6
Birgalik nisbati quyidagicha yasaladi:
a) unli tovushdan so'ng
-sh, undosh tovushdan so'ng
-ish qo'shimchasini
qo'shish bilan: so'zla -
sh (di), ishla
-sh (di), bor
-ish (di), yoz -
ish (di) kabi.
b)
- lash (-
la]sh) qo'shimchasi birgalik nisbatidagi fe'l yasaydi: bahs
-lash
(di), gap
-lash (di) kabi.
Birgalik nisbatidagi fe'llar quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Birgalik nisbati harakatni bajarishda sub'yektlarning faol ishtirok etishini
ifodalaydi. Ular bir-birlariga ta'sir qilmaydi. Bunday gaplarda sub'yektlar va ayrim
ega bilan, yoki ko'plik formadagi ega bilan ifodalanadi. Masalan: O'quvchilar
sayohatga chiqishdi. Nilufar bilan Shoira qorbobo yasashdi.
2. Harakatni sub'yektlar o'zaro birgalikda bajarishini ifodalaydi.
Bunday
o'zaro birgalik ma'nosi o'zlik nisbati ottenkasiga ham ega bo'ladi. Chunki
bajaruvchilarning harakati o'zaro bir-birlariga o'tadi, ta'sir qiladi.
Bunda
sub'yektlar (harakatni bajaruvchilar) tubandagicha ifodalanadi:
a) ko'plik formadagi olmosh yoki ot bilan: Bugun yangi asar xususida
bahslashdik. Bu gapning egasi - biz olmoshi bo'lib, u tushib qolgan;
b) miqdor anglatuvchi aniqlovchisi bo'lgan ot ega bilan: ikki do'st o'qishda
tanishgan edi.
3. Bir sub'yektning boshqa sub'yekt
ishiga aralashishi, yordamlashishi
ifodalanadi. Bunda asosiy bajaruvchi (sub'yekt) vositali to'ldiruvchi
orqali
ifodalanib, ikkinchi darajali sub'yekt esa ega orqali ifodalanadi. Masalan: Feruza
Kamolaga paxta terishdi. Bunda harakat asosan,
Kamola tomonidan bajarilib
(Kamolaga-to'ldiruvchi) Feruza unga yordam beradi.
4. Sub'yektning ob'yekt (to'ldiruvchi ifodalagan shaxs) bilan bir ishni
bajarganligi ifodalanadi. Nigora Nargiza bilan uzoq suhbatlashdi. Bunda
asosiy
bajaruvchi ega. Ikkinchi darajali bajaruvchi esa, vositali to'ldiruvchi bo'lib keladi.
Dostları ilə paylaş: