O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix28.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#78059
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Analizatorlar umumiy fiziologiyasi. Ko\'ruv analizatorlari. Eshituv analizatori. Vestibulyar apparat.

 
 
 


Eshitish fiziologiyasi 
Quloq suprasi orqali qabul qilinayotgan tovush to’lqinlari tashqi eshituv yo’li 
orqali nog’ora pardaga beriladi. Shunda nog’ora parda tovush to’lqinlariga mos 
ravishda tebrana boshlaydi. 
Nog’ora pardaning tebranishlari bolg’acha, yasniqsimon suyakcha va sandon 
orqali uzangiga uzatiladi. Bolg’acha, yasniqsimon suyakcha va sandon nog’ora 
parda tebranishlarining amplitudasini kamaytirib, ammo kuchini oshirib uzangiga 
o’tkazadi. Shu bilan birga, nog’ora parda yuzasidan uzangining oval darchadagi 
membranaga taqalgan yuzasi ancha kichik. Shu sababli nog’ora parda tebranishlari 
suyakchalar orqali o’tib, oval darchadagi membranaga bir necha marta ortiq kuch 
bilan ta'sir qiladi. Oqibatda nog’ora pardaga kelgan tovushning kuchsiz to’lqinlari 
oval darcha membranasining qarshiligini yengib, chiganoqning yuqori va pastki 
kanallari, ya'ni dahliz narvonchasi bilan nog’ora narvonchasidagi perilimfani 
tebrantiradi. 
Perilimfaning 
tebranishi 
endolimfaning 
tebranishiga 
ham 
sabab 
bo’ladi.Perilimfa va endolimfaning tebranishlari yuqori kanalni pastki kanaldan 
ajratib turadigan asosiy membrananing tebranishi bilan birga davom etadi. Asosiy 
membrananing tebranishlarini Kortiy organning tukli retseptor hujayralari sezadi. 
Ana shu hujayralarda tovush tebranishlari nerv impulslariga aylantiriladi. Nerv 
impulsi eshituv nervi orqali markaziy asab tizimi va uning oliy qismi - bosh miya 
yarim sharlarining po’stlog’iga uzatiladi
.
Nervimpulsi po’stloqda tegishlicha analiz va sintez qilinganidan so’ng eshituv hissi 
paydo bo’ladi – tovush eshitiladi. Eshituv analizatorining po’stloq qismi bosh 
miya katta yarim sharlari po’stlog’ining chakka qismida joylashgan. Po’stloqning 
har ikkala chakka qismi shikastlansa, organizm tovushlarni mutlaqo eshitmaydigan 
bo’lib qoladi. 
7-rasm. Kortiy organi.
1- turli membrana; 2- eshituv nervining tolachasi; 3- tovushni qabul qiladigan 
tukli hujayralar; 4- tayanch hujayralar; 5- asosiy parda; 6- qoplovchi parda; 7- 
nerv tolasi. 
Po’stloqning har ikkala eshituv zonasidagi hujayralarga ikkala Kortiy 
organdan ham impuls kelib turadi. Shu sababli po’stloqning bir chakka qismi 
shikastlansa, eshitish vaqtincha va qisman pasayadi (67-rasm). Po’stloqning 
eshitish zonasidan qo’yi qismlarga, dastlab tirsaksimon tananing ichki qismi va 
to’rt tepalikning ikki opga dumbog’iga efferent yo’llar boradi. Tovushga nisbatan 


vujudga keladigan umumiy harakat reaksiyalari (quloq suprasini dikkaytirish, 
tovush kelayotgan tomonga boshni yoki quloq suprasini burish va boshqalar) ana 
shu yo’llar ishtirokida yuzaga chiqadi. Turli balandlikdagi, ya'ni tebranish 
chastotasi har xil bo’lgan tovushning eshitilishi to’g’risida bir qancha nazariyalar 
bor.
1863 yilda G. Gelmgols rezonans nazariyasiga asos soldi. Gelmgolsning bu 
nazariyasiga ko’ra, muayyan balandlikdagi tovushlar chiganoqdagi asosiy 
membrananing tegishli tolalarini tebrantiradi, ya'ni baland tovushlar kalta tolalarni, 
pastroq tovushlar uzunroq tolalarni tebrantiradi. Oqibatda tovushning baland-
pastligiga qarab asosiy membranadagi tegishli tolalarning tebranishlarini Kortiy 
organining xuddi shu tolalarga mos keladigan tukli hujayralari sezadi. Binobarin, 
bu nazariyaga ko’ra, Kortiy organida turli tonlarni sezadigan tukli hujayralar bor. 
1880 yili Rezerford telefon nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra, eshituv 
nervidagi potenciallarning tebranish chastotasi quloqqa kirayotgan tovush 
chastotasiga mos kelishi tufayli tovush balandligi seziladi (xuddi tovushning 
telefondan uzatilishiga uxshash). Har ikkala nazariya ham tovush balandligining 
mohiyatini qisman ochib beradi, xolos. Rezerfordning nazariyasi faqat past 
balandlikdagi tovushlarning eshitilishi xususiga to’g’ri keladi. Haqiqatan ham, past 
tonli tovushlar quloqqa kirganida eshituv nervidagi impulslar chastotasi 
eshitilayotgan tovush ta'sirida chiganoqda vujudga keladigan tebranishlarga mos 
bo’ladi. Baland tonli tovushlar eshitilayotganida esa chiganoqdagi asosiy 
membranada emas, balki suyuqliklar ustida ma'lum uzunlikda tebranish rezonansi 
paydo bo’ladi. Tebranish amplitudasining kattaligi tovush balandligiga bog’liq 
bo’ladi. Boshqacha aytganda, tovush qancha baland bo’lsa, suyuqlikning 
tebranuvchi ustuni shuncha kalta va aksincha, tovush qancha past bo’lsa, shuncha 
uzun bo’ladi. Suyuqlikning tebranishi asosiy membranani ham tegishlicha 
tebrantiradi. Oqibatda Kortiy organining tegishli qismidagi hujayralar qo’zg’alib, 
ta'sirot markaziy asab tizimiga uzatiladi, natijada tovush eshitiladi. Shunday qilib, 
baland tonli tovush ta'sir qilganda chiganoqdagi suyuqlik tovush chastotasiga mos 
ravishda tebranib, tovush masofada kodga solinadi. Eshituv analizatorida ham 
adaptatsiya hodisasi kuzatiladi. Quloqqa jarangdor tovush uzoq vaqt betuxtov ta'sir 
qilib turaversa, quloqdagi retseptorlarda adaptatsiya yuzaga kelishi tufayli 
sezuvchanligi bir oz pasayadi. Ammo adaptatsiyaning muayyan chegarasi bor. 
Quloq adaptatsiyasining tabiati munozarali muammo bo’lib, qolmoqda. 
Bola tug’ilishi bilan eshitish analizatorlari ishlay boshlaydi. Eshitish 
analizatorlarining funksional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi. 14-15 
yoshda eshitish sezgirligi juda susayadi keyin ortib boradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin