71
65 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – ―Attestatsiyadan o‘tdi, birinchi
malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin‖;
65 foizdan 60 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – ―Attestatsiyadan o‘tdi,
ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin‖;
60 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tmadi,
mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi)
lavozimiga
tushirilsin‖;
G) mutaxassis, oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi
lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
60 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tdi, ikkinchi
malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin‖;
60 foizdan 55 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tdi,
mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi
saqlansin‖;
55 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tmadi,
mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga
muvofiq emas‖.
Attestatsiya
komissiyalari mutaxassis, oliy ѐki o‘rta maxsus kasb-hunar
ma’lumotli o‘qituvchi lavozmidagi pedagog kadrlar bo‘yicha ―Attestatsiyadan
o‘tmadi, mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi)
lavozimiga muvofiq emas‖ qarorini qabul qilsa, ular navbatdan tashqari malaka
oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.
Attestatsiya komissiyalari qayta attestatsiyaga jalb
etilgan pedagog kadrlar
bo‘yicha ―Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus kasb-hunar
ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas‖ qarorini qabul qilsa, ish beruvchi
tomonidan ular bilan tuzilgan mexnat shartnomasi mexnat qonunchiligida
belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Baholash mezonlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich chiqarilmaydi hamda
baholash mezonlarining birortasi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichdan past baholansa
―Attestatsiyadan o‘tmadi‖ degan qaror qabul qilinadi.
Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi
ѐki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi. Sertifikatning
amal qilish muddati
tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli
o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanadi.
Sertifikatning amal qilish muddati tugab, mutaxassis, oliy ѐki o‘rta maxsus,
kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanaѐtgan pedagog
kadrlar navbatdagi attestatsiyaga oxirgi sertifikatida ko‘rsatilgan malaka toifasi ѐki
lavozimi bo‘yicha jalb qilinadi.
Attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lmagan
ishga yangi
qabul qilingan pedagog kadrlarga ѐxud oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda
malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlarga - o‘rta maxsus, kasb-
hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi;
bakalavr darajasiga – mutaxassis ѐki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi;
72
magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek oliy ma’lumot darajasi
bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog
kadrlarga – ikkinchi malaka toifasi ѐki katta o‘qituvchi lavozimi (ushbu malaka
toifasi ѐki lavozimi attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin);
fan nomzodi ѐki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga
– oliy malaka toifasi ѐki bosh o‘qituvchi lavozimi (mazkur malaka toifasi ѐki
lavozimi attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin).
Dostları ilə paylaş: