Феъл сыз туркуми



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Феъл сыз туркуми

II. HOZIRGI ZAMON FE'LI. 


12 
Hozirgi zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda 
bajarilayotgan yoki bajarilmayotganligini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe'li ma'nosiga 
ko'ra ikki turga bo'linadi:
1. Hozirgi-kelasi zamon fe'li nutq so'zlanib turgan paytda va indan keyin 
sodir bo'ladigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Hozirgi – kelasi 
zamon fe'li negiziga –a (-y) ravishdosh yasovchi qo'shimchasini qo'shish va 
tuslash bilan ifodalanadi. Masalan, yozaman, yozasan, yozadi, o'qiydi, 
o'qiyman, o'qiysan. Men maktabda mehr bilan ilm olaman.
Tuslanishi quyidagicha bo'ladi:
Birlik.
Ko'plik. 
I shaxs
bor–a–man
bor–a–miz 
II shaxs bor–a–san
bor–a–siz 
III shaxs bor–a–di
bor–a–di (lar) 
Birlik.
Ko'plik. 
I shaxs. ishla–y–man
ishla–y–miz 
II shaxs. ishla–y–san 
ishla–y–siz 
III shaxs. ishla–y–di
ishla–y–di (lar) 
Bugun qarindoshlar biznikiga keladi. Bunda ish-harakat nutq so'zlangan 
paytdan keyin bajariladi. Xalq nima qilmasin, to'g'ri qiladi. Bunda doimiy harakat 
ifodalangan.
2. Hozirgi zamon davom fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda 
aniq davom etib turganini ifodalaydi. Bu harakat nutq so'zlanib turgan paytdan 
oldin boshlangan bo'lishi, nutq bilan bir vaqtda yuz berishi mumkin. Masalan, 
injinerlar mukammal terim mashinasini yaratish uchun qattiq ishlayapti (O.). Erta 
bahor, daraxtlar kurtak chiqarmoqda (J.Sharipov).
Hozirgi zamon davom fe'li quyidagicha ifodalanadi:
a) Hozirgi-kelasi zamon ravishdoshiga –yap qo'shimchasini qo'shish 
bilan:
Birlik.
Ko'plik. 
I shaxs
yoz–a–yap–man
yoz–a–yap–miz 
II shaxs yoz–a–yap–san
yoz–a–yap–siz 
III shaxs yoz–a–yap–ti 
 
 
yoz–a–yap–ti (lar) 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin