2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja



Yüklə 267,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix09.01.2023
ölçüsü267,62 Kb.
#78812
1   2   3   4   5   6   7   8
2-ma\'ruza

Tashqi kuzatish. Psixik hayot hodisalarini oʻrganishda avvalo tashqi kuzatish metodi tadbiq 
etiladi. 
Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi 
organlarimiz bevosita seza oladigan, oʻzimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va 
tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman 
kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish bemalol mumkin. 
Psixik jarayonlar bilan bevosita bogʻlangan ba’zi bir fiziologik hodisalar turqning oʻzgarishi, 
nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning oʻzgarishi ham tashqaridan kuzatilsa boʻladi. Kuzatish 
ma’lumotlarini soʻzlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki koʻrsatma vositalari, 
suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yoʻllar bilan ham qayd qilish mumkin. 
Masalan, bolalar nutqini oʻsib borishini kuzatish yoʻli bilan tekshira olamiz. 
Bunda bolaning soʻz boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning fonetik 
tomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd qilsa boʻladi. Odamning 
tevarak-atrofdagi voqelikni oʻzgartirish va yangidan koʻrishida duch kelgan toʻsqinlikni va 
qiyinchilikni engish uchun uning qanday zoʻr iroda bilan sabot-matonat koʻrsatishini ham kuzatish 
yoʻli bilan koʻzdan kechirsak va tekshirsak boʻladi. Psixik hayot hodisalarini oʻrganayotganda 
psixologning oʻz-oʻzini kuzatish metodiga ham murojaat qilib turishiga ham toʻgʻri keladi. 
Oʻz-oʻzini kuzatish. Nomidan koʻrinib turibdiki, tadqiqotchi oʻz-oʻzini kuzatish bilan 
oʻzidagi psixik hodisalarni tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlarning ichki 


tomoni - odamning sub’yektiv kechinmalari qanday roʻy bersa, ularni shu holida tasvir etish va 
aniqlab olishga intiladi. Psixolog oʻz tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning oʻz-oʻzini kuzatib 
olgan ma’lumotlariga ham asoslanadi. 
Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asrning 
deyarli oxirigacha oʻz-oʻzini kuzatish metodi yoki introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini 
bilishning birdan-bir metodi boʻlib keldi desa boʻladi. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab oʻz-oʻzini kuzatish metodiga tanqidiy koʻz bilan 
qaraladigan boʻlib qoldi. Bu metodning bir qancha kamchiliklari borligi ma’lum boʻldi. 
Oʻz-oʻzini kuzatishda tadqiqotchi ham tekshiriladigan ob’yektga, u ham tekshiruvchi 
ob’yektga boʻlinib qolishi bu metodning eng muhim kamchiligi ekanligi koʻrsatildi. Holbuki, 
normal kishilar shaxsining amalda bunday «boʻlinib ketishi» mumkin emas. 
Oʻz-oʻzini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qaygʻu hissini, tafakkur 
jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni oʻrganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa 
butunlay mumkin boʻlmasligi koʻrsatib oʻtildi. 
Oʻz-oʻzini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak.
Psixolog oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan faqat oʻz psixikasini oʻrganadi-da, axir.
Shunday boʻlgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlarning oʻz psixologiyasiga 
aylanib ketadi. Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, oʻz
xtisosiga koʻra oʻzinioʻzi kuzata oladigan va oʻzini-oʻzi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi 
haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar 
psixikasi haqidagi ta’limot ham, bolalar psixikasi haqidagi ta’limot ham psixologiyaga qoʻshilishi 
kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq osqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtai 
nazaridan oʻz-oʻzini kuzata olmasligi tabiiy. Demak, oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan odam psixik 
taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib boʻlmaydi. 
Nihoyat, oʻz-oʻzini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki, bu yoʻl bilan
оlingan ma’lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yoʻsinda bir tomonlama, sub’yektiv talqin 
qilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning oʻzi 
egoist boʻlsa, oʻz-oʻzini kuzatish natijalaridan, egoizm - har qanday xarakterning muhim belgisidir 
deb hulosa chiqarishi mumkin. Dunyoda sahiy, olijanob xarakterli kishilar borligini bunday 
psixolog faqat oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan bila olmaydi. Zohiran koʻrinadigan narsa bu еrda 
xaqiqat boʻlib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa boʻlib tuyulishi mumkin. Holbuki, har 
qanday ilmiy bilim ob’yektiv va chin bilim boʻlishi kerak. 
I.P.Pavlov oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan aniqlab olishi mumkin boʻlgan sub’yektiv psixik 
hodisalar haqida gapirar ekan, bunday deb yozgan edi: 
«Albatta, bu (sub’yektiv – P.I.) hikmatlar biz uchun birinchi darajali voqe’likdir, ular 
kundalik hayotimizni yoʻlga soladigan, inson jamiyatining taraqqiy etishiga sabab boʻladi. Ammo 
sub’yektiv holatlarga qarab yashash boshqa-yu, ularning mexanizmini chinakamiga ilmiy tahlil 
qilish boshqa». 
Oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan sub’yektiv ravishda koʻngildan kechadigan faktlarni aniqlash, 
tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish umkin emas. Psixik hodisani 
tushuntirish – uning sababini, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit 
bilan bogʻlanganligini aniqlash demakdir, bularning hammasi esa oʻz-oʻzini kuzatish doirasidan 
tashqaridadir. Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni 
tushuntirish, 
ularning 
qonuniyatlarini 
kashf 
etishdan 
iborat. 
Ob’yektiv metoddan 
foydalangandagina bunga erishish mumkin. 


Tashqi va ichki kuzatishning birligi Lekin odam psixikasini faqat oʻz-oʻzini kuzatish metodi 
bilan oʻrganib boʻlmasa, faqat tashqi kuzatish yoʻli bilan, ya’ni oʻz-oʻzini kuzatish ma’lumotlari 
bilan bogʻlanmasligi ham mumkin emas. Oʻz-oʻzini kuzatish metodining ahamiyatini tamomila 
inkor qilish – odamning yuksak darajadagi bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga 
ishonmaslik demakdir. 
Boshqa kishilarni kuzatishning xususiyati shundaki, tadqiqotchi shu kishilar xulqatvorining 
tashqi koʻrinishlarini idrok etar ekan, koʻnglidan kechayotgan hislarini bir qadar biladi. Shu 
sababli psixolog tashqaridan kuzatish yoʻli bilan va oʻz-oʻzini kuzatish ma’lumotlariga tayanib, 
odamning turli xatti-harakatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki umuman psixik 
hayot hodisalari haqida, ularning tashqi va ichki (sub’yektiv) koʻrinishlari haqida xulosalar ham 
chiqarishi mumkin. Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan muomala qilishda turmush tajribasiga va 
ilmiy tekshirish ishlarida еtarli amaliyotga ega boʻlganida psixik hayotning tashqi koʻrinishlarini 
kuzatar ekan, psixik jarayonlarning sub’yektiv suratda qanday kechishini ham ozmi-koʻpmi ocha 
oladi. Masalan, tafakkurni kuzatish yoʻli bilan tekshirganimizda koʻz, yuz muskullaridagi xilma-
xil harakatlarni va turqining oʻzgarishini qayd qilibgina qolmay, balki, shu bilan birga, shu 
tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik bilan roʻy berishini ham bir qadar bila olamiz.
Modomiki tafakkur jarayonlari tashqi muhitda oʻz ifodasini topar ekan, tafakkurning 
mazmunini bila olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda roʻy berayotganini, masala qanday kelib 
chiqayotgani, masalani echish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz. 

Yüklə 267,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin