O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix28.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#78059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Analizatorlar umumiy fiziologiyasi. Ko\'ruv analizatorlari. Eshituv analizatori. Vestibulyar apparat.

Ko’z akkomodatsiyasi.Narsalarni aniq va ravshan ko’rish uchun ulardan 
keladigan nurlar to’r pardada, odatda uning markaziy chuqurchasi atrofida fokusga 
yigilishi kerak. Turli masofada joylashgan narsalarni aniq ko’rish, ulardan 
keladigan nurlarni to’r pardaning nuqo’l markaziy chuqurchasi atrofida fokusga 
yigish uchun narsalarning qancha masofada joylashganligiga qarab ko’zning nur 
sindirish qobiliyati o’zgarib turadi. Ko’zning turli masofada joylashgan narsalarni 
aniq ko’rishga shu tariqa moslana olishiga akkomodatsiya deyiladi. Ko’z 
akkomodatsiya xususiyatiga ega bo’lmaganda edi, turli masofada turgan narsalar 
to’r pardaning markaziy chuqurchasida fokusga yigilmay, undan oldinroqda yoki 
keyinroqda fokusga yigilgan bulardi. Oqibatda ko’z ba'zi narsalarni ravshanroq, 
boshqalarini esa juda xira ko’radigan, ko’z anomaliyalari kelib chiqqan bulardi. 
Akkomodatsiya ko’z gavhari yordamida yuzaga chiqadi. Jumladan, sovuq qonli 
hayvonlarda akkomodatsiya ko’z gavharining oldinga yoxud orqaga surilishi va 
shu tariqa uning nur sindirish qobiliyatining o’zgarishi tufayli ro’yobga chiqadi. 
Masalan, baliqlarning ko’z gavhari odatda oldinroqda joylashgan bo’lib, ko’zi 
narsalarni yaqindan ko’rishga moslashgan, uzoqdagi narsalarni ko’rish uchun ko’z 
gavhari birmuncha orqaga suriladi. Baqalarda esa buning aksi kuzatiladi, ya'ni 
ularning ko’z gavhari orqaroqda joylashgan bo’lib, ko’zi odatda uzoqdagi 
narsalarni ko’rishga moslashgan bo’ladi, yaqindagi narsalarni ko’rish uchun esa, 
baqa ko’z gavharini bir oz oldinga siljitadi.
Odam va barcha issiq qonli hayvonlar ko’z gavharining nur sindirish 
qobiliyati uning oldinga yoki orqaga surilishi tufayli emas, balki egriligining 
o’zgarishi hisobiga yuzaga chiqadi. Jumladan, bu jonzotlada gavharni urab turgan 
kapsuladan boshlanib, kipriksimon tanaga tutashgan Sinn boylamining tolalari 
odatda tarang turadi. Shu tufayli kapsula qisilib yassilashgan, oqibatda esa uning 
ichidagi gavhar ham birmuncha yassilashgan holda bo’ladi. Ko’z gavhari shu 
vaziyatda bo’lganida olisdagi buyumlar ravshan ko’rinadi. Yaqindagi buyumlarga 
qaralganda to’r pardaga noaniq tasvir tushadi. Bu hol kipriksimon tanadagi 
muskulning reflektor ravishda qisqarib, gavhar kapsulasi oldingi devorining 
oldinga tortilishiga sabab bo’ladi. Natijada ko’z gavhari o’zining elastikligi tufayli 
birmuncha qavariq bo’lib qoladi. Shu holatda gavharning nur sindirish qobiliyati 
bir oz oshadi va yaqindagi buyum tasvirining ravshan bo’lib turishiga imkon 


tugiladi. Keksayganda gavharning elastikligi pasayadi, shu sababli qarri odam va 
hayvonlar faqat uzoqdagi narsalarni aniq ko’radigan bo’lib qoladi. 
Ko’z anomaliyalari.Ko’z soqqasining tuzilishidagi ba'zi nuqsonlar ko’zda 
quyidagi anomaliyalar, ya'ni kamchiliklar bo’lishiga olib kelishi mumkin. Ko’z 
soqqasining bo’ylama o’qi haddan tashqari uzun bo’lsa, yoxud gavhar o’ta qavariq 
bo’lib, ko’zning nur sindirish qobiliyati kuchaygan bo’lsa, bu vaqtda buyumlardan 
ko’zga keladigan nurlar to’r pardada fokusga to’planmay, undan oldinroqda, 
shishasimon tanada to’planadi. Bunday ko’z yaqindan ko’radigan bo’ladi. Agarda 
ko’z soqqasining bo’ylama o’qi haddan tashqari kalta, yoxud ko’z gavhari o’ta 
yassilashgan bo’lib, nur sindirish qobiliyati pasaygan bo’lsa, bu vaqtda 
buyumlardan keladigan nurlar to’r pardaning orqasida fokusga to’planadi. Bunday 
ko’z uzoqdagi narsalarni aniqroq ko’radigan bo’ladi. Ikkala holda ham 
buyumlarning tasviri nur pardaga xira, noaniq bo’lib tushadi. Bu nonormal 
holatlar, anomaliyalar onda-sonda otlarda uchraydi, boshqa qishloq xo’jalik 
hayvonlarida uchramaydi desa ham bo’ladi. Bu anomaliyalardan tashqari 
astigmatizm, sferik abberatsiya, xromatik abberatsiya degan nuqsonlar ham 
uchrashi mumkin va hokazo. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin