63
ijtimoiy rivojlanishi, shu jamiyat a’zolarini tarbiyalashning maqsadini, tarbiyaning
maqsadi esa o’z navbatida maktab ta’limning mazmunini belgilashga asos bo’ladi.
Buni sodda etib tubandagicha izohlash mumkin:
jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish
tarbiyaning maqsad va vazifasini va u o’z
navbatida
maktab ta’lim mazmunini belgilashga asos bo’ladi.
Yoki bu tuzilishning aks holda ko’z oldimizga keltirib tasavvur etsak yanada
ravshanroq anglaymiz.
maktab va ta’limi (ma’lumot) mazmuni
tarbiyaning maqsadi va vazifasini u
o’z navbatida
jamiyatning ijtimliy rivojlanishini jadallashtiradi, takomillashtiradi.
Maktab ta’limining
mazmuni deganda, o’quvchilarning o’qish jarayonida
barcha o’rganiladigan fanlardan egallab olishi lozim bo’lgan hamda tizimga solingan
bilimlar, ko’nikmalar va dunyoqarashlarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Bu
jarayon maktab o’quv rejasida ko’rsatilgan har bir o’quv dasturida asoslangan barcha
o’rganiladigan fanlari asoslari asosida tarkib topadi.
Ta’limning mazmun bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari ijtimoiy tuzumning
xususiyatlari, yo’nalishlari;
b) davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o’quv yurti oldiga qo’yadigan
maqsad va vazifalari;
c) o’qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o’quvchilarining imkoniyatlarini
(yosh imkoniyatlari, rivojlinish darajasi, tarbiyalanganligi va boshqalar) e’tiborga
oluvchi didaktik talablar. Maktablarda beriladigan ta’limning
mazmuni tarixiy va
ijtimoiy xususiyatga egadir. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida
maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni, hajmi ijtimoiy tuzumning
iqtisodiy talab va ehtiyojlari fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab
kelingan. Inqilob to’ntarishgacha bo’lgan davrida O’zbekiston xududida VII -VIII
asrlardan beri kelgan eski - “usuli qadmiya”, XIX asr
oxiri va XX asr boshlarida
paydo bo’lgan - “usuli savtiya” maktablari, xad - savod o’rgatadigan diniy maktablar
bo’lgan. 1905 yildan so’ng, o’lkaning ba’zi yirik shaharlarida “jadid” maktablari
paydo bo’lib unda savdo - sotiq ishlari uchun zarur bo’lgan ayrim fanlar (hisob,
tibbiyot, geografiya va boshqa) o’qitilar edi.
Hozirgi bizning maktablarimizda yoshlarga quriq ilmiy bilimlar berilmasdan
ularga turmushda zarur bo’lgan xalq hunarmandchiligi tabobat asoslari, iqtisod
asoslari, odabnoma “Konstitusion huquq asoslari, kabi fanlari o’qitilishi ma’qul”.
Hozirgi
bizning
maktablarimizda
ta’lim
mazmuni
O’zbekiston
respublikasining Ta’lim to’g’risidaga Qonun va Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi
singari xujjatlarida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bular
quyidagilardir:
7- modda. Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb - hunar
va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Uni
bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir
deb qayd etilgan.
Yuqorida asoslangan talablardan kelib chiqib umumiy o’rta maktablarda
o’quvchilarga umumiy ma’lumot amalga oshiriladi. Albatta u mehnat ta’limi, kasb
ta’limi bilan uzviy aloqadorlikda olib boriladi. Bu qoida o’quvchilarni ijtimoiy
hayotda o’z o’rnini topishga bevosita yordam beradi.
64
Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomda Davlat ta’lim standartlariga
muvofiq o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini
ro’yobga chiqarish umumiy o’rta ta’limning maqsadi xisoblanadi. Umumiy o’rta
ta’lim bilimlar zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari
va amaliy tajriba ko’nikmalarini
rivojlantiradi, kasb yo’nalishini va ta’limning
keyingi bosqichini tanlashga ko’maklashadi.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi 4 Kadrlar
tayyorlash tizimi rivojlantirishining asosiy yo’nalishlari 4,3. Ta’lim jarayonini
mazmunan isloh qilishda kadrlarni o’qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsplari
va mutaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy intelektual salohiyati hamda
umumbashariy qadriyatlariga tayangan, insonparvarlikka yo’naltirilgan ta’limning
mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi deb takidlanadi.
Yuqoridagi pedagogik g’oyalar turli shakldagi ta’lim muassasalari ta’lim
mazmunini belgilashning asosiy yo’nalishlarni belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: