Eshitish analizatori
Tovushni odam va hayvonlar quloqlari yordamida qabul qiladi. Binobarin,
quloq eshitish analizatorining retseptor apparati bo’lib, hisoblanadi.
Tovush
to’lqinlari quloq uchun adekvat ta'sirlovchidir. Quloq eshitish organi bo’lishi bilan
bir vaqtda unda tana muvozanatini saqlovchi apparat – vestibulyar apparat ham
joylashgan.
Quloqning tuzilishi. Quloq uch qismdan tashkil topgan: tashqi quloq –
tovushni qabul qiluvchi apparat, o’rta quloq – tovushni o’tkazuvchi apparat, ichki
quloq – tovushni qabul qilib, eshitish ta'siriga aylantiruvchi apparat.
4-rasm. Odam qulog’ining tuzilish chizmasi.
1-quloq suprasi; 2-tashqi eshituv yo’li; 3-quloqning nog’ora pardasi; 4-eshituv
suyaklari; 5-ichki quloq.
Dostları ilə paylaş: