60
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat
ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy
prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat
ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va
vazifalari
4. Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini
mamlakatda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan
va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
5. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va
bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim,
fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning
malaka talablarini
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya
faoliyati
sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: