O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan


Analizatorlarning umumiy xususiyatlari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix28.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#78059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Analizatorlar umumiy fiziologiyasi. Ko\'ruv analizatorlari. Eshituv analizatori. Vestibulyar apparat.

 
Analizatorlarning umumiy xususiyatlari 
Har qaysi analizator faqat o’ziga xos bo’lgan bir qancha xususiyatlarga ega 
bo’lishi bilan birga, barcha analizatorlar uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar ham 
bor. Bular quyidagilardir:
Sezuvchanlik. Sezuvchanlik hamma analizatorlar uchun xos, ammo har xil 
turga mansub hayvonlardagi bir xil analizatorlar va bir turga mansub 
hayvonlardagi har xil analizatorlarning sezuvchanligi bir xil emas. Masalan, odam 
tovush tebranishlarining soni sekundiga 20 dan 20000 gacha bo’lganda, eshitgani 
holda, itlar esa tebranishlar soni sekundiga 40000 ga yetganida ham bemalol 
eshitaveradi. Alohida olingan har bir analizator retseptorlarining adekvat 
ta'sirotlarga javoban qo’zg’alish qobiliyati juda baland bo’ladi, deb yuqorida aytib 
o’tilgan edi. Masalan, ko’zdagi fotoretseptorlar bo’lmish tayoqcha va kolbachalar 
yorug’likning bir necha kvantlari ta'sirida bemalol qo’zg’ala oladi. Shu sababli 
odam qorongu joyda nihoyatda zaif yorug’likni ham tez sezadi. Shuningdek 
quloqdagi Kortiy organining hujayralari tovush tebranishlarining 1:10
-9
sek erg/m
2
sek ga teng energiyasi ta'sirida qo’zg’aladi. Analizator retseptorlarining 
qo’zg’alishi uchun kifoya qiladigan ta'sir energiyasining eng kam miqdoriga sezgi 
pog’onasi deyiladi. Sezgi pog’onasining adekvat ta'sirotlar uchun juda pastligi 
yuqoridagilardan ayon. Ammo noadekvat ta'sirotlar uchun sezgi pog’onasi juda 
baland bo’ladi. Chunki noadekvat ta'sirotdan sezgi paydo bo’lishi uchun, u adekvat 
ta'sirotga qaraganda bir necha milliard baravar ortiq kuch bilan retseptorlarga ta'sir 
etmog’i lozim. Ikki ta'sirni farq qilish uchun, ular jadaligi va sifati jihatidan bir-
biridan ma'lum darajada farq qiladigan bo’lishi kerak. Veber 1834 yildagi 
tajribalarida qo’l terisining bosim sezgisini tekshirib, ta'sirot kuchi avvalgisidan 
ma'lum darajada ortiq bo’lsagina sezgining o’zgarishini ko’rsatib berdi. Masalan, 
odam muayyan og’irlikdagi yukni, aytaylik 100 g. yukni qo’lda ko’tarib turgan 
bo’lsa, shu yukdan paydo bo’lgan ishning kuchayishi uchun unga muayyan 
miqdorda, ya'ni kamida 3g. qo’shimcha yuk qo’shib ko’tarishi kerak. Ikkinchi 
marta qo’lga olingan yuk 103 g. bo’lmay, 101 yoki 102 g. bo’lsa, buni odam 
birinchi marta qo’lga olgan yukdan, ya'ni 100 g. dan farq qilolmaydi. Umuman, 
terida bosim sezgisini, ya'ni vaznni payqaydigan sezgini minimal darajada 
o’zgartirish va shu tariqa ko’tarilayotgan yuklar og’irligidagi minimal tafovutlarni 
ajratish uchun navbatda ko’tariladigan har bir yukka shundan oldin ko’tarilgan yuk 
vaznining 1/20-1/30 qismini qo’shib ko’tarish kerak bo’ladi. Veberning bu 
qonunini G. Fexner tekshirib, uni ancha oydinlashtirdi va bir oz boshqacharoq 


ifodaladi. U tajribalarida olgan ma'lumotlarni matematik tahlil qilib, sezgi ta'sirot 
kuchining logarifmiga proporcional ravishda oshib boradi, degan fikrga keldi. 
Shundan so’ng, bu qonun Veber-Fexner qonuni deb yuritiladigan bo’ldi. Veber-
Fexner qonuni faqat o’rtacha ko’rsatkichlar uchungina to’g’ri. 
Irradiatsiya-markaziy asab tizimida qo’zg’alishning kelib chiqqan zonasidan 
po’stloqdagi boshqa hujayralarga tarqalishi, yoyilishidir. Irradiatsiya ayniqsa, 
ko’rish analizatorining po’stloq zonasida yaxshi kuzatiladi, chunonchi, qora 
joydagi oq qism irradiatsiya tufayli aslidagidan ko’ra kattaroq bo’lib ko’rinadi. 
Irradiatsiya ta'sirot kuchining nechogligiga bog’liq. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin