Harbiy pedagogika va psixalogiyaning qurolli kuchlardagi


Part 4, Issue 1: JANUARY 28



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix09.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#78793
1   2   3
Ubaydullayev Saidakbar Saydaliyevich


Part 4, Issue 1: JANUARY 28
th
2022 
~ 76 ~ 
www.interonconf.com
xos bo’lgan individual jihatlarining qay yo’sinda va nima sababdan yuzaga 
kelishini ko’ra olishiga, tevarak atrofini qurshab olgan boshqa odamlar bilan aloqa 
o’rnatishiga yordam beradi. Bu fanni jiddiy o’rganishga kirishgan har bir kishi o’zining 
ham kuchli, ham zaif tomonlarini ko’ra oladi, o’z ustida ishlash imkoniyatlariga ega 
bo’ladi, o’zining ijobiy sifatlarini yanada yaxshilashga, nuqsonlarini esa yo’qota olishga 
o’rganadi. Psixologik bilimlarni o’zlashtirish xizmat va o’quv faoliyatida yordam 
beradi, ya’ni yaxshiroq tushunish, esda olib qolish, diqqat, fikrlash faoliyatining shart- 
sharoitlarini ochib ko’rsatadi. Odamning ruhiy hayotini aks ettiruvchi adabiyot, til, 
tarix va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganishda psixologiyaning ahamiyati kattadir. 
Jangovar va ma’naviy-marifiy tayyorgarlik mashgulotlarini risoladagidek tashkil etish 
hamda olib borish harbiy xizmatchilarda axloqiy-jangovar sifatlarni shakllantirish-ni 
ta’minlaydi. Shuningdek, bunday sifatlarni shakllantirish umuman harbiy jamoalardagi 
intizomning hola-tiga ham bog’liq buladi. Tajribali komandirlar ta’lim va tarbiya 
jarayonini tashkil etishda uz bulinmalaridagi ruhiy holatni e’tiborga olgan holda u yoki 
bu harbiy xizmatchining ongiga qanday ta’sir utkazishni bilishadi. Bilim, kunikma va 
malakalarni egallashning qonuniyatlarini, insonni tulaqonli shaxs qilib kamol toptirish 
yullarini bilmagan tarbiyachilar esa xatoliklarga yul quyishadi. Bunday vaziyatda 
olingan natijalarquyilgan maqsad bilan mos kelmaydi, komandir esa bunday 
nomutanosiblikning sababini bilmaydi, natijada uzi olib borayotgan ta’lim-tarbiya 
ishidagi kamchiliklarni tuzata olmaydi. O’qitish va tarbiyalash murakkab jarayon bulib, 
u harbiy xizmatchilar ongiga shunday ta’sir etishni nazarda tutadi-ki, toki ular 
jangovar harakatlarni muvaffaqiyatli olib borishlari uchun zarur bulgan bilim
kunikma va malakalarni uzlashtirsinlar. Shunday ta’sir ostida ularda yana siyosiy 
onglilik, harbiy burchga sadoqat va Vatan mudofaasi uchun mas’uliyat hissi kabi 
sifatlar shakllanadi. Ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir eng avvalo insonning ruhiyatiga, 
ongiga qaratilgan bo’ladi. Bunday ta’sirni tug’ri tashkil etish uchun inson ruhiyatini 
yaxshi bilish kerak. Inson ruhiyati uning sezgilarida, idrokida, xotirasida, tafakkurida 
va hokazolarida namoyon buladi. Kundalik hayotda bizning har birimiz uzga kishilar 
ruhiy faoliyati namoyon bo’lishini kuzatamiz va baholaymiz. Masalan, kimningdir 
aqliga, xotirasiga, xayolot olamiga qoyil qolamiz, tasanno aytamiz, yoki aksincha, 
uzgalardagi, ba’zan esa uzimizdagi tez unutuvchanlik, parishonxotirlik kabi sifatlarni 
qoralaymiz. 
Harbiy faoliyat, ayniqsa, ofitserlik faoliyati murakkab va qiyin faoliyatlardan biri 
hisoblanadi. Buning sababi ushbu faoliyat kishisiga tushadigan jismoniy va ruhiy 
zuriqishgagina bogliq bulmasdan, ofitserning harbiy xizmatchilar bilan, shuningdek, 
texnika hamda qurollar bilan bir vaqtda faoliyat yuritishi bilan belgilanadi. Psixologiya 
nuqtai nazaridan faoliyat-bu turli vositalardan foy dalanish orqali mavjud extiyojlarni 
qondirishga iunaltirilgan xatti-harakatlar tizimidan iborat. Harbiy faoliyat amalga 
oshirish vositalari (harbiy texnika, uq otish qurollari...)ning hamda uning 
ishtirokchilari (harbiy xizmatchilar) amal qiladigan huquqiy me’yorlar(harbiy 


THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH 
TURKEY international scientific-online conference 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin