joylashgan gaz-havo quvuryo’llarining
yuqori qismiga, suyuqlik va bug’ oquvchi
quvuryo’llarining esa yon tomoniga o’rnatiladi.
Avtomatlashtirish tizimlarida ortiqcha bosimni va vakuumni o’lchash
uchun
birxillashtirilgan olish qurilmalaridan foydalaniladi. Bosimni o’lchaydigan olish
qurilmalari (22.3-rasm, a, b) halqasimon truba 1 nippelli biriktirgich 2, berkitish
organi (ventil yoki uchyo’lli jo’mrak) 3 va manometr yoki vakuummetr ulanadigan
M20X1 1G’2* rezbali futor 4 (qisib mahkamlagich)dan iborat. Halqasimon trubka
issiq suyuqlik (temperaturasi 700S dan yuqori) va bug’ bosimini o’lchashda
qurilmani himoyalash uchun zarur bo’ladi. Uning vazifasi – manometrga issiq suv
yoki bug’ning kirishiga yo’l qoymaslikdan iborat.
Halqada sovigan kondensat
to’planadi va manometrni o’lchanayotgan muhitdan ajratib turadi.Bundan tashqari,
halqasimon trubka asbobni ulash paytida bosimning sakrashini kamaytiradi. Olish
qurilmasi bevosita quvuryo’lga yoki apparatga o’rnatilgan shtuserga
payvandlanadi.
22.3-rasm. Bosimni va vakumni olish qurilmalari: 1-halqasimon naycha, 2-nipelli
biriktirgich, 3-berkitish organi, 4-futor, 5-himoyalovchi truba, 6-tarmoq, 7-tiqin
qalpoqcha, 8-gayka, 9-olish trubasi.
Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji
Bosim va vakuumni o’lchash asboblari buyurtmachi (bosh pudratchi)dan
o’rnatish zonasida stendda tekshirilganlik protokollari
bilan birga qabul qilib
olinadi. Ular yaxshi yoritilgan joylarda, agregatlarning
qizigan qismlaridan
uzoqroqda o’rnatiladi.
Manometrlar. Asboblar tashqi ko’rikdan o’tkazilganda shtuserlarda
manometrning
ichki
qismini
ifloslanishdan
va
rezbalarni
mexanikaviy
shikastlanishdan saqlaydigan himoyalash qalpoqchalarining borligiga e’tibor
beriladi.
Nazorat savollar:
1. Ishlab chiharish jarayonlarining to‘g‘ri o‘tishi ko‘pinsha nimaga bog`liq?
2. Bosim deb nimaga aytiladi?
3. Ortiqcha bosim nima?
4. O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari qanday
turlarga bo‘linadi?
5. Suyuqlikli bosim o‘lchash asbobining ishlash printsipini aytib bering?
6. Qalqovichli difmanometrlar sxemasini tushuntirib bering?
7. Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan
olish birlamchi
qurilmalar montaji
8. Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji
9. Bosim olish qurilmalarini o’rnatishda halqasimon trubkalar qanday hol va
nima maqsadda qo’llaniladi?
Adabiyotlar.
1. Yusupbеkov N.R., Muxamеdov B.I., Gulyamov Sh.M. Tеxnologik jarayonlarni
nazorat kilish va avtomatlashtirish. - Toshkеnt: O‘qituvchi, 2011.
2. Клюев А.С. и др. Проектирование систем автоматизации технологических
процессов; 2-е издание. -М.: Энергоатомиздат, 1990.
3. Клюев А.С. и др. Техника чтения схем автоматического
управления и
технологического контроля. 3-е издание. -М.: Энергоатомиздат, 1990.