Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Dastur uch bo’limda iborat



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Dastur uch bo’limda iborat: 
1. Uqtirish xati. Yo’l - yo’riqlar. 
2. O’quv materiallarining mazmuni. 
3. Asosiy va qo’shimcha ravshanda o’rganiladigan adabiyotlar ro’yxati. 
Darslik 
Darslik o’quv jarayonining zarur qismidir. U o’qitishning eng muhim vositasi 
hisoblanadi. 
Darslik - o’quvchilarning ikkinchi “muallimi”. Chunki u, avvalo, o’quvchi 
uchun zarar qo’llanmadir. 
Har bir o’quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli 
fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talabalariga muvofiq ravishda 
bayon qiluvchi kitobdir. 
Darsliklar bilan bir qatorda, ayrim o’quv fanlari yuzasidan o’quv 
qo’llanmalari ham tuziladi. Masalalar va mashqlar to’plami, xrestomatiyalar, atlaslar, 
lug’at kitoblari va h.k. 
O’quvchilar darslik va o’quv qo’llanmalari bilan ham darsda, ham uy 
sharoitlarida mustaqil ish olib boradilar. U bilan ishlash o’quvchilarning aqliy 
tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq - odobning shakillanishiga
tafakkuri va nutqining, ishdagi mustaqilligining rivojlanishiga yordam beradi. 


66 
Darslikka quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi: 
1. Darslik ilmiy bilimlar tizimi va uning mazmuni, hajmi dastur talablariga va 
shu sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi. 
2. Darslikda ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g’oyaviy yo’nalish tizimi 
izchil bo’lishi, dalillarning ishonchli bo’lishi, ular to’g’ri tahlil etilishi, aniq ta’rif 
etilishi, tegishli xulosalar chiqarilishi va shu orqali o’quvchilarda ilmiy dunyoarash 
va insoniy fazilatlar tarbiyalanadi. 
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi. 
4. Darslikda bayon qilinayotgan materialning harakteriga bog’liq holda 
tegishli qoida va ta’riflar berilishi, dalillar keltirilishi, yaxshi bezatilgan bo’lishi, 
ba’zi materiallar rasm, sxema, diagramma va boshqa illyustrasiyalar bilan boyitilishi
talab etiladi. 
5. Darslik o’quvchilar tushunishi oson bo’lgan jonli tilda yozilishi va fikrlar 
aniq va qisqa bo’lishi kerak. 
6. Darslikning tashqi ko’rinishi, bezagi o’sha sinf o’quvchilari estetik 
didlariga mos kelishi lozim. 
Darsliklar bilan bir qatorda maktab ta’limi jarayonida o’quvchilar o’quv 
materiali ustida tizimli,uzluksiz, maqsadli ishlashlari hamda o’zlarida ilmiy bilim, 
ko’nikma va malakalarni shakllantirishda quyidagi kitob va qo’llanmalardan ham 
foydalanadi. Bular: badiiy, ilmiy, ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy - 
ommabop adabiyotlar, lug’atlar, atlaslar va kartalar, masala va mashqlar to’plami 
xrestomatiyalar, kundalik axborot, ensinlopediya, kinofilmlar hamda internet 
axborotlari va h.k. 
Darsliklar va o’quv qo’llanmalar 
Maxsus ravshanda o’quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi. 
Unda o’quv dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi.
Boshqa kitoblarga qaraganda darslikka oshirilgan talabalar qo’yiladi. 
Darslikdagi fikrlar lo’nda qilib ifodalanishi, material esa tushunish uchun oson 
shaklda bayon qilinishi kerak. Darslik har doim yaxshi qog’ozda bosiladi, uning 
shrifti yetarlicha katta, bosmasi aniq bo’lishi lozim. Quyi sinflarga mo’ljallangan 
darsliklarda rangli illyutrasiyalardan foydalaniladi. Eslab qolishi talab etiladigan 
asosiy o’rinlar va qoidalar qalin shrift bilan ajratiladi yoki ramka ichiga olinadi. Har 
bir mavzu va bobning oxirida takrorlash uchun savollari beriladi. 
Darsliklar o’quv materialini tezroq, to’laroq va chuqurroq egallab olishga 
yordam beruvchi o’quv qo’llanmalari bilan to’ldiriladi. 
Yo’nalishi va hal qilinadigan vazifalarga ko’ra o’quv qo’llanmalarni 
quyidagilarga bo’lish mumkin. 
- o’quv materialini chuqurlashtiruvchi va uning eslab qolishiga yordam 
beruvchi qo’llanmalar (xrestomatiyalar, mashqlar to’plami, ma’lum predmet 
bo’yicha o’qish kitobi, kontur kartalar); 
- o’rganilgan masalalarni illyustrasiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur 
hosil qilishga yordam beruvchi qo’llanmalar: (mulyajlar, rasmlar, plakatlar, 
diogrammalar, atlaslar),
- ko’nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beruvchi ko’lanmalar 
(Bosma asosdagi daftarlar, topshiriqlar kartochkasi); 


67 
- ma’noni tushunishni yengillashtiruvchi qo’llanmalar (lug’atlar); 
- ko’p maqsadda ishlatuvchi qo’llanmalar: kinofilmlar, ensiklopediyalar va 
h.k. 
Hozirgi davrda umumiy o’rta ta’lim, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari 
o’quvchilari uchun darsliklar tayyorlashda anchagina muammolar mavjud. Bu 
muammolar O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va 
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» hamda uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi 
uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi talablaridan kelib 
chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy, o’quv 
darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda zamonaviy elektron darsliklar, masofaviy 
o’qitish, internet tizimi bilan bog’liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash 
kabi pedagogik muammolar amalga oshirilishi darkor. Darsliklar yaratishda 
mualliflararo raqobat sog’lom muhitni yuzaga keltirish ularning sifatini oshirishda 
muhim omil hisoblanadi. Ta’limning o’quv moddiy, nashriyot bazasini 
rivojlantirishda muammolar hal etilsa, darsliklarning barqaror tizimi yaratiladi. 
Oqibatda barcha tipdagi ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning bilim 
darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin