9-mavzu. Bosim va siyraklanishni o‘lchash vositalarining montaj va sozlash ishlari. (2- soat) Reja: Bosim olish qurilmalarining montaji. «Sapfir-22»



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#80293
1   2   3
ASLO\'S 22-ma\'ruza

Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan 


bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga 
asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko‘pincha simob, transformator moyi, 
suv va spirt bilan to‘ldiriladi. 
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llanadi. Ularda ish suyuqligi sathlari 
ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, 
suyuqlik sathi shunday xolatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa 
idishdagi 
suyuqlikning 
ortiqcha 
ustunining 
gidrostatik 
bosim 
bilan 
muvozanatlashtiriladi.
22.1 - rasm. Ikki naychali manomеtr 
Ko‘pgina suyuqlikli manometrlar ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga 
ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Shunday 
suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib 
turmaydi. Sathning o‘zgarishi qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilma 
tasniflarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo rahamli qurilmalar 
yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning 
qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi. 
Suyuqlikli asboblarning ba’zi turlarini ko‘rib chihamiz. 
Ikki naychali manometr. Bosim, siyraklanish va bosimlar ayirmasini 
(farqini) o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali U-simon 
manometrlardan, vakuummetrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Bunday 
manometrning prinsipial sxemasi 17. 1 -rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash naycha 
1 va 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo‘lib, unga shkala 4 


o‘rnatilgan. 
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi 
ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari 
bir hil holatda bo‘ladi. SHunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin: 
Rmut-S=Patm-S+H-S-g(p-p1)
(22.5) 
bu erda, R
mut
- o‘lchanayotgan bosim, Pa; 
R
atm
- atmosfera bosimi, Pa; 
S - naycha kesimining yuzi, m
N - suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m;
p - suyuqlikning zichligi, kg/m ;
3
p1 - monometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m
2

g - tezlanish kuchi, m/s . 
Demak, 
Rmut=Patm+H * g(p-p1), 
(22.6) 
Rort=Rmut - Patm = H * g(p-px). (22.7) 
Agar anometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda: 
Rort = Rmut - Patm = H *g*p. (22.8) 
Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini hisoblab 
chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini) va ularning 
qiymatini qo‘shish lozim, ya’ni 
H=h1+h2 
(22.9) 
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali 
manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga esa (manfiy) 
kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik sathining farqi 
o‘lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib (AR): 
AP=P
r
P2=H-g(p-p1) (22.10) 
Manometrlarda ish suyuqligi kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish 
uchun ichki diametri 8... 10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar 
ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin. 
Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish tezlanishi 
g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan 
muhitning zichligi p xam p
b
hi va h
2
balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat. 
Ularning ko‘rsatish xatosi 20°S haroratda 2 mm dan oshmaydi. Ular noagressiv 
suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi va siyraklanishini 0...10 kPa chegaralarda 
o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Mazkur asboblardan bosimlar farqini o‘lchashda 
difmanometr sifatida foydalanish mumkin. 
Tuzilishiga harab naychali suyuqlikli asboblarning bir naychali (kosali), 


og‘ma naychali va boshqa turlari mavjud. Bu asboblar ikki naychali asbobning bir 
turi bo‘lib, ikkinchi naycha o‘rniga keng idish (kosa) ishlatiladi. 
Suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiharish tajribasida keng qo‘llanadi. 
Ularning kamchiliklari - ko‘rsatishlarni masofaga uzatish mumkin emasligi, 
o‘lchash chegaralarining kichikligi, ko‘rsatishlarning yaqqol emasligi va mexanik 
mustahkam emasligidan iborat. 
Texnik o‘lchashlarda kombinasiyalashgan suyuqlikli-mexanik asboblar 
qo‘llanadi. Ular yuqorida ko‘rilgan asboblardan farqli o‘laroq ish suyuqligining 
ko‘rinadigan sathiga ega emas. Ularga qalqovichli, qo‘ng‘iroqli va halhali asboblar 
kiradi. 
Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometlarning ishlash 
prinsipa kosali manometrlarnikiga o‘xshash, ammo ularda bosimni o‘lchashda 
kosadagi suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi natijasida qalqovichning 
siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalqovichning siljishi 
strelkaga uzatiladi. Bular, ko‘pincha, bosimning o‘zgarishini o‘lchash uchun 
ishlatiladi. 
22.2- rasmda qalqovichli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim 
beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat 
idishga P
1
> R
2
bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h
2
ga pasayib, manfiy 
idishdagi sath h
1
ga ko‘tariladi. R
1
- R
2
bosimlar ayirmasi suyuqlik ustuning h 
uzunligi orhali muvozanatlashadi: 
22.2- rasm. Qalqovichli difmanometr sxemasi 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin