5
d) fe'l negiziga unlidan so'ng
–l, undoshdan so'ng
–il qo'shimchasini
qo'shish bilan.
Masalan, surka-l, shosh-il kabi;
e)
–lan (-la]n) qo'shimchasini qo'shish bilan fe'l ham o'zlik nisbatida bo'ladi.
Masalan, shod-lan, jon-lan, ot-lan kabi o'timchiz fe'llardan, shuningdek,
ba'zi bir o'timli fe'llardan o'zlik nisbati yasalmaydi:
bor, yugur, o'qi kabi.
Ba'zi fe'llarning esa aniq nisbati yo'q:
quvon, seskan kabi.
3. MAJHULLIK NISBATI.
Majhullik nisbatida harakat to'ldiruvchi
anglatgan predmet tomonidan
bajarilib egaga o'tadi yoki haqiqiy bajaruvchi noma'lum bo'ladi. Masalan, Nazira
yuvindi (bajaruvchisini topish mumkin). Shartnoma imzolandi (bajaruvchi
noma'lum). Kesimi majhullik nisbatidagi fe'l bilan ifodalangan gap qurilishi passiv
konstruksiya deyiladi. Aniq nisbat formasidagi gap esa faol konstruksiya
deyiladi.
Majhullik nisbati quyidagicha yasaladi:
a) fe'l negiziga unlidan so'ng
–l, undoshdan so'ng
–il qo'shimchasini
qo'shish bilan:
surka-l (di), ber-ildi kabi;
b) fe'l negiziga unlidan so'ng
–n, undoshdan so'ng
–in qo'shimchasini
qo'shish bilan:
ula-n (di), ol-in (di) kabi.
Majhullik nisbati ko'proq
-l (-il) qo'shimchasi bilan yasaladi, ham o'zlik
nisbati, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin bo'lganda
-l (-il), majhullik
-n (-
in) qo'shimchasi o'zlik nisbati yasaydi. Taran (o'zlik), taral (majhullik), tepin
(o'zlik), tepil (majhullik) kabi.
1. Gapning mazmunidan (ayniqsa, fe'lning qanday ega bilan birikishidan)
bilish mumkin. Masalan: Ot qoqildi, turg'un qoqildi gaplarida fe'l o'zlik nisbatida
(harakatning bajaruvchisi – ot, Turg'un). Mix qoqildi. Qoziq qoqildi gaplarida esa
fe'l majhullik nisbatida, harakatning bajaruvchisi noma'lum.
2. Majhullik nisbati yasalalganda, majhullik nisbati qo'shimchasidan oldin
orttirma nisbat qo'shimchasi
kela olishidan, ammo o'zlik nisbati yasalganda,
orttirma nisbat qo'shimchasi shu o'rinda kela olmasligidan bilish mumkin: mix
qoq-tir-ildi kabi shakllanish faqat majhullik nisbatiga xosdir.
Dostları ilə paylaş: