng qo’lay vaziyatni 
egallaydi, muhitga moslashadi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin