Harbiy pedogogika va harbiy pedagog kadrlarni tayyorlash masalalari



Yüklə 288,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix18.01.2023
ölçüsü288,68 Kb.
#79612
1   2   3   4   5
Bobojonov Rasul Tohir og’li

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
3– SON / 2022 - YIL / 15 - NOYABR 
www.bestpublication.org
 
520 
2. Tarix – xalqimiz tarixi, buyuk mutafakkirlari, olimlari, sarkardalarining hayoti 
va jasoratlari misolida harbiy xizmatchilarni tarbiyalash, shuningdek pedagogika fani 
taraqqiyoti, ta‘lim-tarbiya jarayonlarining xususiyatlarini inobatga olish, xalq 
pedagogikasi g‘oyalaridan bo‘ysunuvchilarni tarbiyalash jarayonida unumli 
foydalanishga yordam beradi. 
3. Sostiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari 
xususida ma‘lumotlarga ega bo‘lish asosida ta‘lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining 
o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. 
4. Etika - shaxs ma‘naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar
axloqiy ong, ma‘naviy-axloqiy va kasbiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin 
tutuvchi nazariy g‘oyalarni harbiy pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin 
tutadi. 
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, 
unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. 
6. Iqtisod – mamlakat mudofaasini ta‘minlash maqsadida Qurolli Kuchlarni 
zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta‘minlash, harbiy mutaxassislarni tayyorlash, 
harbiy ta‘lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish
ta‘lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat 
qiladi. 
7. Fiziologiya - ta‘lim-tarbiya jarayonida harbiy xizmatchilarning fiziologik
anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi. 
8. Tibbiyot – harbiy xizmatchilarning salomatligini va hayotini muhofaza qilish, 
harbiy xizmatning inson hayoti uchun havfsiz sharoitlarini yaratish, birinchi tibbiy 
yordam ko‘rsatish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar asoslarini 
shakllantiradi. 
9. Psixologiya – harbiy xizmatchi shaxsida ma‘naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, 
hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish, ularni mamlakatni qurolli himoya qilish, turli 
jangovar sharoitlarda aniq va tezkor harakat qilishga o‘rgatish uchun ruhiy 
tayyorlashga imkon beradi. 
10. Maxsus harbiy fanlar – harbiy mutaxassislarni tayyorlash, ularga ta‘lim berish, 
ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirish hamda kasbiy mahoratlarini 
oshirishni ilmiy, pedagogik va metodik jihatdan ta‘minlaydi. 

Yüklə 288,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin