8
asarlarida sonlarni yozishning o‘nli sistemasini bayon etgandan keyin sonlarni
ikkilantirish va yarimlatishdan boshlab, ildiz chiqarish amali bilan tugatgan bo‘lsa,
madrasada ham shu tartibda o‘qitilgan. Qolgan mavzular ham Xorazmiy va undan
keyingi o‘rta asr matematiklari yozgan asarlar tartibida bayon etilgan.
Madrasalarda matematikaning o‘qitilishi keltirilgan ma‘lumotlar
asosida
amalga oshirilgan. Madrasada o‘qitilgan matematikaning oxirgi qismi arifmetika,
algebra va geometriya fanlarini amaliyotda tatbiq qiluvchi katta xajmda ―Meros
taqsim qilish‖ dan iborat bo‘lib, bu o‘rta asr sharq matematiklarining asarlari
asosida tuzilgan, shariat normalariga qarab, merosxo‘rlar o‘rtasida
mulkni
taqsimlashga doir turlicha nomlar bilan aniq xarakterdagi murakkab masalalar hal
qilinadi. Madrasada matematika o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri
meros taqsimlashning ilmiy va amaliy nazariyasini biluvchi mutaxassislar
tayyorlashdan iboratdir, bunday mutaxassis ―Faroziyxon‖ (Meros bo‘luvchi) nomi
bilan ataladi. Tayyorlangan faroziyxonlar mahalliy sud (qozixona)
organlarida
meros taqsimlash bilan shug‘ullangan.
O‘z davrida oliy tipdagi o‘quv yurti hisoblangan madrasada matematika
o‘qitish formasi, asosan, dars bo‘lgan. O‘qituvchi talabalarga yangi mavzuni bayon
etgandan so‘ng, ularga shu mavzu yuzasidan Madrasa xujrasida ma‘lum muddatga
mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. Uning bajarilganligi o‘qituvchi tomonidan
tekshirilib, baho qo‘yiladi, so‘ngra yangi mavzu o‘tiladi. Mustaqil ishlar ko‘proq
amaliy xarakterga ega bo‘lib, talabalar uchun zerikarli: va ularning ko‘p vaqtini
olgan. Masalan, birni ketma-ket ikkilantirish bilan 264 gacha davom ettirib,
buning
teskarisi 264 dan boshlab ketma-ket yarimlanishni bir chiqquncha davom ettiriladi.
YOki, 20 va undan ortiq xonali sonlardan aniq va taqribiy (ikkinchi, uchinchi,
to‘rtinchi va istalgan ko‘rsatkichli) ildiz chiqarishga doir juda ko‘p miqdorda
misollar yechiladi.
Matematika o'quvchilarda iroda, diqqatni to'plab olishni, qobiliyat va
faollikni, tasavvurini, shaxsning axloqiy sifatlarini (qat'iyatli,
aniq maqsadga
intilish, ijodkor, mustaqil, ma'suliyatli, mehnatsevar, intizomli va tanqidiy fikrlash)
9
hamda o'zining qarash va e'tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish
ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Matematikani o'rganish jarayonida inson tafakkurining usul va metodlari
qatoriga
induktsiya va deduktsiya, umumlashtirish va aniqlashtirish, analiz va
sintez, abstraktsiyalash, analogiya, tasniflash va
sistemalashtirish kabilar
qo'shiladi.
Matematikani o'rganishda o'quvchilar o'zlarining fikr, mulohazalarini aniq va
tugal, lo'nda va mazmunli bayon qilishga, matematik yozuvlarni tushunarli,
batartib, bajarish malakalarini egallaydilar.
Dostları ilə paylaş: