gipotezada rost mulohazalar soni ikkita, shart bo`yicha esa terma jamoaga bitta bola taklif
etilgan. Demak, bu gipoteza noto`g`ri. Xuddi shu kabi boshqa gipotezalar ham tekshiriladi.
To`rtinchi bosqichda terma jamoaga kim taklif etilganligi haqida xulosa chiqarish mumkin
bo`ladi. Bunda rost mulohazalar soni 1 ga teng bo`lishi zarur. O`zlarining xulosasini
asoslash (gipotezani rad etish yoki tasdiqlash) orqali o`quvchilar dalillar asosida o`z
mulohazalarini qurishni o`rganadilar. Beshinchi bosqichda masala yechimini tahlil etish
jarayonida o`quvchilar bilan birgalikda uning yechimidan qo`shimcha natijalar keltirib
chiqarish mumkin. Masalan, bolalardan kim haq bo`lib chiqqanligini o`rnatish mumkin.
Bunday qo`shimcha savolga o`quvchining to`g`ri javobi ular tomonidan, mantiqiy
masalalarni yechishga tadqiqot metodini ongli va tushungan holda qo`llash darajasini
belgilaydi. Agar o`quvchi barcha rad etilgan gipotezalarni tashab yuborib, jadvalda
tasdiqlangan gipotezaga javobi to`g`ri bo`lgan bolalarni topa olsa, u holda bu hulosa masala
yechimini tahlil etish va umumlashtirish natijasi bo`ladi. Tadqiqot (ya’ni gipotezalar tuzish
va tekshirish asosida yechiladigan) mantiqiy masalalarni yechimini jadval ko`rinishida
ifodalash qulay bo`lib, jadvalni to`ldirish quyidagi reja asosida amalga oshirilishi maqsadga
muvofiqdir:
1) Masala matnini diqqat bilan o`qish;
2) Masala matnida berilgan barcha mulohazalarni ostiga chizish;
3) Jadvalning vertical ustuniga har bir mulohazani qisqacha yozish;
4) Jadvalning gorizontal satriga barcha gipotezalarni yozish;
5) Jadvalning har bir ustunidagi rost mulohazalar sonini hisoblash;
6) Xulosa keltirib chiqarish.
Dostları ilə paylaş: