O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix28.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#78059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Analizatorlar umumiy fiziologiyasi. Ko\'ruv analizatorlari. Eshituv analizatori. Vestibulyar apparat.

Adaptatsiya-ta'sirot ta'sir qilib turgan paytda analizatorlar turli zvenolari 
(retseptor, o’tkazuvchi, va po’stloq qismlari) qo’zg’aluvchanlik darajasining 
o’zgarishi, analizatorning shu ta'sirotga moslasha borishidir. Boshqacha aytganda, 
adaptatsiya ta'siri uzoq davom etadigan ta'sirotga nisbatan sezgirlikning kamayishi 
yoki kuchayishi bilan ifodalanadi. Masalan, odam birdan qorongi joyga kirganda, 
avval hech narsani ko’rmaydi, bir ozdan keyin narsalarni gira-shira ko’ra 
boshlaydi. Ko’rish analizatorining qo’zg’aluvchanligi qorongulikda oshib, ravshan 
yorug’likda pasayadi. Turli analizatorlarning adaptatsiya qobiliyati turlichadir. 
Taktil analizatori ancha tez, harakat (proprio) analizatori undan sustroq, visceral 
(ichki) analizator undan ham sustroq adaptatsiyalanadi. Adaptatsiya tufayli 
analizatorlar belgili ta'sirotlarga o’rganib, ularga moslashib qoladi. Masalan, 
minishga o’rgatilayotgan ot dastavval egarlanganda, egarlashga ancha qarshilik 
ko’rsatadi. Ammo, bora-bora teridagi retseptorlar va umuman taktil analizator 
egar-afzal ta'siriga o’rganib, adaptatsiyalanib qoladi. Natijada ot keyinchalik 
egarlashga qarshilik qilmay qo’yadi, kunikadi. 
Sensibilizatsiya. Ta'sirot ta'sirida analizator qo’zg’aluvchanligining oshishiga 
sensibilizatsiya deyiladi. Odatda qo’zg’alish endi boshlanib kelayotgan davrda 
qo’zg’aluvchanlik oshib, pirovardiga kelganda pasayadi. 
Kontrastlik (akslik) hodisasi. Biror ta'sirning yolg’iz o’zi uzoq ta'sir etganida 
yoxud unga tabiatan qarama-qarshi bo’lgan ta'sirot ham qushilib, ta'sir etganda 
analizator qo’zg’aluvchanligining oshishiga kontrastlik, ya'ni akslik hodisasi 
deyiladi. Masalan, sovuqdan so’ng, issiq ta'sir yaxshi seziladi, qoradan so’ng, oq 
rang ravshanroq ko’rinadi. Analizatorlardagi akslik hodisasi po’stloqdagi 
induksiyalar tufayli yuzaga chiqadi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin