Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


-BOB. O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH VA



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

4-BOB. O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH VA 
UNING MAZMUNI
24. O‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2 sentyabrdan kelgusi 
yilning 25 mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi.
25. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga 
amal qilinadi:
o‘quv yilining davomiyligi - 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);
o‘quv haftasining davomiyligi - 6 kun (pedagogik kengashning 
qaroriga ko‘ra I-IV sinflar uchun 5 kun);
dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 
daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15 — 30 daqiqa).
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni 
deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars 
mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda 
keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
26. Umumta’lim muassasalarida yozgi ta’til kunlari kunduzgi 
oromgohlar va maydonchalar tashkil etilishi mumkin.
27. Belgilangan me’yorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan 
umumta’lim muassasasining sinflari to‘liqligi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda 
joylashgan, o‘quvchilar soni etarli bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida, 
olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida joylashgan umumta’lim muassasalarida, 
shuningdek o‘zbek tilida o‘qitilmaydigan umumta’lim muassasalarida 
o‘quvchilar soni sinflarni to‘ldirishning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib 
chiqib, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va tuman (shahar) 
hokimliklarining moliya bo‘limlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Kam komplektli umumta’lim muassasalarida (filiallarda) boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:
o‘quvchilar soni 8 nafargacha bo‘lgan I - IV sinflar;
o‘quvchilar soni 12 nafargacha bo‘lgan uchta boshlang‘ich sinf;
o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich sinf (I va 
III, II va IV sinflar).
28. Malakali o‘qituvchilar etarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi 
o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:


58 
o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumta’lim 
muassasalarining 


XI 
sinflarida 
"CHet 
tili" 
fani, 
ayrim 
fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, 
V - XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari", ta’lim tili o‘zbek 
tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining II - XI sinflarida "O‘zbek tili" 
fani hamda ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining II - XI 
sinflarida "Rus tili" fani;
o‘quvchilardan qat’iy nazar VIII-XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”, V-
IX 
sinflarda 
“Texnologiya”, 
X-XI 
sinflarda 
“CHaqiruvga qadar 
boshlang‘ich tayyorgarlik” fanlari (o‘g‘il va qiz bolalar). 
29. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
30. Umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar umumiy o‘rta 
ta’limning tayanch o‘quv rejasi va umumiy o‘rta ta’lim dasturi asosida 
amalga oshiriladi.
31. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan davlat 
ta’lim standartlari asosida yangi o‘quv yili uchun o‘quv reja va unga 
tushuntirish xati ishlab chiqiladi hamda har yili 1 avgustga qadar umumta’lim 
muassasalariga etkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq 
ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.
32. O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta 
ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos holda o‘qitish natijalarini nazorat 
qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat 
turlari olib boriladi:
joriy nazorat - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini 
muntazam ravishda nazorat qilish uchun so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar 
ko‘rinishida o‘tkaziladi;
oraliq nazorat - chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining bir qismi tugaganda amalga 
oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinishida olib boriladi;
bosqichli nazorat - o‘quv yili tugaganda og‘zaki, yozma imtihon 
hamda test sinovlari ko‘rinishida amalga oshirilib, unga asosan o‘quvchining 
yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishga 
qaror qilinadi;
yakuniy nazorat – tayanch o‘rta ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim 
tugaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.
"CHet tili" fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi xalqaro 
baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.
Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat 
qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
33. Umumta’lim muassasalarining V –VIII va X sinf o‘quvchilari 
tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan 
so‘ng keyingi sinfga o‘tkaziladi.


59 
34. Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumta’lim 
muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan o‘quvchilar yakuniy davlat 
attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.
O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat 
attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘quvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari
musobaqalari hamda boshqa ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat 
attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, 
ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod 
etiladi.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik 
baholar asosida amalga oshiriladi.
35. Umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan o‘quvchilarga 
davlat namunasidagi tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, VIII - 
IX sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa 
ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan 
bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.
Umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan bitiruvchilarga 
davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, X - XI 
sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega 
bo‘lgan, 
yakuniy 
davlat 
attestatsiyasini 
muvaffaqiyatli 
topshirgan 
bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi. 
Umumiy 
o‘rta ta’lim 
muassasalarining 
9-sinfini 
bitirganlik 
to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha 
fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat 
ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga kumush medal beriladi. 
Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarini a’lo baholarga o‘qiganligi, 
namunali xulq-atvori va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush 
medal bilan taqdirlash tartibini tasdiqlash va uni berish tartibini belgilash 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning hamda oltin va 
kumush medallarning davlat namunasini tasdiqlash va uni berish tartibini 
belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
36. Davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim dasturlarini 
mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat 
attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. YAkuniy davlat attestatsiyasini 
eksternat 
tartibida 
muvaffaqiyatli 
topshirgan 
bitiruvchilarga 
davlat 
namunasidagi shahodatnoma beriladi. 
Eksternat to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin