deb tanlashi lozim. Unga “avval, hammadan koʻra koʻproq kim bilan birga boʻlishini
xohlasang, oʻshaning familiyasini yoz”, “aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning
familiyasini yoz” deb uqtirish maqsadga muvofiq. Guruhiy tabaqalanishni koʻrsatish uchun
sotsiogramma toʻrtta “maydon”ga ajratiladi.
Qizlar doiracha bilan, oʻgʻil bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va
uchburchaklar soni familiyalar soniga toʻgʻri keladi. Guruh a’zolarining oʻzaro munosabatlari
doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bogʻlanganida oʻz ifodasini topadi. Eng koʻp
munosabatga ega boʻlgan sinaluvchi doiraning markazidan oʻrin oladi. U guruh a’zolarining eng
yoqimtoyi hisoblanadi. Shaxslar bilan aloqa oʻrnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy
oldai. Oraliqdagi “maydon”larga oʻrtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar
joylashtiriladi. Shu yoʻl bilan birinchidan shaxslararo munosabatlarning darajasi va koʻlami
aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi koʻrsatkichlar taqqoslanadi.
Natijalarga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning oʻziga xosligi, psixologik birini
taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga nazariy va metodologik
hamiyatga molik gʻoyalar, qonuniyatlar ilgarisuriladi, amaliy koʻrsatmalar beriladi, aniq
tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli toʻgʻrisida muloxazalar yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: