Mulohazalar . 721-727-m/m Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga mulohazalar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilar orasida do‘stona muhitni yaratish, bir-birlarini o‘zaro hurmat
qilishga , tadbirkorlikka o`rgatish,mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash qobiliyatlarini,mulohazalarni to’g’ri yoki noto’g’ri
ekanligini topa olish malakalarini rivojlantirish;
Tayanch kompetensiyalar: TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga
o‘tkaza olish;
TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va
guruhda ishlash.
Fanga oid kompetensiyalar: FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda
qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi;
Darsning metodi: Guruhlarda ishlash, mustaqil ish, ko`rgazmali, ta’limiy o`yin ,,
Detallardan model yarat”
Darsning jihozi: darslik, AKT slaydlar, tarqatmalar, test topshiriqlari , didaktik
ko`rgazmalar;
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Darsga hozirlik ko'rish.
Darsning maqsadi aytib o'tiladi.
Bahor fasli , bahorda nishonlanadigan bayramlar haqida suhbat o`tkazish.O`quvchilardan
onalar, Navro`z haqida she’rlar so`rash.
2021-yil qanday nomlanadi?
Shu sababli bugungi darsimizda 2 guruhga bo`linamiz.