Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

2-BOB. 
UMUMIY 
O‘RTA TA’LIMNING MAQSADI VA 
VAZIFALARI
8. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va 
tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish o‘rta 
ta’limning maqsadi hisoblanadi.
O‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil 
fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi.
O‘quvchilariga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab 
etmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy ta’lim beradi.
9. Umumiy o‘rta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda 
bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy 
bilimlarni shakllantirish;
o‘quvchilarda 
milliy 
hamda 
umumbashariy 
qadriyatlarni 
uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z 
Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy va innovatsion 
pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng 
joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish;
o‘quvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, 
ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit 
yaratib berish;
mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, 
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘quvchilar uchun maxsus va 
chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha 
kasbiy ta’lim berish.
10. Umumta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’limning maqsad va 
vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-
texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin