“Umumiy matematika” kafedrasi Mavzu: O'zbekistonda matematika fanini o'qitish metodikasi tarixi va rivojlanishi



Yüklə 379,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix29.01.2023
ölçüsü379,73 Kb.
#81531
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


27 
X U L O S A 
 
 
Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi 
shuni ko‘rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday 
holatda ham to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis 
qilib tayyorlash uchun faqat an‘anaviy uslublarga tayanib dars o‘tish yetarli 
emas. Bu esa ta‘lim tizimida o‘ mentalitetini unutmagan holatda jahon 
tajribasidan keng foydalanishni talab etadi.
Respublikamizda 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
va bu sohadagi 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, matematika fani sir-
asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan talablarni ham kuchaytirdi. Bu esa, o‘z 
navbatida, to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasiga ega bo‘lgan matematiklar 
tayyorlashnigina emas, balki ularni o‘qitadigan pedagoglar tayyorlashni ham 
talab qiladi.
Matematik fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu 
fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo‘llay olishi talab 
etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarni ham chuqur 
bilishi zarur bo‘ladi. 
Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni o‘zlashtirish 
bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda 
mustaqil tanlash va qaror q a bul qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir. 
Matematika darsida aqliy yuklamani oshirib borishi, hamda 
o‘quvchini o‘tilayotgan materialni darsda faolligi va qiziqishini butun dars 
jarayonida oshirish kerakligi haqida o‘ylantirib qo‘yadi. Shuning uchun yangi 
faol o‘qitish metodlarni va metodik usullarni, o‘quvchilar fikrini faollashira 
olish, ularni mustaqil bilimga ega bo‘lishni ifodalashni o‘rgatilmoqda.
Matematikaga qiziqish uyg‘otish o‘qitish usulini yuqori darajasiga 
va o‘quv ishini qanchalik bilan qurishiga bog‘liq. Darsda har bir o‘quvchi faol 
va zavq bilan ishlashi, hamda bilimga intilishini paydo bo‘lishi va 
rivojlanishini boshlang‘ich nuqta qilib foydalanish, bilim olishga qiziqishini 
chuqurlashtirishga e‘tiborli bo‘lish kerak. Bu ayniqsa o‘smir yoshdagilarga 


28 
muhim, qachon yana shakllantiriladi, faqat doimiy qiziqishlari va shu yoki 
boshqa fanga qiziqishini aniqlash kerak. Shu vaqtda matematikani jalb 
qiladigan jihatlarini tanqid qilinishi tez bo‘lishi kerak.
Zero, akademik M.S. Salohiddinovning aytishlaicha: ―Matematikaning 
bevosita amaliy tadbiqlaridan tashqari yosh avlodni har taraflama rivojlangan 
yetuk kishilar qilib tarbiyalashda uning alohida o‘rniga ega ekanligini 
ta‘kidlash zarur. Tahliliy mulohaza, mantiqiy mushohada, fazoviy tasavvur, 
abstrakt tafakkur inson faoliyatining barcha sohasi uchun zarur qobiliyatdirki, 
bular matematikani o‘rganish jarayonida shakllanib, chuqurlashadi ‖.
Mazkur bitiruv ishida matematik fanlarni o‘qitish metodining o‘ziga 
xos xususiyatlari, asosiy interaktiv metodlarni yoritib berishga harakat qilindi. 
Hozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan metodlar, matematik fanlarni o‘qitishdagi 
ilg‘or mamlakatlarda to‘plangan tajribalar ham hisobga olingan. 
Mazkur bitiruv ishida shu sohadagi eng ilg‘or qadamlardan bo‘lib, 
uning tuzilishi va mazmuni to‘g‘risida bildirilgan fikr va mulohazalar kelajakda 
uni yanada takomillashtirishga yordam beradi, deb o‘ylayman.

Yüklə 379,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin