THEORY AND ANALYTICAL
ASPECTS OF RECENT RESEARCH
TURKEY international scientific-online
conference
Part 4, Issue 1: JANUARY 28
th
2022
~ 75 ~
www.interonconf.com
HARBIY PEDAGOGIKA VA PSIXALOGIYANING QUROLLI KUCHLARDAGI
TUTGAN O'RNI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6502494
Ubaydullayev Saidakbar Saydaliyevich
Fargona Davlat Universiteti
Harbiy ta'lim fakultet
1-bosqich talabasi
Abdug`aniyev Jamhurbek Isroil o`g`li
Fargona Davlat Universiteti
Harbiy ta'lim fakultet
1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola. Harbiy pedagogika va psixalogiyaning Qurolli
Kuchlardagi tutgan o'rni.
Kalit so'zlar: Harbiy. Psixologiya, vatanparvarlik, ta'lim, askar
Fan sifatida psixologiyaning, jumladan harbiy psixologiya
va pedagogikaning
vazifasi inson ruhiy hayotining asosiy qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir.
Davlatimiz mudofaasini yetarli darajada himoya qilishga qodir bulgan armiyani yetuk
ofitser-qo’mondonlarsiz tasavvur qilish qiyin. Talabalarni har tomonlama yetuk
shaxslar qilib tarbiyalashda harbiy psixologiya va pedagogika fanining ham o’ziga xos
o’rni bor. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, mamlakatimiz
Qurolli Kuchlari Oliy
Bosh Qo’mondoni I. A.Karimov ta’limning ahamiyati haqida to’xtalib, «...armiyamizda
soglom ma’-naviy muhitni yaratishda ta’lim-tarbiya ishlariga alohida e’tibor berish,
harbiy tayyorgarlik jarayonini ilgor texnik va texnologik vositalar, yangicha usul-
uslublar
asosida tashkil etish, harbiy xizmatning intellektual mezonlari va
yo’nalishlarini takomillashtirish yo’lida boshlagan ishlari-mizni izchil davom
ettirishimiz shart»,— degan edi. SHu ma’noda harbiy psixologiyaga
oid bilimlar va
qonuniyatlarni o’zlashtirish ofitserlar faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlovchi
mezonlardan biridir. Harbiy pedagogika va psixolgiya asoslari» fani bo’lajak harbiy
ta’lim rahbarlariga Vatan himoyasiga tayyor bo’lgan munosib yosh avlodni yuqori
darajada
tayyorlash uchun yaqindan yordam beradi. Bundan
tashqari uni vazifasi inson
ruhiy hayotining asosiy qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Har bir ofitser bu
qonuniyatlarni bilishi zarur. Harbiy psixologiya va pedagogikani o’rganish harbiy
xizmatchining o’zidan
boshqa kishilarni tushunishiga, ularning ruhiy holatlarini
hisobga olgan holda ish kurishiga, odamlarning ijobiy, salbiy xususiyatlarini, ularning
o’zlariga