Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences


THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix18.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#79572
1   2   3   4   5   6
TAFPS0652

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF 
PEDAGOGICAL SCIENCES
 
International scientific-online conference 
243 
2-sinfda o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish uchun “Bir parcha patir olamga tatir“ 
topishmog‘ining javobini toping. Uni topishda sizga nima yordam berdi?, Nima 
uchun buni topishmoq deb aytamiz?“, “Yer haydasang kuz hayda, kuz 
haydamasang, yuz hayda“ maqoli nima haqda?, Uni kim yaratgan?, Siz bilan 
qaysi maqollarni o‘qib-o‘rgandik?, Nima uchun ularni maqollar deb 
nomlaymiz?“, “Qaysi ertaklarni o‘qidik?, Qaysi hikoyalarni o‘qidik?, Ertaklarni 
kimlar yaratadi?, Hikoyalarni kim yaratadi?, Qaysi biridagi voqealar hayotda 
bo‘ladi?, Ertakdagi voqealar hayotda yuz beradimi?, O‘zingiz bilgan ertaklar 
nomini ayting. Ertagingiz qanday boshlanib, qanday so‘zlar bilan tugaydi? 
Hikoya shunday so‘zlar bilan boshlanadimi?“ kabi savol-javoblar o‘rganilayotgan 
mavzular bilan bog‘liq holda tashkil etiladi.
3-sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar bilimi ibora, lof kabi janrlarga doir 
tushunchalar bilan boyitiladi. U yoki bu janrga mansub asarlar 
o‘rganilayotganda boshqa janrga oid asarlarga taqqoslash ijobiy samara beradi. 
Bir janrdagi asarlar o‘rganilayotganda boshqa janrdagi asarlarga taqqoslash 
orqali ularning farqi o‘rgatiladi.
4-sinfda didaktik talablardan kelib chiqqan holda badiiy asarda tugun, voqealar 
rivoji, syujet, kompozitsiya, g‘oya, tasviriy ifoda vositalari ustida ishlanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda ko‘rgazmalilik, o‘quvchilarning faolligini oshirish, tahlilda 
individual yondashish tamoyillari o‘qitish jarayonida qo‘llanadigan metod va 
usullarni belgilab beradi. 
Xulosa qilinadigan bo‘lsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qish ta’limi o‘quvchilarning 
savodxonligi, kitobxonlik malakasini shakllantirish va shu orqali ma’naviy-
axloqiy tarbiyasiga xizmat qilishdek birdan-bir vazifasini bajarishda adabiy 
tushunchalarga tayanadi. Shunga ko‘ra, adabiy tushunchalar nafaqat nazariy 
ahamiyat kasb etadi, balki juda muhim amaliy mohiyatga ham egadir. Ayniqsa, 
badiiy asar mavzusi va g‘oyasi, syujeti va kompozitsion tuzilishi, obrazlar tizimi 
va badiiy til xususiyatlarini adabiy tushunchalar vositasida aniqlash 
o‘quvchilarning tahliliy ko‘nikma-malakalarini shakllantirishda muhim o‘rin 
tutadi. Zero, tahlil o‘qituvchi uchun o‘quvchilar bilan muloqot qilishning,
ularning badiiy asarni tushunish hamda idrok qilish qobiliyatlari va 
dunyoqarashlarini shakllantirishning muhim omilidir. Shu bois, boshlang‘ich sinf 
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning adabiy tushunchalarini 
shakllantirish ta’limda izchillik va tizimlilik tamoyiliga qat’iy amal qilishni 
taqozo etadi. Negaki adabiy tushunchalar ko‘proq nazariy xarakterda bo‘lib, 
amaliyot bilan chambarchas bog‘liqlikda mustahkamlanadi. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin