Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Vvedeniye v spetsialnqe istoricheskiye dissiplinq. M.MGU 1990g. – 36str. 


34 
2. BOB. O’RTA ASR SHARQ JAMIYATINING IJTMOIY-
IQTISODIY TARAQQIYOTIDA NUMIZMATIKANING O’RNI. 
2.1. Ilk va o’rta asrlarda O’rta Osiyo numizmatikasi 
 
Pulning paydo bo’lishi qadimgi zamonlarda taraqqiy etgan madaniyatlar 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlarining qonuniy oqibatidan kelib chiqqan 
tabiiy hodisadir. Tovar ayriboshlashning uzoq hamda murakkab jarayoni va 
chakana savdoning rivojlanishi tovar-pul hamda qimmatbaho buyum 
ishlatish bosqichidan o’tib, oxir-oqibatda ma’dan tanga paydo bo’lishiga 
olib keldi. Birinchi tangalarning o’ng yoki tersida ularning o’lchovi to’g’ri, 
og’irligi to’la ekanliginitasdiqlovchi rasm-muhri bilan qimatbaho buyumdan 
farqlanadi. 
Rasm-muhrlar xilma-xil geometrik shakllar, hayvonlar, qushlar, 
baliqlar, sher, toshbaqa, dengiz mushugi, boyo’g’li va shu kabilar 
tasvirlanardi. 
Lidiyada 1- tangalar elektrdan- ya'ni oltin va kumush tabiiy qotishmasi 
– “oq oltin” dan, keyinchalik sof kumushdan zarb etilgan.
1
Faqat mashhur podshoh Krez mil.avv. 561-546 davridan keyin tilla va 
kumushning birga ishlatilishiga asoslangan tanga tizimi tadbiq etilib, bu 
tizim Eronda kenga tarqalgan. Qadimgi tanga tizimlarda masalan, Millid, 
Fokey, Egin, yevbey tizimlarida har bir vazn standarti uchun maxsus zarb 
etilgan turli nominallar ishlatilarda. Makedoniyaning gullab yashanashi, 
Makedoniskiy davlati bunyo etilishi davrida tangallar nominalli yagona 
normaga keltira boshlangan. Bu vaqtda tanga zarb etishda asos qilib 17.44 
gg tetradrham hamda 4.36 draxmli atteka tizimi ishlatila boshladi. Atteka 
tizimi bir necha asrlar mobaynida O’rta Osiyoning janubiy hududlarida 
asosiy tizim bo’lib kelgan. O’rta Osiyo ilk pul paydo bo’lgan joylar sirasiga 
1
Rtveladze E.O’rta Osiyoning qadimgi tangalari. T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 9-
bet. 


35 
kirmaydi. Buning asosiy sababi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishning 
sustligidir. Bu yerda tanga paydo bo’lgunga qadar asrlar davomida
ayriboshlash, savdoning turli tuman turlari mavjud edi. Miloddan avvalgi VI 
– IV asrlarda O’rta Osiyo qadimgi ahamoniylar davlati tarkibida bo’lgan.
Bu davlatda esa mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmidan to 30 - yillargacha 
oltin (darik) hamda kumush (sikl) tangalar zarb etilgan. Tadqiqotchilarning 
fikricha darik nomi mil.avv. 522-486 yillarda hukumronlik qilgan podsho 
Doriy Gistasp nomi bilan bog’liq. Chunki tangalar o’sha davrdan boshlab 
muomilaga chiqarilgan. O’rta osiyoning janubiy hududlari mil.avv. 312 - 
yili salavkiylar imperiyasining bir qismiga aylandi. Baqtriyada zarb etilgan 
birinchi tangalarning paydo bo’lishi salavkiylar davlatining sharqiy
hududlaridagi satrapi keyinchalik uning podshohi bo’lmish salavkaning 
o’g’li Antiox nomi bilan bog’liq.
Avval Salavk I va Antiox 1 larning mushtarakligida kumush tangalari, 
keyinchalik esa yagona hukumdor sifatida Antiox 1 -ning tangalari zarb 
etila boshlandi. Ular orasida g’oyat qimmatbaho tangalar : stater, 
tetradrahma va drahma manbalarida aytilishi Antiox-1 drammasining old 
tomonidan shoh, orqa tomonida ot tasviri tushirilgan.
Antiox 1 tangalariga taqlidan hilma – xal sug’d tangalari paydo bo’ldi. 
Mil. avv. 3 asr ya'ni ikki mustaqil Parfiya va Gr ek – Baqtriya podsholigi 
paydo bo’lgan davrdan tanga savdo munosabatlarida ishtirok etgan. 3 
asrdan to 2 asrgacha Grek – Baqtriya podsholigi tangalari san'at darajasida 
ishlab chiqarilgan. Tangalar asosan kumush va misdan , ba'zan tilladan zarb 
qilingan. Ular orasida antik dunyo davrining eng yirik oltin tangalari 
mavjud bo’lgan. Bu tangalarning ikkitasi haqida ma'lumot bor. Biri buxoro 
amiri xazinasida saqlangan. Ikkinchisi parijda saqlanadi.
Grek - Baqtriya kumush tangalari asosan bir andozada bo’lib, old 
tomonida xukumdor podsho, orqasida u o’ziga pir qilib olgan
ma'budlarning masalan, Zevs, Gerakl. Poseydon, Appolon, Diyoskurlarning 


36 
tasviri tushirilgan edi. Ularda podshoning martabasi , ismi va laqabini
anglatuvchi gerk yozuvlari yarim doira va ustuncha shaklida joylash tirilgan.
Parfiya tangalarida tasvir etilgan shohlarning siymolarini har bir shoh 
surati uchun individual bo’lgan Tiara (qadimgi sharq podsholarining bosh 
kiyimi) shakli orqali farqlasa bo’ladi. Parfiya shohlari asosan qalin, uzun, 
to’lqinsimon turuvchi soqol tasviri tushirilgan. Tangada podshoning taxtdan 
o’tirgani tasvirlangan.
Uning chor atrofida grekcha yozuvlar. Mil.avv. 1- asrdan boshlab 
tangalarda Parfiya tilidagi yozuvlar paydo bo’lgan. Yozuvlarda podshoning 
nomi, tanganing qachon va kim zarb qilagani haqida ma'lumot bor.
Eramiz avv. dastlabki asrlardan boshlab to eramizning 1 asrlariga zarb 
etilgan sug’d tangalari bu jihatdan diqqatga sazovordir. Bu davrning
behisob, turlituman sug’d tangalarini bir necha turkumga bo’lish mumkin.
Antiox, salavkiylar tangalariga taqlidan zarb etilgan, t ers tomonidan 
otning boshi tasviri tushirilgan kumush hamda mis tangalar .
Salavkiylar yoki Aleksand Draxmasiga borib taqaluvchi. Gerakl va 
Zevs tasviri tushirilgan, ammo sug’d yozuvi bor kumush tangalarda chopib 
ketayotgan ot va tik turgan tangri tasviri tushirilgan g erkod kumush 
tangalari terandoz tasviri hamda sug’d yozuvlari tushirilgan kumush 
tangalargrek tilidagi yozuvlari xiralashgan, pala partish sug’d yozuvlari bor
yevtidim tetradrahmalariga taqlidan zarb etilgan tanglalar.
Sug’d tangalarining aksariyat qismi to’g’ri shakldagi, yuzi uymali, 
vazni va diametri o’rtamiona kumush to’garakchalaridan iboratdir
1
.
Eramizdan oldingi II asrda Xorazmda ham tanga zarb qilina boshladi. 
Dastlabki Xorazm tangalari yevkradir, tetradrahmalariga taqlidan zarb 
etilgan yirik kumush tangalar bo’lib, asl nusxalaridan farqli o’laroq, 
yozuvlari xiralashgan, ters tomonidan o’ziga xos belgi (tamg’a) borligi 
1
Rtveladze E.O’rta Osiyoning qadimgi tangalari. T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 29-
bet. 


37 
bilan ajralib turadi. Keyinchalik o’ng tomonida yevkratik tasviri mahalliy 
hukumdor surati bilan o’zgartiriladi va xiralashgan grek yozuvlari bilan bir 
qatorda podshoning ismi va unvoni haqida ma'lumot b eruvchi, Xorazm 
tilidagi yozuvlar, tanganing ters tomonidan esa suvoriyning rasmi paydo 
bo’ladi.
Ba'zi bir tadqiqotchilar Beruniy ma'lumotlariga asoslanib, tangada
tasvirlangan siymo xorazmshohar sulolasining asoschisi suvoriy tangri 
Suyovush desa, boshqalar bu tasvirda podsho tangri berilgan deydilar.
Tetradrahmaning o’ng tomonida sochlari hafsala b ilan taralgan, 
peshonasiga tasma bog’langan, yuzlarida g’ayrat shijoat barh urib turgan 
erkak kishining beligacha tushgan surati berilgan. Tanganing ters tomoni 
kishi diqqatini o’ziga tortadi : 
O’rtada ot mingan shoh. Uning orqasida gulchambar tutgan Nika 
ma'budasi parvoz qilayapti.
Kushon shohi Kadfiz 2 zamonida pul islohoti o’tkazilib, yangi tanga 
sistemasi asosiy stateri 8.03 ga teng keladigan turli tuman sifatdagi
tillardan zarb etishga asoslangan bo’lib, ikki xil tanga joriy etilgandir: biri 
16.07 gramm ikkinchisi esa 2.01 gramm. Shuning bilan bir qatorda diametri 
23 – 25 mm, vazni 16-17 gramm keladigan mis tangalar ham muomilaga 
chiqarilgandir.
Tangalarning o’ng tomonida beriladigan suratning doimiy turi ham 
ishlab chiqildi. Bu suratda yuzi yon tomonidan aks ettirilgan shoh mehrob 
oldida tik turganicha qandaydir diniy ibodat a'do etmoqda. Bu tipdagi kohin 
shoh tasviri boshqa barcha kushon podsholigining shohlari, shu jumladan. 
Kanishka, Vasudeva, Kanishka 3 tangalarida mavjud.
Ilk o’rta asr davrida antik davrga nisbatan tanganing o’ng va teslari 
anchagina o’zgardi. Tasvirlar bo’rtma emas siyqaroq, rasmlar esa oddiy 
chizila boshladi.


38 
Yozuvlar va nasbni bildiruvchi tamg’asi bor, ammo hukumdor yoki 
ma'budaning tasvirisiz shuningdek. Hech bir yozuvsiz tangalar yuzaga keldi. 
Bunday xol ilgari sira uchramagandi. 
O’rta osiyoning bir qator viloyatlari tangalarini ekonografiya nuqtai 
nazaridan qisqacha tasvirlab o’taylik.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin