bo’lganida edi, uning tiniqligi bo’zilib, ko’rishga halaqit berar, oqibatda ko’z xira
tortib qolgan bulardi.
1-rasm. Odamko’ziningtuzilishi.
1-ko’ruvasabi; 2-ko’ruvasabiningso’rg’ichi; 3-ko’zolmasiningtomirlipardasi; 4-sklera
(fibrozqavatningorqaqismi) 5-to’rparda; 6-optiko’qi; 7-kipriklio’simtalar; 8-kipriklitana; 9-
ko’zolmasiningkamerasi (bo’limi) 10-ko’zolmasiningoldingikamerasi (bo’limi); 11-gavhar; 12-
randorparda; 13-shoxparda; 14-kon’yuktiva; 15-kipriklitanamushaki; 16-sinovalboylami; 17-
ko’risho’qi; 18-shishasimontana; 19-markaziychuqurcha; 20-sariqdog’.
2-rasm. Ko’ruv analizatorining markazlari.
1-to’r parda; 2-ko’ruv asabi; 3-bosh miya yarim sharlar po’stlog’ining ko’ruv mintaqasi; 4-to’r
pardada obyektlarning teskari tasviri.
Ko’zning tuzilishi. Ko’zning ichki uchinchi pardasi – to’r
parda hamma
pardalaridan ham muhimroq bo’lib, ko’zning butun ichki tomonini qoplagandir.
Uning asosini tayanch hujayralar tashkil qiladi, bu hujayralar behad ko’p sinaps
boglari hosil qilib, o’zaro tutashgan va ko’z soqqasining bu pardasiga guyo to’rni
eslatadigan
tuzilish bergan, uning to’r parda deb atalishiga ham sabab shu. To’r
parda bir necha qavatlarga bo’linadi. Tashqi qavatida qora rangli fussin pigmenti
bor epiteliy hujayralaridan tashkil topgan. Fussin nurlarni yutib, narsalarni aniqroq
ko’rishga yordam beradi. To’r pardaning navbatdagi qavatida yorug’likni sezuvchi
hujayralar (fotoretseptorlar) - tayoqchalar va kolbachalar joylashgan. Bu pardaning
ko’rish jarayonida muhim o’rin egallashi ham unda ana shu hujayralarning
borligiga bog’liq. Fotoretseptorlar (shaklan tayoqcha va kolbachaga o’xshash
hujayralar) o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, ichki va tashqi bug’inchalardan tashkil
topgan. Tashqi bug’inchalarida yorug’likni sezadigan pigment bo’ladi.
Tayoqchalarning har qaysi bug’inchasi maxsus diskalardan - plastinkalardan
tuzilgan. Alohida olingan har bir plastinka uch qatlamdan: ikkita lipid qatlami va
ularning oraligidan joy olgan bitta oqsil qatlamidan iborat. Oqsil qatlamida ko’rish
purpuri - rodopsin pigmentining tarkibiga kiradigan retinen moddasi mavjud.
Fotoretseptorlarning ichki bug’inchalari tashqi bug’inchalariga qaraganda kaltaroq
bo’ladi. Ichki bug’inchalarida yadro va mitoxondriyalar bor, yorug’likni sezuvchi
hujayralarda kechadigan energetik jarayonlar shularda yuzaga chiqadi. To’r
pardadan ko’ruv nervi boshlanadi. To’r pardada fotoretseptorlar borligi va ko’ruv
nervining shu
pardadan boshlanishi, to’r parda bilan ko’ruv nervining irsiy jihatdan
birligidan dalolat beradi. Ko’ruv nervi to’r pardadan chiqqanidan so’ng, miyaga
qarab yo’l olar ekan, o’zaro kesishadi. Oqibatda o’ng ko’zdan chiqqan ko’ruv nervi
chap yarim sharga, chap ko’zdan chiqqan ko’ruv
nervi esa, o’ng yarim sharga
boradi (61-rasm). To’r pardadan ko’ruv nervi chiqadigan joyda fotoretseptorlar
yo’q. Shu sababli bu yer ko’r nuqta - ko’r dog deyiladi. To’r
parda markaziy
maydonining o’rtasida markaziy chuqurcha bor, u yerda faqat kolbacha hujayralar
joylashgan bo’lib, ularning soni 34000 gacha yetadi. Markaziy chuqurchaning
atrofida sariq zona bor, sariq dog’ deb shunga aytiladi. Sariq dog’ ko’zning eng
yaxshi ko’radigan joyidir.
Dostları ilə paylaş: