atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida oʻz ifodasini topadi. Allomalar toʻgʻrisidagi
ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan –
avlodga oʻtadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar oʻrtasida vorislik
hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uygʻunligini
ta’minlaydi.
Anketa, sotsiometriya, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari.
Anketa metodi. Umumiy psixologiyada keng qoʻllaniladigan metodlardan biri boʻlib,
unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari
oʻrganiladi. Anketa odatda 3 xil boʻlib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga
moʻljallangan savollardan iborat boʻladiki, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti
bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketada
sinaluvchiga havola qilinganda kamida toʻrt besh toʻgʻri javoblari ballar yordamida baholanadi.
Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlari,
oʻziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Anketa orqali shaxslarning xarakter hislatlari, xulq atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash
mumkin. Tarqatilgan anketalar yigʻib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga
muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodiinson psixikasining ayrim
tomonlarini oʻrganish uchun boy material toʻplash imkonini beradi, lekin unda olinadigan
ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega boʻlavermaydi. Bunga yoʻl qoʻymaaslik uchun
anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi toʻgʻri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish
kerak.
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib oʻtamiz.
1. Kursingizda eng yuqori obroʻga ega boʻlgan talaba qaysi?
2. Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his – tuygʻusini uygʻota oladi?
3. Oʻqish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz?
4. Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar edingiz?
5. Oʻrtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?
6. Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashgʻulotlarga birgalikda tayyotayyorlanishni
yoqtirasiz?
7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
Dostları ilə paylaş: